Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə9/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Yo`ldoshev Abdurauf

Keys-stadi texnologiyasi
“Case” so‘zi, lotincha “casus”- “voqea, hodisa” so‘zidan kelib chiqqandir.
Boshqacha aytganda, bu tushuncha hayotda yuz beradigan qandaydir voqea yoki
hodisani, aniq bir vaziyatning tafsilotini anglatadi. Umuman olganda, keys – stadi
(aniq bir holat yoki vaziyat), muayyan jarayonida sodir bo‘ladigan haqiqiy voqelikni so‘zlar, raqamlar, obrazlarda ifoda etishda namoyon bo‘ladi. Bundan
tashqari, bu ifoda ta’lim sohasida, hodisa yoki vaziyatni tadqiq etish uchun ishlatiladigan axborot, stenografiya sifatida qo‘llaniladi. Keys-stadi hodisa yoki
vaziyatni oddiy tafsilotidan farqli o‘laroq, u o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun
ko‘maklashuvchi axborotni o‘z ichiga oladi, bunga duch kelgan muammoni aniqlash va uning echim yo‘llarini izlash orqali erishiladi. Keys-stadi, muayyan
o‘quv maqsadli bilim olish vositasi sifatida ishlab chiqilishi zarur. Ushbu maqsadlar keng ko‘lamli bo‘lib, axborotlar, ma’lumotlar yoki tafsilotlar bilan ta’minlanishini nazarda tutadi, ular muayyan qarashlar yoki usullarni namoyish etishda qo‘llanilishi mumkin. “Keys-stadi” atamasini o‘qitish va tadqiq etish yo‘nalishlarida qo‘llashda turlicha yondashish zarurligini alohida qayd etish lozim.
Keys usul birinchi marta Garvard biznes-maktabida bo‘lg‘usi advokatlarni amaliy malakalarga o‘rgatishda ishlatila boshlangan edi.Vaziyatlar mazmuni va tafsilotini ifodalashning turli xil ko‘rinishlari mavjud. Keys-stadi bor-yo‘g‘i bir necha iboralardan tortib, yuzlab varaqlardagi hajmgacha ega bo‘lishi mumkin. Yirik
hajmdagi keys-stadiga duch bo‘lgan tahsil oluvchilar, odatda keys-stadining tafsiloti qanchalik yirik bo‘lsa ular shunchalik murakkab deb hisoblaydilar. Bu noto‘g‘ri xulosadir – chunki ko‘pchilik qisqa keyslar chigalroq bo‘ladi. Keysni tuzishda muayyan vaziyatni ifodalash uchun uning yozma shaklidan foydalanish shart emas.
Vaziyatlarni ifodalash uchun fotografiya, videofilmlar, audioyozuvlar yoki
slaydlardan foydalanish mumkin. Barcha ushbu vositalar tahsil oluvchilarga
vaziyatni haqiqatga yaqinroq gavdalantirishga yordam beradi. SHu bilan birga
yozma shakldagi axborot masalan fotografiya shaklidagi axborotdan ko‘ra qayta
ishlash va tahlil etish uchun qulayroqdir. Bu hollarda fotografiyalarni yozma
shakldagi axborot bilan to‘ldirish zarur. YOzma keyslarni o‘rganish tajribasi
bo‘lgan tahsil oluvchilarni o‘qitishda multivositalar axborotlaridan foydalanilgan
keyslarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Keys-stadi (muayyan vaziyatlar) individiumlar, sheriklar, guruhlarda,
korxonalarda, hattoki butun bir mamlakat miqyosida o‘zining ta’lim xususiyatiga
ko‘ra nazarga keluvchi muammolarni ifodalashi mumkin. Keyslar ta’limning turli
sohalarida: biznes, boshqaruv, tibbiyot, arxitektura, qurilish, hamda nostandart
muammolar majmuasi echimini qabul qilish malakasini talab etadigan barcha
fanlarda qo‘llanilishi mumkin. “Keys-stadi” yordamida o‘qitishda muammolar
aniqlanadi, echimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Sifatli keys-stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun ko‘p vaqt talab etadi. SHu bilan
birga to‘g‘ri tuzilgan va o‘quv faniga kiritilgan keys-stadi, fanni o‘zlashtirishda
ko‘zlangan natijalarga erishishga imkoniyat beradi.
KEYS №-1”

Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə