Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y


I – BOB. Ta`limning hozirgi zamon noan`anaviy va interaktiv usullarini nazariy asoslari



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə2/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Yo`ldoshev Abdurauf

I – BOB. Ta`limning hozirgi zamon noan`anaviy va interaktiv usullarini nazariy asoslari
1.1. Ilg`or pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribalar

Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba – muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda, biz pedagogning o’z pedagogic vazifasiga ijodiy yondoshishini, talabalarning ta’lim-tarbiyasiga yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.


Ijodiy ishlaydigan pedagog faqat talabalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiya berish, ilg’or ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, taraqqiyotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita bilish, fan yutuqlarini talabalarga yetkaza olishi, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi.
Pedagogik tajriba pedagogning faoliyatini samarali tashkil qilish, ta’lim oluvchilarni tayyorlashning har bir vaziyatida mahoratning yuqori darajasiga erishishda uzluksiz ravishda olib boriladi. Pedagogik mahorat o’z-o’zicha vujudga kelmaganidek, tajriba ham hech bir harakat, qiziqish va o’rganishsiz, sinovsiz, tavakkal qilishsiz yuzaga chiqmaydi. Pedagogik faoliyatning eng zaruriy va emotsiyalarga, hissiyotlarga boy bo’lishini hisobga olsak, juda og’ir muammolar, dars jarayonlaridagi kutilmagan holatlar, endi o’rganayotgan o’qituvchining faoliyati ham o’z fanining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchiga tajribasini tinimsiz oshirib borishiga imkon yaratadi. Tajribali pedagoglar doimo o’zlarida nimanidir, qandaydir qobiliyatini namoyon qilayotgan yoki rivojlantirayotgan bo’ladilar.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi
zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir. O’qituvchi o’quv yurtidayoq ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o’ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga nafaqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri fe’l-atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi. O’zgalar holatini tushuna olish o’qituvchi uchun muhimdir. Sababi u qanday holat, sharoitda o’sgan o’quvchilarga dars berayotganligini bilishi lozimdir. O’quvchilarning yurish–turishi, o’tirishi, harakatidan ularning qay holatda yurganliklarini bilish mumkin. O’zin i namoyon qila olish - bu bir qiyin yoki narsa orqali emas, balki bilim, malaka, ko’nikma, odob–axloq, muomala, nutq, munosabat orqali o’zini namoyon qila olishdir. Bunday professional o’qituvchi bo’lish uchun pedagog madaniyat ko’rsatkichlariga erishishi lozim.

Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə