Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə15/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Yo`ldoshev Abdurauf

Guruh mashg’ulotlari. Geografiya bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo’lib o’tkaziladigan shakllaridan biri To’garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o’rganish imkoniyatini beradi. To’garakka ag’zo bo’lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o’z zimmasiga aniq reja bo’yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o’quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilishi lozim.
o’qituvchining asosiy vazifasi - amaliy natijalar beravchi faol ishlarni tag’minlashdir. Ishda har xil: o’qituvchi va o’quv-chilarning tabiiy yoki tasviriy ko’igazmali qurollarni namoyish qilish bilan og’zaki bayon qilishi, amaliy o’quv va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o’quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnati va boshqa metodlar to’g’ri uyg’unlashtirilishi lozim. To’garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg’ulotlar o’tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg’ulot oldidan uni o’tkazish vaqti to’g’risida eslatish, To’garak
vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtiruvchi, kirish suhbatining mazmunini barcha tafsilotlari bo’yicha o’ylab chiqish zarur. To’garakning ish rejasini tuza turib, mo’ljallangan mavzuni o’quvchilar bilan muhokama qilish va ularning taklif-istaklarini hisobga olish kerak. To’garakning birinchi mashg’ulotida uning faollari yoki kengashi (sardori, uning muovuni, muharririyat ag’zolari) saylanadi va nomi (“Hamma narsani bilishni istayman”, “Biz va tabiat>, “Yosh tabiat-shunoslar”, “Tabiatni sevuvchilar” va boshqalar) tasdiqlanadi. eng yaxshi nom uchun
tanlov eg’lon qilinishi mumkin. SHuningdek, To’garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur. qoidalar quyidagicha: 1) ishda faol qatnashish; 2) barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish; 3) har bir ishni nihoyasiga yetkazish; 4) kuzatishlar va bajarilgan ishlar kundaligini yuritish; 5) o’rtoqlariga yordam berish; 6) mash g’ulotlarga muntazam qatnashish. yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi.
Mashg’ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatlarda o’tkaziladi.
Birinchi mashg’ulotda faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmaslik kerak.
o’quvchilarga kichikroq, lekin qiziqarli kirish materiali berish kerak, toki ular To’garak ishiga qiziqsinlar va nima bilan shug’ullanishlari haqida dastlabki (taxminiy) tasavvurlarga ega bo’lsinlar. Ishni diafilm, diapozitiv ko’rish, geografiya mazmunidagi ilmiy-ommabop adabiyot o’qish bilan boshlash mag’qul.
Har bir yosh tabiatshunos yoki uch-to’rt o’quvchidan iborat kichik guruh o’qituvchi yordamida o’zlari uchun muayyan mavzuni tanlaydilar. To’garak rahbarining vazifasi har bir ishtirokchini u uddalaydigan foydali mavzu bilan qiziqtirishdir. To’garakda o’tkaziladigan ish xilma-xil bo’lishi, lekin umumiy maqsadga - jonajon tabiatni o’iganishga birlashtirilishi zarur.
“Hamma narsani bilishni istayman” to’aragining (5-6- sinflar) ishini quyidagi reja bo’yicha tashkil qilish mumkin: 1) kirish mashg’uloti; 2) tabiatga ekskursiya (“Kuz ing’omlari”) mavzusi; 3). “Jonajon o’lkaning qushlari”, “Yilning har xil fasllarida o’simliklar” , “Yilning har xil fasllarida hayvonlar” diafilmlarini ko’rish; 4) “Tabiat ustaxonasi”, “Soat gullar, “Ularni muhofaza qilish kerak” kabi otkritkalar turkumi bilan ishlash; 5) “Oltin kuz” ertaligi; 6) “qanotli do’stlarga yordam” operatsiyasi; 7) tabiat (o’lka-shunoslik) muzeyiga ekskursiya; 8) “qizil kitoblar” to’g’risida suhbat; bu kitoblarga kiritilgan o’simlik va hayvonlarni tomosha
qilish; 9) tabiatga ekskursiya (mavzu “Sehrli dorixona”); 10) To’garak ishlarini yakunlash. Mashg’ulotlarda xilma-xil: o’qituvchi va o’quvchilar hikoyasi, suhbat, amaliy ishlar bajarish (kolleksiya va gerbariylar yasash, tajribalarga tayyorlanish va o’tkazish), tabiatda o’tkazilgan kuzatishlarni muhokama qilish uslublaridan foydalaniladi. O’qitishning texnika vositalari hamda qiziqarli material To’garak ishlarining majburiy elementidir.

Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə