Fakultet dekani: Ergashev. M > 2022 y



Yüklə 148,59 Kb.
səhifə16/17
tarix30.12.2023
ölçüsü148,59 Kb.
#167914
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Yo`ldoshev Abdurauf

Klub ishi. Geografiya bo’yicha sinfdan tashqari ishlarda boshlang’ich sinf
o’qituvchilari klub ishlaridan keng foyda-lanadilar, ularni boshqa ish shakllaridan farqi shundaki, klubda bolalar erkinroq faoliyat yuritishlari mumkin, o’zaro muno-sabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o’yinlarga ehtiyoj va qiziqish qanoatlantiriladi. Klub majlislarida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan: Bu nima? Nima uchun bu yuz beradi? qaerda buni ko’rish, bilish, o’qish mumkin? kabi savollarga mustaqil javoblar olishga o’rganadilar. Klub majlisining zarur elementlari o’quvchilarning savollari va javoblaridir, javoblar topilgan manbalarning albatta ko’rsatilishidir. Bu ish bilan barcha o’quvchilarni qiziqtirish uchun sinfga “So’rang, javob beramiz” yoki “Nimachining savollari” yozilgan quti qo’yiladi, unga savollar yozilgan varaqchalar solinadi. Klubning navbatdagi majlisidan bir hafta oldin o’qituvchi savollarni mazmuniga qarab
gurahlashtiradi, klub ag’zolari orasida taqsimlaydi va javob topishni taklif qiladi. Javoblar tayyorlash uchun o’qituvchi klub ag’zolariga mag’lumotnoma va ilmiy-ommabop adabiyotga murojaat qilishni, agar kerak bo’lsa, tabiatda yoki jonli tabiat burchagida kuzatishlar, oddiy tajribalar o’tkazishni tavsiya qiladi. Savollarga javob berishni jism va hodisalar (o’simliklar gerbariysi, hayvonlar chuchelasi yoki ularning rasmlari, diapozitiv, diafilm, tajriba va hokazolar)ni ko’rsatish
bilan olib boigan mag’qul. Klub yig’ilishi o’tkazilayotgan sinfda burchak yoki axborot stendi (taxtasi)ni jihozlash kerak, ularda bo’lajak yig’ilishlar, ularning mavzusi, adabiyotni tavsiya qiluvchi ro’yxat to’g’risida bildirish joylashtiriladi. Bu yerda kitoblar, ko’rgazmali qurollar,tabiiy materiallardan tayyorlangan ko’rgazmalar ham qo’yiladi.
Ommaviy ishlar. Geografiya bo’yicha sinfdan tashqari ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino-filmlarni ko’rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirlar (qushlar kuni, gullar, daraxtlar o’tqazish, Hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o’z ichiga oladLUlardan maqsad - sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko’proq o’quvchilarni jalb etish, ularda qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg’otish, bolalar faolligini yo’lga qo’yish, ularni ijtimoiyfoydali
ishlarga yo’naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash va
rivojlantirishdir. Tadbirga tayyorlanish tabiat to’g’risidagi o’z bilimlarini kuza-tishlar yoki kitoblarni o’qish yordamida to’ldirish zarurati bilan bog’liq bo’lishi lozim. CHunonchi. bahor (ochiq kunlar, o’simlik va hayvonlarning uyg’onishi, qushlarning uchib kelishi) to’g’risi-dagi bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o’zgarishlar to’g’risidagi adabiyot o’qish bilan bog’liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha o’quvchilarning faol ishtirokida o’tkazilishi kerak (Ota-onalar ham taklif qilinishi mumkin). Uyushqoqlik, chiroyli
rasmiylashtirish (bezatish), yorqin chiqish-lar shunday tadbirlarning uzviy qismlaridir. Ular ishtirokchilar xotirasida kechinmalarni saqlovchi va tabiatni o’rganish hamda muhofaza qilish bo’yicha ishlarni chuqurlashtirish uchun rag’bat bo’lib xizmat qiluvchi hissiy ko’tarinkilikni vujudga keltiradi.

Xulosa
Ma’lumki, har bir millat tarix va zamon voqealarining faol ishtirokchisiga aylanar ekan, uning jahon tsivilizatsiyasi yoki mamlakatdagi mavqei va obro’
– e’tibori doimo shu millatning salohiyati- aqliy, ma’naviy potentsialiga bog’liq bo’lib qoladi. SHuning uchun ham, mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimining rivojlanganligi darajasi bilan belgilanadi. Interfaol ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko’ngildagidek o’qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g’oyat murakkab va ko’p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash lozim. Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. SHuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida izlanishi, ijodiy mehnati davomida tashkil topadi va rivojlanadi. Bu o’rinda ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o’qituvchi o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur.
O’qituvchining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. CHunki o’quv mashg’ulotlari o’zining mazmun va mohiyatiga ko’ra o’qituvchining maktabdagi asosiy ishidir. SHuning uchun u ilmiy-g’oyaviy jihatdan yetuk va ommabop bo’lishi, turmush bilan, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador bo’lishi zarur. Ta’lim
jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida o’zaro jonli til muloqoti, fikr almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so’z, quruq nasihatgo’ylikdan iborat bo’lgan, rasmiyat uchun yuzaki o’tkaziladigan dars va boshqa o’quv mashg’ulotlari o’quvchilarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g’oyaviy jihatdan yetarli darajada oziqlantirmaydi. SHu sababli, darslarni shunday tashkil qilish kerakki, ularning ta’sirida o’quvchilarda shu fanga
nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak. Ta’lim va tarbiya jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo’lishi o’qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro’siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajriba va mahorati hamda o’quvchi bilan o’rnatilgan do’stona munosabatiga bog’liqdir.
Interfaol ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim ko’rsatkichi – sifat va samaradorlik, aynan o’qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy bog’liq. Uning kasbiy talabnomasi (professiogrammasi) kun sayin kuchaymoqda. «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevoridir» degan shior kun tartibiga o’rinli kiritilgan mustaqillik yillarida bu masalaning yechimi o’qituvchi va tarbiyachi shaxsiga mustahkam aloqador bo’lib qoldi. Boisi, o’qituvchi tajriba va malakasining uyg’unligi muvaffa-qiyatlar garovi
ekanligi sir emas. O’qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo’lishi lozimligini buyuk nemis pedagogic A.F.Distervergning fikri ham tasdiqlaydi: «Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi.
Ta’lim tizimini insonparvarlashtirish (gumanizatsiyalash) muammosini kun tartibiga quygan bugungi kunda o’qituvchi shaxsining insonparvarlik jihati oldingi o’ringa chiqdi. Kadrlar tayyorlashning muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda, bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o’xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, har tomonlama bilimga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bog’liqdir.


Yüklə 148,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə