Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə14/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)


Jigar klirensi esa Moddalarning gepatotsitlar yordamida ushlab olinishiga va biotransformatsiya qilinishiga hamda preparatlarning o‘t yo‘llari orqali sekretsiya qilinishiga bog‘liq.
6.Dori vositalarining farmadinamik parametrlari
6.1.Dori vositalarining ta’sir mexanizmi va lokalizatsiyasi. Ta’sir turlari
Farmakodinamikaning asosiy maqsadi – u yoki bu ta’sir samarasini keltirib chiqaruvchi Dori vositasining qaerga va qanday qilib ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat. Zamonaviy tibbiyotning kundan-kunga takomillashib borayotganligi tufayli mazkur masalani hal etish faqat tizimlar yoki a’zolar faoliyati orqali emas, balki hujayra, hujayra osti, molekulyar va molekula osti darajalar orqali hal etilmoqda. Bunda asosiy e’tibor Dori vositasining organizmdagi ma’lum biologik substratlar hisoblanuvchi “nishon” hujayralar
bilan o‘zaro ta’sirlashishiga qaratiladi. Dori vositalari uchun “nishon” sifatida retseptorlar, ion kanallari, fermentlar, transport tizimi va genlar xizmat qilishi mumkin.
Moddalarning o‘zaro ta’sirlashuvchi substratlari makro molekulalarining faol guruhchalariga retseptorlar deyiladi. Hozirda ularning 4 turi mavjud.
I. Ion kanallari faoliyatining bevosita nazoratini amalga oshiruvchi retseptorlar. Bularga misol qilib n-xolinoretseptorlarni, GAMKA-retseptorlarni, glutamat retseptorlarini keltirib o‘tish mumkin.
II. “G-oqsillar – ikkilamchi o‘tkazgichlar ” yoki “ G-oqsillar – ion kanallari” tizimlari orqali effektor hujayra bilan birikuvchi retseptorlar. Bunday retseptorlar ko‘pchilik gormonlarda hamda mediatorlarda (m-xolinoretseptorlar, adrenoretseptorlar va b.) mavjud.
III. Effektor ferment faolligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiruvchi retseptorlar. Ular bevosita tirozinkinaza bilan bog‘langan holda oqsillarning fosforlanishini boshqaradi. Insulin hamda o‘sishning qator omillari retseptorlari mazkur tipda tuzilgan.
IV. DNKning transkripsiyasini boshqaruvchi retseptorlar. I-III turdagi membrana retseptorlaridan farqli ravishda ular hujayra ichi (eruvchan sitozoldagi yoki oqsillar yadrolaridagi) retseptorlaridir. Bunday retseptorlar bilan steroid va tireoid gormonlar o‘zaro ta’sirlashadilar.
Keyingi yillarda har bir turdagi retseptorlarning yana mayda turchalarining aniqlanishi va o‘rganilishi farmakologiyaning rivojlanishida juda katta yutuqlarga turki bo‘lmoqda. Masalan, M-xolinoretseptorlar (m1, m2-, m3-xolinoretseptorlar), adrenoretseptorlar (α-, β-, presinaptik va postsinaptik adrenoretseptorlar), gistaminga sezgir bo‘lgan N-retseptorlar (N1-, N2-, N3- vaN4-) va hakozo. Dori moddasining retseptorga o‘xshashligi natijasida “modda-retseptor” kompleksi hosil bo‘lishi “affinitet”2atamasi bilan belgilanadi. Bunda moddaning retseptor bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida uning kuchayishi yuzaga chiqadi va u yoki bu samarani chaqiradi, bu samara esa ichki faollik deyiladi.
Spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda ularda biologik samara keltirib chiqaruvchi o‘zgarishlarga olib keluvchi moddalarni agonistlar3 deyiladi. Agonistning retseptorga nisbatan kuchaytiruvchi samarasi hujayra faoliyatining oshishiga yoki pasayishiga olib kelishi mumkin.
Spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda ularda biologik samara keltirib chiqarmaydigan moddalarni antagonistlar4 deyiladi. Agarda antagonistlar agonistlar birikadigan retseptorlar bilan biriksa, ularni raqobatlashgan antagonistlar, agarda makromolekulaning boshqa qismlari bilan biriksa, raqobatlashmagan antagonistlar deyiladi. Agarda bir paytning o‘zida modda spetsifik retseptorning bitta turiga agonistik, boshqa turiga esa antagonistik ta’sirqilsa, unda uni agonistant agonist yoki sinergoantagonist deyiladi.

RETSEPTORLAR TURLARI

IONLAR

IONLAR



agonist

retseptor

oqsillar

fermentlar

IKKILAMCHI UZATGICH

OQSILLARNING FOSFORILLANISHI

Hujayra qobig’i

12–rasm. Retseptorlar orqali boshqariluvchi jarayonlarga agonistlarning ta’sir tamoyillari. I – ion kanallari o‘tkazuvchanligiga bevosita ta’sir (n-xolinoretseptorlar, GAMKA-retseptorlar); II – ion kanallarining o‘tkazuvchanligiga (G-oqsillari orqali) yoki ikkilamchi o‘tkazgichlar hosil bo‘lishini boshqaruvchi fermentlar faolligiga bilvosita ta’sir (m-xolinoretseptorlar, adrenoretseptorlar); III – tirozinkinaza effektor fermenti faolligiga bevosita ta’sir (insulin retseptorlari, o‘sish omillarining qator retseptorlari); IV – DNK transkripsiyasiga ta’sir (steroid gormonlar, tireoid gormonlar).
Dori moddalarining tashqi yuzasidan ularning ichkarisiga signallarni o‘tkazib beruvchi membrana retseptorlariga baho berish bilan birga, retseptor bilan effektorni bir-biri bilan ulovchi oraliq bo‘g‘in mahsulotlarini ham esdan chiqarmaslik lozim. Mazkur tizimning asosiy komponentlariga G-oqsillar, fermentlar guruhlari (adenilatsiklaza, guanilatsiklaza, fosfolipazaS) hamda ikkilamchi o‘tkazgichlar (sAMF, sGMF, IF3, Ca2+) kiradi. Ikkilamchi o‘tkazgichlar hosil bo‘lishining ortishi proteinkinazalarning faollashuviga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida muhim boshqarib turuvchi oqsillarning hujayra ichidagi fosforlanish jarayonlarini ta’minlaydi.
Dori moddalarining ta’sir lokalizatsiyasi yuqorida ta’kidlab o‘tilgan retseptorlarning qaysi a’zo yoki to‘qimada joylashganligiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Masalan, m-xolinoblokator hisoblanuvchi atropinning ta’sir ko‘rsatadigan retseptorlari m-xolinoretseptorlar bo‘lib, ular ko‘zda, yurakda, ichki a’zolarda va h. joylashgan. Demak, atropinning m-xolinoretseptorlarga bevosita bloklovchi ta’siri uning ta’sir mexanizmi bo‘lsa, m-xolinoretseptorlarning turli a’zo va to‘qimalarda joylashganligiga qarab uning ta’sir lokalizatsiyasini aniqlash mumkin.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə