Farmakologiya


Dori vositalarining organizmda parchalanishi (bio transformatsiyasi, metabolizmi)



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə11/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

4.Dori vositalarining organizmda parchalanishi (bio transformatsiyasi, metabolizmi):
Kiritilgan ko‘pchilik Dori vositalari organizmda bio-transformatsiyaga uchraydi. Faqat ayrim birikmalargina o‘zgarmagan holda chiqarib yuborilishi mumkin. Bularga asosan yuqori gidrofil ionizatsiyalangan birikmalar kiradi.Lipofil birikmalardan esa faqat ingalyasion narkoz vositalarigina organizmda kimyoviy reaksiyalarga kirishmaganliklari tufayli nafas yo‘llari orqali o‘zgarmagan holda chiqarib yuboriladilar. Dori voistalarining parchalanishi katta ko‘pchilik holatlarda jigarda uning mikrosomal fermentlari ta’sirida amalga oshiriladi.
Ular organism uchun yot bo‘lgan lipofil birikmalarni nisbatan gidrofillariga aylantirib beradilar. Bundan tashqari gidrofil birikmalarning parchalanishida organizmdagi nomikrosomal fermentlar(jigardagi, ichaklar devoridagi, qon zardobidagi va b.) hamma ma ’lum darajada ahamiyatga ega. Dorilarning organizmda parchalanishining ikkita turi mavjud: metabolik transformatsiya; kon’yugatsiya.
Metabolik transformatsiya – bu Dori vositalarining oksidlanish, qaytarilish va gidroliz yordamida bir turdan ikkinchi turga aylanishi. Bunda sof kimyoviy parchalanish reaksiyasi yuzaga chiqadi. Hosil bo‘lgan parchalanish mahsulotlari gametabolitlar deyiladi. Ular yoki chiqarib yuboriladi, yoki kon’yugatsiya jarayoniga uchrab, qayta parchalanadi va shundan keyingina organizmdan chiqarib yuboriladi Konyugatsiya – bu biosintetik jarayon bo‘lib, u Dori vositasiga yoki uning metabolitlariga qator kimyoviy guruhchalarning yoki endogen birikmalar molekulalarining birikishi orqali yangi, organizmdan chiqarib yuborilishi yengillashgan birikmalarning paydo bo‘lishi bilan kechadi. Bunda dori vositalari metillanish, atsetillanish yoki glyukuron kislotasi, sulfatlar, glutation, aminokislotalar kabilar bilan birikishi orqali biotranformatsiyaga uchraydi.
Hosil bo‘lgan parchalanish mahsulotlariga kon’yugatlar deyiladi va ular boshqa kimyoviy jarayonlarga uchramasdan, organizmdan chiqarib yuboriladi. Biologik biotransformatsiya jarayoniga uchragan Dori vositalari o‘zlarining biologik samaradorligini yo‘qotadilar.

Dori vositasi


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə