Farmakologiya


Pinotsitoz Passiv diffuziya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə9/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Pinotsitoz

Passiv diffuziya

filtratsiya

Qutbli tirqish

Aktiv transport

Hujayradan tashqari bo’shliq

Biologik
qobiq

Hujayra ichi bo’shlig’i

Transport tizimi
Moddalar molekulalari

Moddalar so‘rilishining asosiy yo‘llari (sxema)


Ta’sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lgan dori moddalarni teri ostiga va mushak orasiga yuborish mumkin emas, chunki ular ko‘pincha kiritilgan joyda yallig‘lanish reaksiyalari, infiltratlar yoki nekroz chaqirishi mumkin. Vena orqali Dori vositalari asta-sekinlik bilan yuborilishi lozim. Dorilarni bir marotaba, bo‘lib-bo‘lib, tomchi usuli yoki oqim bilan yuborish mumkin


Maksimal konsentratsiya

Vaqt:soat

Enteral kiritilgan dori moddasi bioerishuvchanligining aniqlanishi (Kelent va b.).



Suvda erimaydigan birikmalarni, moyli eritmalarni, kuchli ta’sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lgan, qon ivishiga yoki gemolizga olib keluvchi moddalarni vena orqali kiritish mumkin emas.
Sanab o‘tilgan har uchchala usulning ham asosiy kamchiligi shundan iboratki, ularni har doim ham qo‘shimcha tibbiy xodim orqali amalga oshiriladi va eritmalar sterillangan bo‘lishil ozim. Bundan tashqari, ularning barchasi og‘riqli hisoblanadi.

Preparatlarni arteriya orqali kiritish usulidan nisbatan kam foydalaniladi. Bunda dori moddasi bevosita ma’lum sohani qon bilan ta’minlovchi arteriyaga kiritiladi va kiritilgan joyda yuqori konsentratsiya hosil qiladi. Preparatning samaradorligini oshirish maqsadida shu atrofdagi venoz qon tomirlari jgut bilan qisib qo‘yiladi. Bu usul asosan o‘sma kasalliklarini davolashda hamda rentgen kontrast moddalarni yuborishda qo‘l keladi.
To‘sh suyagi ichiga, plevra va qorni bo‘shlig‘iga preparatlarni kiritish odatda juda ham kamdan-kam holatlarda qo‘llaniladi.
Gazsimon va uchuvchan birikmalar hamda ayrim aerozollar asosan ingalyasion usul bilan nafas yo‘llari orqali kiritiladi. Bunda o‘pkaning judaham ulkan absorbsion soha ekanligi (90-100 m2) va qon tomirlari bilan kuchli darajada ta’minlanganligi muhim o‘rin egallaydi.
Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi yomon bo‘lgan birikmalarni ko‘pincha miya pardalari ostiga (subaroxnaidal, epidural yoki suboksipital) yuborish

tavsiya etiladi. Bunday birikmalarga mahalliy anestetiklarni, ayrim antibiotiklarni misol qilish mumkin.
Yuqori lipofillikka ega bo‘lgan birikmalar teriga surtish usuli bilan kiritiladi va ular ham umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zi preparatlar esa teriga surtish orqali faqat mahalliy ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Ba’zan elektroforez yoki ionoforez usuli bilan ham ayrim dori preparatlarining ionlangan moddalari organizmga teri yoki shilliq qavatlar orqali kiritilishi mumkin. Bunda kiritilayotgan dori moddalarining organizmga so‘rilishi past elektrik maydon orqali amalga oshiriladi.
Ko‘z, quloq va burun kasalliklarida ayrim dori preparatlari eritma, moyli eritma yoki suspenziya ko‘rinishida shu a’zolarning shilliq qavatlariga tomizish uchun ham qo‘llaniladi. Bunda dori Moddalarning so‘rilishi a’zolarning shilliq qavatlari orqali yuzaga chiqadi.
Siydik yo‘llari kasalliklarida ayrim preparatlar qovuqqa, ayollar jinsiy a’zolari kasalliklarida qin orqali sprinsevanie yoki vanna usullari bilan kiritilishi mumkin. Bunda siydik yo‘llari va jinsiy a’zolar shilliq qavatining yuqori so‘ruvchanlik xossasiga ega ekanligi tufayli qo‘llanilayotgan Dori vositalarining terapevtik dozalariga katta ahamiyat qaratish lozim.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə