Farmakologiya


Yangi dori vositalarini yaratish to‘g‘risida



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə5/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

3.Yangi dori vositalarini yaratish to‘g‘risida
Farmakologiyaning yuksalishi yanada faolroq va xavfsizroq bo‘lgan yangi Dori vositalarini to‘xtovsiz izlash va yaratish bilan xarakterlanadi. Kimyoviy birikmadan tortib toki Dori vositasi yaratilishigacha bo‘lgan yo‘l sxemada keltirilgan.
Keyingi yillar davomida yangi dori vositalarini yaratishda fundamental tekshirishlar juda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ular faqat kimyoviy mu ammo larga emas, balki ko‘proq biologik mu ammo larga ham taalluqlidir. Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va molekulyar farmakologiyaning yutuqlari ham yangi dori vositalarini yaratishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Haqiqatan ham, ko‘pchilik endogen ligandalarning, ikkilamchi o‘tkazgichlarning, presinaptik retseptorlarning, neyromodulyatorlarning, alohida retseptorlarning aniqlanishi, ion kanallari faoliyatini o‘rganish usullarining takomillashuvi va Moddalarning retseptorlar bilan birikishi, gen injeneriyasining yutuqlari va boshqalarning barchasi birgalikda yanada istiqbolli yo‘nalishlardagi yangi dori vositalarini yaratishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Yangi dori vositalarini yaratish odatda kimyogarlar va farmakologlarning ilmiy izlanishlaridan boshlanadi va ijodiy hamkorlikning yakuni asosida yangi Dori vositasi “shakllantiriladi”.
Yangi dori vositalarini izlab topish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
I. Kimyoviy sintez usuli bilan

A. Yo‘naltirilgan sintez:
- biogen moddalarni qayta hosil qilish;
- antimetabolitlarni yaratish;
-ma’lum biologik faollikka ega bo‘lgan birikmalar molekulalarining modifikatsiyasi
- dori vositasi o‘zaro ta’sirlashadigan substratning tuzilishini o‘rganish;
- ma’lum xossalarga ega bo‘lgan ikkita birikmaning tuzilishidagi bo‘lakchalarini biriktirish;
-moddaning organizmdagi kimyoviy o‘zgarishlarini o‘rganishga asoslangan sintez (dori xom-ashyosi (prolekarstvo);

Moddalarning biotransformatsiyasi mexanizmlariga ta’sir qiluvchi vositalar).

B. Empirik yo‘l:
- tasodifiy topishlar;
- skrining.

1-sxema. O‘zbekistonda dori vositalarini yaratish va amaliyotga tadbiq qilish ketma-ketligi




Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə