Farmakologiya


II. UMUMIY FARMAKOLOGIYA. DORI MODDALARNING FARMAKOKINETIKASI VA FARMAKODINAMIKASI



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə7/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

II. UMUMIY FARMAKOLOGIYA. DORI MODDALARNING FARMAKOKINETIKASI VA FARMAKODINAMIKASI
Umumiy farmakologiyaning sir-asrorlari odatda ikkita asosiy parametr bo‘yicha o‘rganiladi. Bular – farmakokinetika va farmakodinamikalardir.
Farmakokinetika bu dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llarini, undagi so‘rilishini, taqsimlanishini, depolanishini, parchalanishini va chiqarib yuborilishini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblanadi. Farmakodinamika bu dorimoddalarining biologik samaralarini, shuningdek, ularning ta’sir mexanizmlarini va ta’sir qilish joylari (lokalizatsiyasi)ni o‘rganuvchi bo‘limdir.
2.Dori vositalarining farmakokinetik parametrlari
3.Dori vositalarini organizmga kiritish yo‘llari. So‘rilishi.
Dori vositalari organizmga ikkita katta yo‘l orqali kiritiladi: bular enteral (me’da-ichak yo‘li orqali) hamda parenteral (me’da-ichak yo‘lini chetlab) yo‘llardir.
Enteral yo‘l orqali dori vositalarini organizmga kiritishning asosan 5 ta usuli mavjud bo‘lib, ular og‘iz orqali, tilostiga, lunjortiga, o‘n ikki barmoq ichakka va to‘g‘ri ichakka kiritishdir.
Dori vositalarini og‘iz orqali kiritish – per os, eng keng tarqalgan usul bo‘lib, unda bemorning o‘zi, qo‘shimcha tibbiy xodimning yordamisiz va dorilarning sterilligiga ham qaramasdan, preparatni og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘yadi va ma’lum miqdordagi suyuqlik bilan uni ichib yuboradi. Bunda dori preparati ichak orqali so‘rilib, dastlab jigardan birlamchi marta o‘tadi va ma’lum qismi u yerda faolsizlanadi, keyin qolgan qismi katta qon aylanish doirasiga tushib, kerakli joyga ta’sir ko‘rsatadi va yana qayta ikkilamchi marotaba jigarga kelib tushadi .Bu holda ko‘pincha jigarda qayta parchalanish jarayoni yuz beradi va shundan keyin preparatning parchalanish mahsulotlari organizmdan chiqarib yuboriladi. Shuning uchun ham mazkur usulda dori vositalarini organizmga kiritishda ularning jigardan birlamchi hamda ikkilamchi o‘tishini hisobga olgan holda tegishli dozalarda tavsiya qilish lozim. Og‘iz orqali kiritish usuli bilan qabul qilingan dori vositalari ko‘pincha umumiy yoki rezorbtiv ta’sir qilish uchun qo‘llaniladi. Bunga ichakning katta so‘ruvchi yuzasi (taxminan 200 m2) va uning qon bilan yaxshi ta’minlanganligi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi preparatlar esa mahalliy, ya’ni faqat me’da-ichak yo‘liga ta’sir qilish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Dori vositalarini tilostiga qo‘yishni odatda sublingval kiritish usuli deb yuritiladi. Mazkur usulda dori preparati tilostiga qo‘yiladi va u yerdan to‘liq so‘rilib ketgunicha ushlab turiladi. Bunda dori vositasi tilostidagi qon tomirlar orqali so‘rilib, birdaniga katta qon aylanish doirasiga tushadi va oldin uning ta’sir samarasi yuzaga chiqadi, keyin esa preparat jigarga borib, u yerda biotransformatsiyaga uchraydi va shundan keyin organizmdan chiqarib yuboriladi. Shuning uchun ham preparatlarni mazkur usul bilan organizmga kiritishda uning terapevtik dozasiga katta ahamiyat berish lozim. Dori vositalarini lunj ortiga qo‘yish trans bukkal kiritish usuli ham deb yuritiladi. Ushbu usul bilan kiritiladigan dori vositasini og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘yilib, lunj ortida to‘liq erib, yo‘qolib ketguniga qadar shimiladi. Ular asosan og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kasalliklarida mahalliy ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Ayrim preparatlar og‘iz bo‘shlig‘I shilliq qavati orqali ma’lum miqdorda so‘rilish xususiyatiga egalar. Dori vositalarini o‘n ikki barmoq ichak orqali kiritishda asosan dori preparati maxsus zond yordamida o‘n ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga kiritiladi. Bunda kiritilgan preparat u yerdagi jarohatlarni (yara kasalligida) davolaydi yoki jigar hamda o‘t yo‘llari kasalliklarini tashhislash va ba’zan davolash maqsadida ham qo‘llaniladi.
Dori vositalarini to‘g‘ri ichak orqali kiritish ko‘pincha per rectum yoki rektal kiritish usuli deb ham yuritiladi. Mazkur usul yordamida dori vositalari yoki rektal shamchalar ko‘rinishida, yoki dorivor ho‘qnalar shaklida (50 ml miqdorida) kiritilishi mumkin. Bunda to‘g‘ri ichak shilliq qavatining yuqori so‘ruvchanlik xossasiga ega ekanligini hamda kiritilgan vositalarning gemorraidal venoz qon tomirlari (porto-koval anastomozlar) orqali bevosita katta qon aylanish doirasiga tushib, umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekanligini ham inobatga olish lozim. Agarda dorivor modda ta’sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lsa, u holda uni shilimshiq bilan birga tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Oqsil, yog‘ va polisaxarid tuzilishga ega bo‘lgan dori Moddalarning yo‘g‘on ichak orqali so‘rilmasligini ham inobatga olib qo‘yish lozim.Organizmga kiritilgan istalgan dorivor moddaning asosiy farmakokinetik parametrlaridan bittasi bu so‘rilishdir.
So‘rilish – bu dorivor moddaning organizmga kiritilish yo‘lidan qat’iy nazar uning qon yoki limfa oqimiga tushishidir.
So‘rilishning quyidagi asosiy mexanizmlari mavjud:
1. Passiv diffuziyahujayralar qobig‘i orqali, Moddalarning konsentratsiyalari gradientiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu so‘rilishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ushbu mexanizm orqali asosan lipofil birikmalar




absorbsiya


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə