Farmakologiya


I. KIRISH 1. Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy fanlar orasidagi o‘rni



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə3/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

I. KIRISH
1. Farmakologiya fanining maqsad va vazifalari. Uning boshqa tibbiy fanlar orasidagi o‘rni
Farmakologiya tibbiyotning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, u vrachni o‘zining asosiy quroli  dorilar bilan tanishtiradi . U vrach bemor organizmida dorilar bilan nima qilayotganligini, katta yoki kichik dozalarda ulardan qanday samaralar kutish lozimligini ko‘rsatadi.
Farmakologiya lotincha so‘zlar birikmasidan olingan bo‘lib (pharmacondori, logosfan), dorilar to‘g‘risidagi fan degan ma’noni bildiradi. Famakologiya turli xil kimyoviy birikmalarning tirik organizmlar bilan (shu jumladan odam va hayvon organizmlari bilan ham) o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Uning eng asosiy vazifalaridan biri – yanada samaraliroq va xavfsizroq bo‘lgan dori vositalarini izlab topishdan iboratdir.
Farmakologik tekshirishlarning doirasi juda keng. U dori Moddalarning turli murakkablikdagi biologik tizimlarga ta’sirini o‘rganishni o‘z ichiga qamrab oladi – butun bir organizmdan tortib, har bitta hujayragacha, va hattoki, hujayralarning tarkibiy qismlariga, retseptorlar va fermentlarga ta’sirini ham. Kimyoviy moddalar ta’sirida biologik tizimlar faoliyatining o‘zgarishlari ularning biologik samaralari (faolligi) yuzaga chiqishiga olib keladi.
Tibbiy –biologik fanlar qatoridan o‘rin olgan farmakologiya eksperimental va amaliy tibbiyotning turli sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda bir tomonda tibbiyotning asosiy nazariy fanlarifiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo tursa, ikkinchi tomonda amaliy fanlarklinik farmakologiya, terapiya, pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi. Shuningdek, u farmatsiya fanlari  farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiyalar bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular orqali esa biokimyo, botanika, texnologiya fanlari bilan ham bog‘lanadi.
Farmakologiyaning klinika uchun ahamiyatli fan ekanligi shundan ham ko‘rinib turibdiki, undan o‘tgan asrning oxirlarida dori vositalarining inson organizmi bilan o‘zaro ta’sirlarini turli patologik holatlarda, bevosita bemorning oldida o‘rganuvchi klinik farmakologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Farmakologiyaning ahamiyati amaliy tibbiyot uchun o‘ta beqiyosdir. Hozirgi kungacha farmakologlar tomonidan juda katta zahiradagi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan dori vositalarining yaratilganligi (oxirgi ma’lumotlarga qaraganda butun yer shari mamlakatlaridagi jami yaratilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan dori preparatlarning soni 300 000 dan ortiqni tashkil etadi) ko‘pchilik kasalliklarni davolashning universal usuliga aylantirdi. Shuning uchun ham farmakologiya fanini mukammal bilish istalgan sohadagi shifokorlar uchun mutlaqo zarur hisoblanadi. Farmakologiyani bilish zarurligining yana bir ahamiyati shundaki, zamonaviy dori Moddalarning ko‘pchiligi juda yuqori faollikka ega bo‘lganliklari uchun ularni tavsiya qilishdagi ozgina noaniqlik bemorning hayotiga xavf soluvchi o‘ta kuchli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganiday, farmakologiyaning muhim vazifasi yangi dori vositalarini izlab topishdan iboratdir. Buning uchun asosiy yo‘l – kimyoviy sintez usulidir. Bundan tashqari, o‘simliklarning tabiiy birikmalaridan, hayvonlarning to‘qimalaridan va ma’danlardan ham unumli foydalaniladi. Shu bilan birga, ko‘pchilik bebaho preparatlarning zamburug‘lar va mikroorganizmlar hayoti davomida ajralib chiqishini ham inobatga olish lozim. Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi preparatlar yaratishda hujayraviy va gen injeneriyasi ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Farmakologlar tomonidan yangi dori vositalarini izlab topish, ularni sinovdan o‘tkazish va amaliyotga tadbiq etish ishlari kimyogarlar va klinitsistlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boriladi. Zamonaviy dorishunoslik sohasidagi ulkan yutuqlar va yuksalishlar qator yangi ilmiy yo‘nalishlar hamda fanlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularga eksperimental va klinikfarmakologiyadan tashqari farmatsiya, toksikologiya, immunofarmakologiya, farmakogenetika, yuqumli kasalliklar kimyoviy terapiyasi, o‘sma kasalliklarining kimyoviy terapiyasi, farmako epidemiologiya, farmakoekonomika (farmakoiqtisodiyot) va boshqalarni kiritish mumkin.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə