Farmakologiya


To’qima Depo Plazma



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə8/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

To’qima

Depo

Plazma

Depo

Metabolitlar va konyugatlar

Moddalarning ta’sir qilish joylari(retseptorlar)

Ajralishi

Erkin modda
Bog’langan modda
metabolitlar

konyugantlar

Dori vositalarining farmakokinetikasi (sxema).
Mazkur mexanizm orqali qutbli gidrofil molekulalar, qator anorganik ionlar, qandlar, aminokislotalar, pirimidinlar so‘riladi.
5. Pinotsitozhujayra qobig‘ining invaginatsiyasi orqali keyinchalik pufakcha (vakuola) hosil bo‘ladi. U Moddalarning yirik molekulalari bilan birga hujayra suyuqligiga to‘lgan bo‘ladi va sitoplazma orqali qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Keyin esa ekzotsitoz orqali pufakcha ichidagi molekulalarni tashqariga chiqarib tashlaydi.
Sanab o‘tilgan so‘rilish mexanizmlari universal xususiyatga ega bo‘lib, faqat Moddalarning so‘rilishida emas, balki ularning organizmda tarqalishida va chiqarib yuborilishida ham o‘ziga xos ahamiyatga egadirlar. Dori vositalarining ingichka ichak orqali so‘rilishi passiv diffuziya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ayrim Dori vositalarining so‘rilishida aktiv transport mexanizmi ham ahamiyatga ega. Masalan, sianokobalamin kompleksining Kaslning ichki omili bilan so‘rilishida. Filtratsiya usuli esa deyarli kam aliy ahamiyatga ega emas. Dorivor modda organizmga kiritilganidan so‘ng ma’lum vaqt birligi o‘tganidan keyin uning qonda aniqlanadigan konsentratsiyasining dastlabki kiritil gan dozasiga nisbatini belgilash uchun bio erishuvchanlik atamasi kiritilgan bo‘lib, bu orqali kiritilgan preparatning samaradorligiga ham baho beriladi. Ichishga tavsiya qilinadigan preparatlarning bio erishuvchanligi past bo‘lsa, vena orqali kiritiladigan preparatlarning bio erishuvchanligi 100 % ga teng bo‘ladi. Agarda preparat jigarda parchalanmasdan, bevosita buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqarib yuboriladigan bo‘lsa, u holda preparatning siydik tarkibidagi miqdoriga qarab ham uning bio erishuvchanligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. Ayrim hollarda preparatning aniq miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkoniyati bo‘lsa, bunday preparatning bio erishuvchanligini uning farmakologik samaralari hajmiga qarab ham aniqlash mumkin.
Dori vositalari parenteral yo‘l bilan teri orqali, teri ostiga, teri ichiga, mushak orasiga, vena orqali, arteriya orqali, tana bo‘shliqlariga, suyaklar ichiga, ingalyasion, ko‘z, quloq va burun orqali, intravaginal va boshqa usullar yordamida kiritiladi. Parenteral yo‘llar ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani preparatlarni teri ostiga, mushak orasiga va vena orqali kiritish usullari hisoblanadi. Bulardan vena orqali preparatlarni kiritishda samara zudlik bilan yuzaga chiqadi, mushak orasiga va teri ostiga yuborilgan preparatning samarasi esa nisbatan sekinlik bilan namoyon bo‘ladi. Dori moddalarining farmakoterapevtik samarasini uzaytirish uchun ularni moyli suspenziyalar yoki boshqa ko‘rinishdagi dori shakllarida mushak orasiga yuborish lozim.




Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə