Farmakologiya


Dozalar Morfinning ta’siri



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə16/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Dozalar

Morfinning ta’siri

Dori vositalari ta’sirining umumiy sxemasi

Bo’sag’a

Doza

O’rtacha

Terapivtik doza

Yuqori

terapivtik doza

allergik tabiatga ega bo’lmagan nojo’ya tasirlar
allaegik reaksiyalar
zaharli samaralar

Moddalarning terapivtik dozalaridagi ta’sir samarasi

Moddalarning zaharli dazalardagi ta’sir samarasi

Dozalar, dori vositalarining farmakoterapevtik va nojo‘ya ta’sirlari (misol tariqasida morfinning asosiy, nojo‘ya va toksik samaralari keltirilgan)
Masalan, efedrin gidroxloridini 10-20 daqiqalik interval bilan qayta-qayta kiritilganda u arterial qon bosimini dastlabkisiga nisbatan kamroq darajada ko‘taradi. 30-40 daqiqadan keyin esa arterial qon bosimiga umuman ta’sir qilmay qo‘yadi.
Ayrim dori moddalar organizmga qayta kiritilganda ularga nisbatan qaramlik paydo bo‘ladi. Mazkur holat bemor tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘zining kayfiyatini ko‘tarish, nohush kechinmalarini bartaraf etish va boshqa maqsadlarda dori moddasini qayerdan, qanday qilib bo‘lsa ham topib, qabul qilishga intilish hissi orqali namoyon bo‘ladi. Ikki xil turi farqlanadi: ruhiy va jismoniy. Ruhiy qaramlikda dori moddasining bemor organizmiga vaqtida tushmasligi unda faqat emotsional diskomfort keltirib chiqaradi xolos. Bunday dori vositalariga kofein, nikotin, kokain, Hindiston kandiri (marixuana, gashish), LSD-25 (lizergin kislotasining dietilamidi) kabi moddalar kiradi. Jismoniy qaramlik o‘ziga xos og‘ir darajada kechadi. Unda bemorga kiritilayotgan modda uning organizmiga o‘z vaqtida tushmasa yoki prepartni kiritish birdaniga bekor qilinsa, u holda o‘ta og‘ir kechuvchi bekor qilish – abstinensiya16 sindromi yuzaga chiqadi. Bunda bemorning umumiy ahvoli o‘ta og‘ir, kuchli ruhiy buzilishlar, ko‘pchilik a’zo va tizimlar faoliyatining keskin izdan chiqishi bilan kechuvchi har xildagi va jiddiy somatik buzilishlar hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Jismoniy qaramlik ko‘pincha narkotik analgetiklar (morfin, kodein, promedol va b.), gerain, qoradori (afyun), narkotik turdagi uxlatuvchi vositalar (fenobarbital, barbital, barbamil va b.) kabi moddalar ta’sirida tez yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda butun yer yuzida dorilarga nisbatan kelib chiqadigan qaramlikning oldini olish va davolash o‘ta murakkab tibbiy va ijtimoiy muammo hisoblanadi.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə