Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə6/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Kimyoviy laboratoriya





Farmakologik labaratoriya





Tayyor dori shakllari laboratoriyasi





O’zR SSV farmakologik qo’mitasi
O’zR SSV farmakopiya qo’mitasi





Klinik sinovlar





O’zR SSV ning yangi dori vositalarini tadbiq qilish bilan shug’illanuvchi boshqarmasi





Kimyo-farmatsevtika sanoati



Tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish





II. Preparatlarni dorixom-ashyosidan olish va ulardan individual moddalarni ajratish:


- hayvonlardan;
- o‘simliklardan;
- ma’danlardan.
III. Zamburug‘lar va mikroorganizmlar hayoti davomidagi mahsulotlardan olinadigan dori vositalarini yaratish; biotexnologiya (hujayraviy va gen injeneriyasi).
O‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijasida dori preparati sifatida istiqbolli deb topilgan vositalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmakologik qo‘mitasiga taqdim etiladi. Mazkur qo‘mita tarkibida asosan farmakologlar va klinitsistlardan tashkil topgan ekspertlar guruhi faoliyat
olib boradi. Agarda Farmakologik qo‘mita o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsat beradi. Bu juda muhim bosqich bo‘lib, dori vositasi to‘g‘risidagi halqiluvchi so‘zni faqat klinitsistlargina ayta olishadi

4.Farmakologiyaning asosiy bo‘limlari. Dori vositalarini tasniflash tamoyillari
Farmakologiya fanini uchta yirik bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi. Bular:

Umumiy retseptura – unda turli dori vositalariga har xil shakllarda retsept yozishning umumiy qonun-qoidalari o‘rganiladi.

Umumiy farmakologiya – unda dori vositalarining tirik organizmdagi farmakokinetikasi va farmakodinamikasining umumiy qonuniyatlari o‘rganiladi.
Xususiy farmakologiya – unda har bir guruh dori vositasining va ushbu guruhdagi har bitta preparatning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi alohida, keng qamrovli o‘rganiladi. Asosiy dori vositalarining qo‘llanilishi uchun ko‘rsatmalar va kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tiladi.
Dori vositalarini tasniflash asosan ularning tizimlilik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  • Nerv tizimi faoliyatini boshqaruvchi vositalar (periferik va markaziy);

  • Ijro a’zolari va ularning tizimlari faoliyatini boshqaruvchi vositalar (nafas, qon aylanishi va boshqalar).

  • Modda almashinuvi jarayonlarini boshqaruvchi vositalar.

Bulardan tashqari, turli patologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi vositalar guruhlari farqlanadi, masalan, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, aterosklerozga qarshi va boshqalar. Alohida bo‘limda mikroblarga hamda parazitlarga qarshi preparatlar keltirilgan. ammo , turli mamlakatlarda dori preparatlarining nomlari har xil atalishi va ularni nomlash uchun maxsus bir xillilik bo‘lmaganligi sababli ham asosan preparatlarning halqaro nomlariga hamdak o‘p ishlatiladigan sinonimlari (savdo nomlari) ga asoslanish lozim.


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə