Farmakologiya


Farmakologiya fani rivojlanishining tarixi



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə4/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

2. Farmakologiya fani rivojlanishining tarixi
Farmakologiyaning paydo bo‘lish tarixi yer yuzidagi dastlabki odamlarning paydo bo‘lish davridan boshlanadi, chunki o‘sha davrlarda ham odamlar turli xil kasalliklarga chalinganlar, yirqich hayvonlar bilan olishganlar, yong‘inlarga duch kelganlar, ilon, chayon va qoraqurt kabilar chaqqan. Ibtidoiy jamoa tuzimida odamlar atrof-muhitdagi o‘simliklardan, hayvonot olamidan va ma’danlardan shifo hamda dori-darmon izlaganlar.
Keyinchalik din paydo bo‘lishi bilan turli dori vositalarini qo‘llash sehrgarlik tusini ola boshlagan. Ruhoniylar, kohinlar va shomonlar har xil duo-jodularga asoslangan “davolash”ning ijobiy samaralarini hamda zaharlarning qo‘llanilishini sehrgarlikka yo‘yganlar. Turli Moddalarning davolovchi samarasini ular xudo tomonidan yuborilgan mo‘jiza deb atashgan. Bunday bilimlarga ega bo‘lgan insonlar o‘ta yuqori darajadagi hurmat-ehtiromga ega bo‘lganlar, va hatto, ba’zan ulardan juda ham qo‘rqishgan, chunki 1-rasm. Qadimgi dorixona o‘sha paytlarda qasddan odamlarning zahar- lanishlari odatiy hollardan biriga aylangan edi.
Bundan 3600 yil ilgari Misrda G.Ebers papirusiga yozilgan dastlabki kitob “Har xil a’zolarga qo‘llanadigan dorilar to‘g‘risida” deb nomlangan bo‘lib, unda asosan bemorlarni jarrohlik va boshqa usullar bilan davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan. Unda taxminan 700 nomdagi dori moddalar, ularning tayyorlanishi va amaliyotda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Mazkur kitobdagi dorilarning tarkibi har xil bo‘lib, biz uchun hayron qolarli tarzdagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan – osib o‘ldirilganlarning boldir suyagidan olinadigan vositalardan tortib, to bizning davrimizgacha etib kelgan.
Tarkibida qoradori (opiy) va ka-nakunjut moyi saqlovchi (mazkur ikkita vosita 3600 yildan buyon qo‘llanilib kelinmoqda) vositalar-gacha bo‘lgan dorivor moddalar keltirib o‘tilgan.
Farmakologiya fanining rivoj-lanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining hissasi katta bo‘lgan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nungbundan 3 ming yil ilgari o‘z asarlarida o‘simliklarning sinonim nom-larini, botanik ta’rifini, o‘simliklardan mahsulotlar tayyorlash fasllarini va usullarini, dori-darmonlarning ta’sir doirasini va qo‘llanilishini keltirgan Eramizdan 1500 yil ilgariroq anor po‘stining gijjalarga qarshi, kanakunjut moyining surgi,dengizpiyozining yurakka foydali ekanini bilishgan. Bu mahsulotlar hozirgi kunda ham ushbu kasalliklarda qo‘llaniladi.
Qadimgi Hindistonda bizning eramizdan 550 yil oldin vaksinasiya qo‘llanilib boshlagan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlarida bunday amaliyot undan 2000 yil keyingina boshlangan.Qadim-gi yunon shifokorlari Buqrot (Gippokrat, eramizdan oldingi 460-377 yillar), Dioskrid (1 asr), ayniqsa, Rum hakimi Jolinus (Klavdiy Galen, eramizning 129-200 yillari) dori-darmonlar ustida katta ishlar olib borishgan. Jolinus birinchi bo‘lib shifobaxsh o‘simliklarni suvda qaynatish yordamida maxsus ish-lov berish orqali ularning ta’sir qiluvchi Moddalarini ajratib olishga muyassar bo‘lgan hamda har xil dori moddalarga retsept yozishni qo‘llagan. Eramizning 350 yillarida shifokor Sushruta tomonidan dorivor o‘simliklar haqida yozilgan “Ayur-Veda” qadimiy hind kitobi bo‘lib, unda 650 dan ortiq har xil dorivor moddalar keltirilgan. Mashhur “Jud-Shi” (“Shifobaxsh dori-darmonlarning mohiyati”) kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil qiladi.
Taxminan 700 yillardan boshlab arablarda tibbiyot va farmatsiya sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ular tibbiyot amaliyotini tartibga soldilar, dorixonalar, kasalxonalar va kutubxonalar ochdilar. Hozirgi kunda qo‘llanilib kelayotgan “alkogol” so‘zi arabcha al-kul so‘zidan kelib chiqqan. IX asrda – 869 yilda arab tabibi Shopur Ibn Saxl tomonidan Bog‘dod shahrida yozilgan “Kitob al-akrabadin ul kabir” (“Katta farmakopeya”) nomi bilan butun dunyoga mashhur eng birinchi farmakopeya yaratilgan. Nis-batan mukammallashtirilgan, zamonaviy farmakopeyalar uchun asos bo‘lgan yana bir farmakopeya esa 967-976 yillarda Abu Mansur Muvaf-faq binni Ali al-Xiraviy tomonidan yozilgan “Kitob al-abyinaan-haqayiqal-adviya” (“Dorilarning haqiqiy xossalari asosi to‘g‘risida kitob”) asari bo‘lib, tibbiyotda u“ Abu Mansur Farmakopeyasi” nomi bilan mashhurdir.
Sharqning buyuk tabibi Ali ibn Abbos Zahraviy (997 yilda vafot etgan) o‘z asarlarida yillar o‘tgan sayin yangi dori moddalari paydo bo‘lishi, ularni avval hayvonlarda sinab ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. Sharqning qomusiy olimi, tabibi va mutafakkiri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning (865-925 yy.) tabobatga doir 36 ta asari bizgacha etib kelgan. U o‘z asarlarida anatomiya, fiziologiya, terapiya, xirurgiya, farmakologiya va psixologiya ilmlarini yangi g‘oya va ixtirolar bilan boyitgan. Ushbu olimning tibbiyotga va kimyoga bag‘ishlangan asarlari o‘rta asrlarda Sharq va G‘arbda shu sohalarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Farmakologiyaning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning (973-1048 yy.) ham hissasi kattadir. “As-saydanafit-tib” asarida IX-asrda ma’lum bo‘lgan dori moddalari, to‘rt yarim mingdan ortiq o‘simliklar, hayvonlar , ma’danlar va ulardan olinadigan ozuqalarning nomlari va izohlari keltirilgan. Beruniy “Insoning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat, yoki zahar bo‘ladi, dorilar anashularning o‘rtasida turadi” degan. “Dast avval oddiy dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar ular foyda etkazmasa, shundan so‘ng murakkab dorilarni qo‘llash mumkin” deb ta’kidlagan. Beruniyning “Saydana” kitobi asrlar osha sharq dorishunosligining buyuk qomusi sifatida qo‘llanib kelingan.
Farmakologiya fanining rivojida O‘rta Osiyoning buyuk hakimi Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) ham hissasi juda katta bo‘lgan. “Tib qonunlari”, “Kitob ush shifo”, “Kitobi al kalbiya” kabi asarlarida o‘sha davr tibbiyotida qo‘llanilgan dori moddalari keltirilgan. “Tib qonunlari” ning birinchi kitobida 900 ga yaqin oddiy dori moddalari keltirilgan, ulardan 612 tasi o‘simliklarga mansub. Beshinchi kitobda murakkab dori moddalarini tayyorlash va ularni qo‘llash usullari bayon etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarning mijoziga qarab ishlatish zarurligini uqtirgan, dori moddalarini mijoz bo‘yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi va namlovchi turlarga bo‘lgan. U Evropa shifokorlaridan 400 yil oldin zahm kasalligini simob bilan davolagan.
Sharofiddin Abu Abdulloh Muhammad Yusuf Iloqiy (1068 yilda vafot etgan) Ibn Sinoning shogirdlaridan biri bo‘lib, o‘zining “Muolajati Iloqiy”, “Muxtasari Iloqiy” asarlarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, ularni aniqlash, belgilari va dori turlari bilan davolash usullarini bayon etgan. Bu asarlar o‘z davrida tabiblar uchun qo‘llanma vazifasini bajargan.
Xorazmlik olim va tabib Zayniddin Abul – Fazoil Ismoil al - Jurjoniy (1080-1141 yy.) tibbiyot sohasida 15 dan ortiq asar yaratgan. Farmakologiyaga oid kitobi ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda oddiy moddalar, ikkinchi bo‘limida esa murakkab moddalar va ularni tayyorlash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan . Ushbu olim forsiy tilda farmakologik atamalarni yaratgan.
Xorazmlik yana bir tabib va olim Maxmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniy (1221 yili vafot etgan) tib ilmiga mansub “Qonuncha” asarini yaratgan. Ushbu asardan faqat olimning vatani Xorazmda emas, balki Eron va boshqa sharq mamlakatlarda ham XX asrning boshlarigacha qo‘llanma sifatida foydalanib kelingan.
Najibuddin Samarkandiy (1222 yilda vafot etgan) samarkandlik tabib va olimning tabobatga oid 8 ta ilmiy asari ma’lum, ulardan biri “Murakkab dorilarni tayyorlash usullari” muhim ahamiyatga ega. Asarda talqondori, sharbatdori, qayt qildiradigan dori va surgidori kabilar bayon qilingan.
Yusufiy Muxammad ibn Yusuf al-Xiraviy (15 asr) Hindistonda shoh Zahiriddin Bobur, keyinchalik uning o‘g‘li Humoyunmirzoning saroy tabibi bo‘lgan. “Tibbi Yusufiy” kitobi bemorlarni dori moddalar bilan davolashni o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lgan.
XVI asrda G‘arb olimi Paratsels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan to‘ldirib yuborgan, tibbiyotda yatro kimyo (yatrosvrach) yo‘nalishining asoschisi bo‘lgan. Shu bilan birga, Paratselsning fikricha, tabiatda hamma kasalliklarning davosi bor, ularni tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Bemorga kasallangan a’zo shakliga o‘xshagan meva, o‘simliklar tavsiya qilingan. Masalan, yurak kasalliklarida mevalari yurak shakliga o‘xshagan anakardius o‘simligi, buyrak kasalliklarida esa shakllari buyrakka o‘xshagan o‘simliklar bemorga shifobaxsh ta’sir etadi deyilgan.
XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yo‘nalishiga asos solgan. Bunda davolash monandlik, o‘xshashlik qonuniga asoslangan, gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda ham keng tarqalgan . XIX asrga qadar farmakologiya empirik1 tarzda rivojlandi, xalq tabobatida ham shifokorlar dori moddalarining ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar.
XIX asrdan boshlab eksperimental farmakologiya rivojlana boshlagan. Barcha qo‘llaniladigan, qo‘llanish arafasida bo‘lgan dori moddalari avval hayvonlarda tekshirib ko‘rilishi zarur degan xulosaga kelingan, shu vaqtdan boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solingan.
Ilmiy farmakologiyaning rivojlanishida Rossiyada A.P.Nelyubin, O.V.Zabelin, E.V.Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberk kabi olimlar katta hissa qo‘shganlar.
Rossiyalik akademik I.P.Pavlov mashhur fiziolog bo‘lishiga qaramasdan, farmakologiya sohasida ham katta tajribalar o‘tkazgan, bu sohaga oid 80 ta ilmiy ishini chop ettirgan. I.P.Pavlovdan keyingi davrda hozirgi davr farmakologiyasining asoschisi sifatida akademik N.P.Kravkov katta ilmiy maktab yaratgan bo’lib, “Farmakologiya asoslari” nomli kitobi 14 marta nashr etilgan. Uning S.A.Anichkov, V.V.Zakusov va M.D.Mashkovskiy kabi shogirdlarining ilmiy ishlari bugungi kun farmakologiyasining poydevori hisoblanadi.
Hozirgi kundagi farmakologiyaning rivojlanishida akademik D.A. Xarkevichning hissasi juda beqiyos. Uning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yozilgan “Farmakologiya” darsligi shu fanni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga egadir. O‘zbekistonda farmakologiya sohasiga oid birinchi kafedra 1920 yilda Toshkent shahrida yangi ochilgan Turkiston Davlat universiteti meditsina fakulteti tarkibida dastlab farmakologiya, farmatsiya va farmakognoziya nomi bilan tashkil qilingan. Yangi tashkil etilgan kafedraga Rossiyaning Sankt-Piterburg shahridan safarbar etilgan professor Ivan Ivanovich Markelov (1869-1944 yy.) 1920-1930 yillar mobaynida mudirlik qilgan. Kafedra tashkil etilgan dastlabki yillarda o‘qituvchilarning etishmasligi sezilib turgan. O‘ttizinchi yillarga qadar unda professor I.I.Markelov, assistentlar N.N.Kompansev, K.I.Siverskaya va L.G.Merkulovlar ishlagan. 1930 yilda universitetning meditsina fakulteti mustaqil bo‘lib, O‘rta Osiyo Davlat meditsina institutiga aylantirilgan. Yana ikki yildan keyin, ya’ni 1932 yilda Toshkent meditsina instituti deb atala boshlangan. Farmakolog kadrlarni, ayniqsa mahalliy xalq vakillarini, jadallik bilan tayyorlash o‘tkir muommoga aylanganligi tufayli bu masala ko‘proq aspirantura yo‘li bilan hal qilingan. Shuning uchun ham I.K.Komilov, M.B.Sultonov, R.S.Sog‘atovlar kafedraning birinchi aspirantlari bo‘lishgan va ayni vaqtda, o‘qituvchilik faoliyati bilan ham shug‘illanishgan.
1933 yilda kafedraning mudiri etib N.N.Kompansev (1893-1984 yy.) tayinlangan. U yangi psoralen preparatini V.Z.Mazgutov bilan hamkorlikda amaliyotga tadbiq etgan. Bu davrlarda K.I.Siverskaya (1938 y.), I.K.Komilov (1940 y.) va M.B.Sultonovlar (1941 y.) nomzodlik dissertatsiyalarini dastlabki yoqlagan xodimlar bo‘lishgan.
Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi bilan kafedraning bir guruh o‘qituvchilari (I.K.Komilov, M.B.Sultonov, N.A.Kambulin) frontga jo‘natilgan. Shuning bilan birga sobiq Ittifoqning boshqa shaharlaridan evakuatsiya qilingan farmakologlar – professor V.V.Nikolaev (Moskva sh.), dotsent M.I.Olshanskiy va assistant E.A.Stegaylolar (Rostov sh.) kafedrada talabalar bilan shug‘ullanishgan. Bulardan tashqari, T.G‘.Sultonov, M.O.Oripov va I.F.Fatxullaevlar aspirant etib tayinlanishgan.
Keyinchalik R.S.Sog‘atov va M.B.Sultonovlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidagi mas’ul ishlarga jalb qilinishgan, I.K.Komilov esa O‘lka meditsina instituti farmakologiya laboratoriyasiga mudir etib tayinlangan. Keyin bu laboratoriya O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tarkibiga o‘tkazilgan. Bu davrda R.S.Sog‘atov (1944 y.), N.A.Kambulin (1946 y.) va T.G‘.Sultonovlar (1949 y.) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan edi.
Shunday qilib, elliginchi yillarning oxirida kafedrada dars berish professor N.N.Kompansev, dotsentlar – N.A.Kambulin, T.G‘.Sultonov, assistentlar – K.I.Siverskaya, M.O.Oripov, I.F.Fatxullaevlar tomonidan amalga oshirilgan. Biroz vaqt o‘tib, kafedrada V.Z.Mazgutov, T.Boyjonov va N.T.To‘laganovlar o‘qituvchilik qila boshlashgan. N.G.Babaeva va D.E. Tuniyanslar aspiranturaga qabul qilingan. Leningradda farmakologiya bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan B.R.Xo‘jaeva ssistentlar qatoridan joy olgan. Keyinroq V.Z.Mazgutov (1967 y.), N.G.Babaeva (1967 y.) va D.E. Tuniyans (1971 y.) nomzodlik darajasini himoya qilishgan. Kafedrada ishlab, Qirg‘iziston meditsina institutiga ishga o‘tgan E.A.Stegaylo 1962 y. doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Shu yillar mobaynida kafedra jamoasiga O‘simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyasida faoliyat olib borayotgan t.f.d. O‘.B.Zokirov, tibbiyot fanlari nomzodlari Q.N.Nadjimutdinov, M.M. Azimov, K.A.Jo‘raeva, M.A.Mag‘rupova, N.A.Eshmuhamedov, N.V.Abdumalikova, Sh.S.Umarova, F.T.Toshmuhamedovalar kelib qo‘shilishgan. S.M. Vishnevetskaya va Sh.X.Xusanovlar aspiranturaga kirishgan.
1969 yilning sentabr oyidan professor N.N.Kompansev professor-maslahatchi lavozimida ishlay boshlagan. Uning o‘rniga kafedra mudiri etib dotsentI.K.Komilov (1909-1985 yy.) tayinlangan.
1968 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan O‘.B.Zokirov 1970 yilda kafedraning professori etib saylangan. 1971 yilda I.K.Komilovva 1974 yilda Q.N.Nadjimutdinov doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashgan. 1971 yilda mohir pedagog dotsent N.A.Kambulin nafaqaga chiqib, Krasnodar shahriga ko‘chib ketgan. 1972 yilda M.M.Azimov dotsent va 1974 yilda Q.N.Nadjimutdinov professor lavozimlariga o‘tkazilgan.
1972 yilda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo meditsina pediatriya institutining (SAMPI) ochilishi munosabati bilan uning farmakologiya kafedrasini tashkil qilish maqsadida assistentlar V.Z.Mazgutov va F.T. Toshmuhamedovalar borishga rozilik berishgan. Keyinchalik mazkur dargohda O‘simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya laboratoriyasida faoliyat olib borgan buyuk o‘zbek ayol farmakologi, professor S.S.Azizova (1934-2014 yy.) samarali faoliyat olib borgan.
Etmishinchi yillarning o‘rtalariga kelib, Sh.M.Muzrabekov (1974 y.), Z.Z.Hakimov (1975 y.) va R.G‘.G‘anieva (1975 y.) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.
1978 yilda professor I.K.Komilov kafedra mudirligidan professor-maslahatchi lavozimiga o‘tkazilgan. Unga tanlov orqali mudir qilib professor O‘.B.Zokirov (1934 y.t.) saylangan.
1982 yilda kafedra xodimlarining bir qismi (professor Q.N. Nadjimutdinov, dotsent N.G.Babaeva, assistentlar N.A.Eshmuhamedov va Sh.M. Muzrabekovlar) yangi tashkil qilingan klinik farmakologiya kafedrasiga o‘tib ishlab boshlashgan va uning kafedra mudiri qilib professor Q.N. Nadjimutdinov (1931-2003 yy.) tayinlangan.
1980-1990 yillar mobaynida E.D.Bajenova (izlanuvchi), S.M. Vishnevetskaya, Sh.X.Xusanov, E.A.Voloxvyanskiy, L.S.Knyazeva, A.J.Jo‘raev (izlanuvchi), S.Z.Mirtursunova (O‘zFA Fiziologiya instituti), D.P.Kim (O‘zFA O‘lka meditsina instituti), Sh.J.Nurmuhamedova, B.Sh.Shoislomov, I.U. Uzoqov, M.Tolipova (izlanuvchi), M.T.Alimova (izlanuvchi), D.Yo.Teshaboev, A.T.Nikbaev, Sh.M.Maxsumov, M.A.Shokirova, E.V.Okunskaya, A.X.Xojiev (izlanuvchi), B.Sh.Xoltaev nomzodlik dissertatsiyalarini, E.Baldandorj (Mo‘g‘iliston), Z.Solixo‘jaev (TashFarmI) va M.M.Azimovlar doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli yoqlashdi.
Professor O‘.B.Zokirovning Toshkent farmatsevtika institutiga rektor etib tayinlanishi munosabati bilan 1985-1988 yillar mobaynida kafedraga mudir qilib dotsent M.M.Azimov (1935 y.t.) saylangan edi. O‘.B.Zokirov o‘rindoshlik asosida ushbu kafedrada professorlik lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan. 1988 yildan boshlab professor O‘.B.Zokirov kafedraga yana mudirlik qilgan. Bu vaqtlarda kafedraga birqator yangi xodimlar – D.N.Qarshiev, S.R.Ismoilov, H.X.Po‘latov, B.U. Ibragimxo‘jaev va R.K.G‘ulomovalar kelib qo‘shilishgan.
1990 yilda ToshDavMI ikkita mustaqil 1-DoshDavTI va 2-ToshDavTIga ajraladigan bo‘lganligi tufayli kafedra xodimlari ham ikki guruhni tashkil qilishgan.
2-ToshDavTI farmakologiya kafedrasida ishlashga rozilik bergan o‘qituvchilar orasida mudir etib tayinlangan tibbiyot fanlari doktori, dotsent M.M. Azimov, dotsent Sh.M. Maxsumov, assistentlar t.f.n. Sh.S. Umarova, t.f.n. Sh.D.Rajapova (Nurmuhamedova), t.f.n. O.A.ZaysevavaS.R. Ismoilovlar bor edi. Ularga tibbiyot fanlari doktorlari S.F.Faxrutdinov (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti farmakologiya kafedrasida ishlagan) va Z.Z.Hakimovlar (2-ToshDavTIMITLning mudiri, o‘rindoshlik asosida) qo‘shilib, avval dotsent, keyin professor bo‘lib ishlashgan.
1-ToshDavTI farmakologiya kafedrasida professor O‘.B.Zokirov (mudir), dotsentlarK.A.Jo‘raeva, B.Sh.Shoislomav, D.Yo.Teshaboev, katta o‘qituvchilar – t.f.n. N.V. Abdumalikova, t.f.n. M.A.Shokirova, assistentlar – t.f.n. M.O.Mamajonova, t.f.n. M.Yu.Chirko, t.f.n. A.I.Mahkamov, H.X. Po‘latov, R.K.G‘ulomova, aspirant – D.N.Qarshiev, stajer-tadqiqotchi – K.M. Yafasov ishlashni davom etdirishgan. Tibbiyot fanlari nomzodlari E.A. Voloxvyanskiy, B.Sh.Xoltaev, B.U.Ibragimxo‘jaevlar amaliy ishga o‘tib ketishdi. 1992 yilda kafedraga T.B.Mustanov assistant qilib yuborildi.
1990-2000 yillarda ushbu kafedralarning xodimlari bo‘lgan X.A. Beridze, A.I.Mahkamov, Q.Shukurlaev, R.I.Azimov, O.A.Zayseva, M.Yu.Chirko, M.O.Mamajonova, N.X. Sinsadze, D.N.Qarshiev, H.X.Po‘latov, S.R.Ismoilov, U.I.Hakimova, K.M.Yafasov, T.B.Mustanov, S.R.Abdullaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini, A.T.Nikbaev, B.Sh.Shoislomov va D.Yo.Teshaboevlar esa doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. Bulardan tashqari, kafedra boshchiligida boshqa institutlarning xodimlari Q.Shukurlaev, N.Shilsova (ikkalasi TashFarmI), G.Uzoqova, Z.Alimuhamedova (ikkalasiO‘zRSSVFizioterapiyaITI), O‘.Ismoilov, B.Bekchanov (ikkalasi Urganch Davlat universitetining tibbiyot markazi), A.A.Abdumajidov (ToshPMI), G.S.Omonova (1-ToshDavTIUrganch filiali), Sh.A.Sultonova (AndDavTI) nomzodlik dissertatsiyalarini, O.M.Ryanskaya (ToshPMI), T.D.G‘ulomov (O‘zRSSV fizioterapiya ITI), A.X.Abdullaev (1-ToshDavTI ichki kasalliklar propedevtika kafedrasi), D.N.Qarshiev (SamDavTI) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi.
Ulardan X.A.Beridze Turkiya universitetlarining birida, N.X. Sinsadze Gruziyaning Adjariya avtonom respublikasi tibbiyot institutida farmakologiya kafedrasiga ishga o‘tib ketishdi. D.N.Qarshiev SamDavTI farmakologiya kafedrasiga, S.R.Ismoilov 1-ToshDavTI Urganch filiali farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasiga, Q.Shukurlaev shu dargohdagi normal fiziologiya va biofizika kafedrasiga, O.M.Ryanskayava A.A. Abdumajidovlar (oldinma keyin) ToshPMI normal fiziologiya kafedrasiga mudirlik qilishdi. A.I.Mahkamov BuxDavTIda klinik farmakologiya sohasini boshqardi, R.I.Azimov va H.X.Po‘latovlar 2-ToshDavTIga ishga o‘tishdi, Sh.A.Sultonova va K.M.Yafasovlar shifokorlik bilan shug‘ullanishga o‘tib ketishdi.
1998 yilda professor M.M.Azimov 2-ToshDavTI farmakologiya kafedrasi mudirligini professor Z.Z.Hakimovga (1947 y.t.) topshirdi. Mazkur kafedrada professor Z.Z.Hakimov (mudir), professor M.M. Azimov, professor S.F. Faxrutdinov, dotsent O.A.Zayseva, katta o‘qituvchi Sh.J.Rajapova, assistentlar L.A.Payzieva, I.V.Soy, L.I.Alimuhamedova, G.M.Ahmedova, D.A.G‘ofurova, N.S.Nurmuhamedova va katta laborantlar D.U.Eshmuhamedova, N.A. Xudoybergenova, aspirant A.R. Karimovalar bor edi. Bulardan tashqari, kafedrada qisqa vaqt dars bergan professor A.H.Rahmonov (2002-2003 yy.), G.E.Said (2001-2003 yy.), E.B.Nosirova (2002- 2004 yy.), Ya.M.Xaitov (2003-2004 yy.) va A.R.Isoqjonova (2004-2005 yy.) ham davolash, tibbiy-pedogogika va tibbiy-profilaktika fakultetlarining talabalari bilan shug‘ullanishdi.
2005 yilning iyul oyida 1-va 2-ToshDavTIlari qaytadan birlashtirilib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga aylantirilgan edi. Shu munosabat bilan o‘sha ikkita institutning farmakologiya kafedralari yana qo‘shilib, yagona jamoa qilindi va unga mudir etib professor Z.Z.Hakimov tayinlandi.
2007 yilda professor Z.Z.Hakimov Toshken ttibbiyot akademiyasi Ichki nazorat inspeksiyasi va monitoring bo‘limidagi ishlarning og‘irligini nazarga olib, asosiy e’tiborni unga qaratish lozimligi uchun kafedra mudirligini topshirib, professor lavozimida qolish istagini bildirdi. Shu sababli 2007 yilning sentabr oyidan boshlab, kafedraga mudirlik qilish (o‘rindoshlik asosida) professor B.Sh.Shoislomov (1953 y.t.) zimmasiga yuklandi.
2009-2010 o‘quv yilida kafedrada professor B.Sh.Shoislomov (mudir), professor Z.Z.Hakimov, dotsentlar Sh.M.Maxsumov, T.B.Mustonov, O.A. Zayseva, M.Yu.Chirko, L.K.Yoqubova, katta o‘qituvchilar M.O.Mamajonova, L.A. Payzieva, assistant L.I.Alimuhamedova, doktorant Z.Fayzieva, aspirant S.S.Mahmudov, katta laborant Sh.J.Rajapova, stajyor-tadqiqotchi I.V.Soyishlashdi. Professorlar O‘.B.Zokirov va M.M.Azimovlar 2008 yilda uzoq davom etgan pedagogik faoliyatini tugallashdi. Akademiyaga qarashli Urganch filialining xodimlari – dotsentlar S.R.Ismoilov (2005 y.) va Q. Shukurlaevlar (2007 y.) doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. Keyingi yillarda professor M.J.Allaeva (mudir), professor Z.Z.Hakimov, professor B.Sh.Shoislamov, dotsentlar Sh.M.Maxsumov, T.B.Mustonov, O.A. Zayseva, katta o‘qituvchi M.A.Mamajonova, assistentlar D.D.Achilov, X.I.Xudoyberdiev, O.O.Askarovlar faoliyat olib borishmoqda.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda farmakologiya sohasida 20 dan ortiq fan doktorlari, 100 dan ortiq fan nomzodlari etishib chiqqan. Olimlarning izlanishlari natijasida bir necha yangi moddalar tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi va ular samarali qo‘llanilib kelinmokda.
Mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridagi farmakologiya kafedralari, qator ilmiy-tekshirish laboratoriyalarining xodimlari, olimlar, kimyo-farmatsevtika sanoati xodimlarining sahovatli mehnati tufayli O‘zbekistonda farmakologiya fani kundan-kunga rivojlanib bormokda.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə