G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Anopheles, Culex, Aedes
avlodlariga 
kiradigan turlari uchraydi. 
Anopheles
aviodiga kiradiganlari bezgak 
chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak 
kasalligini tarqatadi. 
Culex
aviodiga kiradiganlari esa oddiy chivinlar 
deyiladi. Bezgak chivinlarining tipik vakili 
Anopheles maculipennis
349


hisoblanadi. Bu chivin bezgak kasalligi qo‘zg‘atuvchilarining o4ziga xos 
tarqatuvchisidir (1 12-rasm).
112-rasm . B ezgak (A nopheles) v a o d d iy (C ulex) ch iv in larn in g
asosiy fa rq lo v ch i belg ilari: 
1-tuxumlar; 2-lichinkalar; 3-g‘umbaklar;
4-voyaga yetgan urg‘ochi chivinlar.
Bezgak chivini uzun va ingichka boMib, tanasi bosh, ko‘krak va 
qorin qismlaridan ib o rat Bosh qismida mo4ylovlari va ko‘zlaridan 
tashqari. o g'iz apparati joylashgan.
Urg‘ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan boMgani uchun 
ulaming ogMz qism lari sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa 
0
‘simlik shiralari bilan oziqlanadi, shunga ko‘ra, ulaming ogMz apparati 
so‘ruvchi tipda boMadi.
Chivinlarning jufilashishi havoda boMadi. Juftlashib boMganidan 
keyin urg‘ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so‘radi. Qon 
so'rishda ular odam, uy va yow oyi hayvonlami taiaydi. 1-2 daqiqa 
davomida gavdasining ogMrligidan ham ko‘proq qonni so‘rib oladi. 
Shundan keyin urg‘ochi chivinlar qorongM joyga o ‘mashib olib, 2-12 
kun davomida ovqatini hazm qiladi.
Tuxumlar yetilgandan keyin urg‘ochi chivinlar koMmak suvlarga 
uchib boradi va suv ustiga yoki suv o'simliklariga qo‘nib tuxum
A nopheles
C u le x
a
m
i
350


i|o‘yadi. Tuxum qo‘yib boMgan chivinlarning bir qismi oMadi, qolganlari 
сна yana qon so‘rib tuxum qo‘yishga kirishadi. Bezgak chivini o‘z 
hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum qo‘yadi. Boshqa chivinlarga qarshi 
o'laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga yopishtirmasdan tarqoq 
holda qo‘yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar tuxumlarini suv 
yuzasiga g‘uj-g‘uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to*plami qayiqchaga 
0
‘xshab ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab,' 2-10 kun ichida 
tuxumdagi lichinkalar yetiladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarda 
gavdasining bosh, ko‘krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. Har 
xil chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va biologik 
xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi.
Lichinkalar 4 marta tullab, g‘umbaklarga aylanadi. G‘umbak- 
lardagi nafas olish naylarining shakliga qarab, bezgak chivinini oson 
farqlab olish mumkin: ulaming nafas olish naylari konussimon boMib
go‘yo kamaycha ko‘rinishida boMadi. G‘umbakdan imago rivojlanadi. 
Tuxum qo‘yishdan boshlab imago chiqqunigacha boMgan rivojlanish 
davri, tashqi muhitga qarab, 14—30 kun davom etadi.
Culex
avlodiga kiradigan 
Culex pipiens
chivini ham odamda 
uchraydigan transmissiv kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tarqatadi. Yapo- 
niya, Koreya yarim orolida, Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqda Culex 
chivinlari ogMr virus kasalligi -y a p o n ensefalitini tarqatadi.
Aedes
avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan ogMr tropik 
kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi.
Ulaming 
tuzilishi 
va 
rivojlanishi 
bezgak chivinlarinikiga 
o‘xshaydi, lekin ayrim belgilari bilan farq qiladi:
1. Urg‘ochi oddiy chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag 6 
paypaslagichlari kalta boMib, xartumining uchdan bir qismini egallaydi, 
bezgak chivinlarida pastki ja g ‘ paypaslagichlari xartumiga teng boMadi. 
Erkaklarining pastki ja g ‘ paypaslagichlari oddiy va bezgak chivinlarida 
xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirgi bo‘gMmi kengaymagan 
boMib, bezgak chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari, erkaklarining 
mo‘ylovlari sertuk boMadi.
2. Bezgak chivinlarining oyogM tanasidan 2 baravar uzunroq 
boMadi, oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko‘kragining o‘rta bo‘gMmida 
joylashgan 1 juft qanotida qoramtir 4 ta dogM boMib, bu dogMar zich 
joylashgan tanachalaridan iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dogMari 
boMmaydi.
3. Bezgak chivinlari qo‘nib turganda qorin qismini ko‘targan holda 
burchak hosil qilib turadi, oddiy chivinlar esa parallel holda qo‘nadi.
351


4. Odatda, bezgak chivinlari tuxumlarini kislorodga boy, toza suv 
havzalariga qo'yadi, oddiy chivinlar uchun bunday sharoitning ahami- 
yati yo‘q, suv boMsa yetarli, hatto yomgMrlardan qolgan koMmaklarga, 
suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo‘yishi mumkin.
5. 
Culex
chivinlarining tuxumida havo kamerasi boMmaydi, 
shuning uchun u tuxumini bir-biriga tik aylana o‘qi bo‘yicha yopishgan 
holda qo'yadi. Natijada qayiqchaga o'xshash 200-400 tadan boMgan 
tuxumlar to'plam ini hosil qiladi. Bunday holda tuxum lar cho'kib 
ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, zax 
joylardagi substratlarga qo'yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli 
qurib qolayotgan suv havzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan 
lichinkalar 1 yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan keyin ular 
tashqariga chiqadi va rivojlanadi.
6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlaming lichinkalari suv yuzasiga 
nisbatan burchak hosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin 
qismidan hosil boMgan tana o'simtasida — sifonda joylashgan boMadi. 
Shu sababdan lichinkalar suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan 
yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi. Bezgak chivinining lichinkalari 
suv yuzasida yashab, shu joydagi mayda zarrachalar va mikroor- 
ganizmiar bilan oziqlansa, oddiy chivinlaming lichinkalari esa suv 
qatlamidagi organizmlar bilan oziqlanadi.
7. Oddiy chivinning g'umbaklaridagi nafas olish nayi silindr 
shaklida boMadi, bezgak chivinida esa konus shaklidadir.
Bundan tashqari, chivinlar parazit nematodalardan filyariyatlaming 
rivojlanish siklida ham oraliq xo‘jayin sifatida ishtirok etadi. Odam 
bakterial kasali tuleremiya sababchisi ham mazkur hasharotlardir. 
Kasallik tarqatuvchi patogen chivinlarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab 
chiqish uchun ularning biologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi ko'p 
yillar davomida o'rganilib kelinmoqda. Bu sohada ayniqsa, V. P. Bekle­
mishev, N . I. Xodukin, A. S. Monchadskiy, N. I. Isayev, D. L. Shtakel- 
berg va boshqalaming xizmatlari kattadir.
B u k u r ch iv in lar (Simulidae) oilasi vakillari qon so'ruvchi juda 
mayda chivinlar boMib, gavdasining uzunligi 2 -6 mm keladi. Bu 
chivinlar umumiy ko'rinishidan pashshalarga o'xshash, tanasi tig'iz, 
yelka qismi ko'tarilgan, mo'ylovlari qisqa, xartumchasi qisqa va 
sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkalari oqar suvda yashaydi. Ular 
odamlar v a uy hayvonlarining ba’zi parazit kasalliklarini, shuningdek, 
tuleremiyani tarqatadi.
352


Ko'krak qismi bukur bo'lgani uchun bukur chivinlar deyiladi. 
Ayni vaqtda ularning 1500 tadan ortiq turi aniqlangan. Bukur chivin- 
larning rangi ko‘pincha qora va ko'kish tusda bo'ladi. Urg4ochilari 
urug'Iangandan so‘ng oqar suvlar ostidagi o ‘simliklar va boshqa 
substratlarga 100-800 tadan tuxumlarini to'p-to'p qilib qo‘yadi. Oradan
4 -12 kun o'tgach, tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin 
segmentidagi so'rg'ichlar va ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil 
substratlarga yopishib olib hayot kechiradi. Bosh tomonida joylashgan 
yelpig4ichsimon tukchalari va qilchalari yordamida suvni filtrlab o'ziga 
oziq topadi. Lichinka 5 marta tullagach (3 hafla davomida), maxsus 
pillali g'umbak hosil qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga yetadi. 
Hayoti davomida 1-3 marta avlod beradi.
Bukur chivinlaming faqat urg'ochilari qon so(radi, erkaklari esa 
gul shirasi bilan oziqlanadi. Ayrim janubiy hududlarda ular faqat 
o'sim lik shirasi bilan oziqlanadi. O 'rta mintaqada va ayniqsa, tayga 
zonasida qonxo'r bukur chivinlar k o 'p uchraydi.
Urg'ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol y o 'q paytda 
hujum qiladi. Hayvon qonini so‘rib zaharli so'lak ajratadi, bir necha soat 
o‘tgach, hayvon terisi shishadi, harorati ko'tarilib yurak urishi 
tezlashadi. Ular Sibir yarasi, tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov 
kasalliklarini, qoramollarda va shimol bug'ularida esa onxotserkoz, 
qushlarda gemosporidioz kasalliklarining qo'zg'atuvchilarini tarqatadi.
Isk a b to p a rla r (Phlebotom idae) oilasi vakillari juda mayda b o '­
lib, tanasi uzun tukchalar bilan qoplangan, uzunligi 1,3—3,5 mm keladi. 
Ular kichik kapalakchalarga ocxshaydi. Iskabtoparlar kemimvchilar va 
boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda toshbaqalaming inlarida, 
qushlarning uyalarida, molxonalarda, aholi turar joylarida yashaydi.
Iskabtoparlar oilasiga 600 ta tur kiradi. Ular Yevropaning janubi, 
0 ‘rta va Janubiy Osiyo hamda Shimoliy Afiikada keng tarqalgan. 
Markaziy Osiyoning cho'lli mintaqalarida ham ko‘plab tarqalgan. 
Ularning faqat urg'ochisi qon so'radi; erkaklari gul nektari bilan 
oziqlanadi. Iskabtoparlar obligat qon so'ruvchi hasharotlar bo'lib, 
odatda odamlarga, hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda hujum 
qiladi. Qonni faqat urg'ochilari so'radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos 
bo'lib, ulardan juda uzun mo'ylovlari bo'lishi va tanasida qalin, qattiq 
uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari uzun va ingichka, 
ayniqsa, oxirgi juft oyog'i ancha uzun bo'ladi. Oyoqlari va qanodari 
butun tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg'ochilari
353


tuxum qo'yishdan oldin. albatta, qon so‘rishi kerak, shundan keyingina 
tuxumlari rivojlanadi.
Iskabtoparlar ovqat izlab, 1,5 km dan ko4proq yoM bosadi. 
Tuxumlami qorongM organik moddalarga boy, zax yerlarga qo‘yadi. Bir 
qo‘yishda urg‘ochilari 50-70 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Tuxumdan 
chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon boMib, tanasi 12 segmentdan 
tashkil topgan. Lichinkalar chiriy boshlagan organik moddalar bilan 
oziqlanadi va 4 marta tullaydi. To‘rtinchi marta tullashdan keyin 
g iumbakka aylanadi. G‘umbakdan voyaga yetgan hasharot chiqadi. 
Tuxum qo4yishdan to voyaga yetgunigacha qulay sharoitda 46 kun kerak 
boMadi, noqulay sharoitda rivojlanish muddati juda cho'zilib ketishi 
mumkin (1 13-rasm).
X 13-rasm . Isk ab to p ar; I-voyaga yetgan erkak va urg‘ochisi,
II-g‘umbagi; Ш-lichinkasi.
Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy boMgan joylar­
da masalan, g ‘orlar, daraxtlaming kavagi yoki sudralib yuruvchilar va 
k
e
m
i r
u
v
c
h
i l a
m
i n
g
inlarida rivojlanadi. Bir yilda ulaming 
i k
k
i
avlodi 
voyaga yetadi.
354


Iskabtoparlardan 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə