G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

( Tabanus bovinus
): A - urg‘ochisi;
В — qo‘ygan tuxumlari; V — lichinkasi; G — g4umbagi.
So‘nalar kunning issiq va yorug* paytida hayvonlarga hujum 
qiladi. Ular odatda harakat qilayotgan har qanday buyumga, hatto 
qog‘oz yoki boshqa materialdan yasalgan narsalarga ham hujum qiladi. 
Qon so‘rayotgan socna hech narsaga e’tibor bermaydi.
So‘nalar chorva mollaridan - ot, qoramol; tuya, qo‘y, ba’zan it va 
boshqa hayvonlar qonini socradi. Socnalar hayvonlar terisida yara hosil 
qilib, so*lagi tarkibidagi zaharli modda bilan chaqqan joyda qattiq og‘riq 
paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari terini yaralangan qismiga har xil infektsiyalami 
tushirib, hayvonlarda turli yuqumli kasalliklami ham keltirib chiqaradi 
va ulaming mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. So‘nalar orqali hay­
vonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosomoz kabi kasalliklar 
tarqaladi. Ho‘kiz so‘nasi 
(Tabanus bovinus)
keng tarqalgan turlardan
357


bin hisoblanadi. So‘nalar N.G. Olsufev tomonidan yaxshi o‘rganilgan. 
Dunyoda so‘nalaming 3,5 mingdan ortiq turi mavjud, MDH da ularning 
200 ga yaqin turi, 12 ta avlodi va 3 ta kenja avlodi mavjud.
M.Q. Qodirovaning ma’lumotlari bo'yicha, 0 ‘zbekistonda so‘na- 
laming 49 ta turi uchraydi. So‘nalarga qarshi 1—2 
%
li xlorofos, 2—3 
%
li 
polixlorpknin, 0,5 % li fosfamid, 1 % li karbafos kabi insektisidlar 
ishlatiladi.
K a lta m o‘ylovli d o ira chokli ik k i q a n o tlila r (B rach v cera- 
C y c lo rrh a p h a ) k e n ja tu rk u m i. 
Bu kenja turkum vakillarining tanasi 
kichik, mo‘ylovlari 3 bo‘g‘imli, lichinkasining bosh bo‘limi butunlay 
reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po‘sti g‘umbakka aylanish 
davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta 
pillani hosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. 
Parazitlari va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, 
se-se pashshalari, kulrang go‘sht pashshaiari, qon so‘ruvchi pashshalar 
oilalari va bo‘kalaming 3 ta oilasi kiradi.
Asl p a s h s h a la r (M uscidae) oilasi 
vakillari juda keng tarqalgan 
kulrang yoki qoramtir rangli hasharotlar hisoblanadi. M o4ylovIarining 
ikkinchi bo‘g ‘imi ust tomonidan uzunasiga choki bor. Imagosi gul 
nektari, organik moddalar chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim 
turlari qon so‘radi. Lichinkalari orasida fitofaglari, saprofaglari, yirtqich 
va parazitlari bor. Bu oilaga 9 mingga yaqin tur kiradi. MDH da 1000 ga 
yaqin turi uchraydi.
Bir qancha turlari hovli-joylar yaqinida har xil tashlandiqlarda 
yashaydi. Bular uy pashshasi 
(Musca domestica
), uy kichik pashshasi 
(Fannia ccmicularis
), xonadon pashshasi 
(Muscina stabulans
) va 
boshqalar. Uy va boshqa sinantropik pashshalar kishilarga dizenteriya, 
terlama, tif kasalliklari infektsiyalarini tarqatadi. Qon so‘ruvchilardan 
kuzgi chaqog‘ich pashsha (Stamoxys calcitrans) bunga misol bo‘ladi. U 
tashqi ko‘rinishidan uy pashshasiga o ‘xshaydi, lekin sanchib-so‘ruvchi 
xartumchasi bor. Uning lichinkalari xashakli go‘ngda va chirindi 
0
‘simlik g ‘aramlarida rivojlanadi. Afrikada qon so‘rar se-se 
(Glossina)
pashshasi keng tarqalgan. Bu pashshalaming ba’zi turlari odamlarda 
uyqu kasali va uy hayvonlarida nagan kasalligini qo‘zg‘atuvchi tripano- 
somalami tarqatadi.
Uy 
pash sh asi 
(
Musca domestica)
butun dunyo bo‘ylab keng 
tarqalgan sinantrop hasharotlardan hisoblanadi (1 16-rasm).
358


116-rasm. Uy pashshasi (M usca domestica): A-voyaga yetgan 
pashsha, B-tuxumi; D-lichinkasi; E-g‘umbagi.
Uy pashshasi faqat aholi yashaydigan joylarda uchraydi. Pashsha 
xartumining kengaygan uchki qismida o g'iz teshigi joylashgan. 
Yumshoq lablari yordamida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq 
oziq bilan ham oziqlanishi mumkin. Og‘iz apparati yalovchi tipda. 1 juft 
qanoti ikkinchi ko‘krak segmentida o‘mashgan. Oyoq panjasining 
tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bor. Shu yopishqoq yostiqchasi 
tufayli pashshalar juda silliq sathda ham o'rmalab yura oladi. Gavdasi 
tuklar bilan qoplangan, ana shu tuklarga iflos narsalar osongina 
yopishadi.
UrugMangan urg‘ochi pashsha bir yo‘la 120-150 dona tuxumini 
iflos chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo‘yadi. Tuxumdan 
chiqqan chuvalchangsimon lichinkalari chiriyotgan organik moddalar 
bilan oziqlanadi. Lichinka 3 marta tullab g'umbakka aylanadi. Uy 
pashshasining g'umbagi harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt 
o ‘tgach, g‘umbakdan yetuk pashsha chiqadi. Tuxum qo‘yishdan boshlab 
imago davriga yetguncha o ‘rtacha 10-25 kun kerak bo'ladi.
Pashshalar qorong‘ilikni yoqtirmaydi va doim yorug‘likka intiladi. 
Ular oziqovqat mahsulotlari, non, qand, murabbo va go‘shtli taomlarga 
qo'nib, ularni yalab-so‘radi va so'lagini tushirib, har xil mikroblar bilan


ifloslantiradi. Pashshada hid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi 
rivojlangan. Zarur boMgan oziqni hididan topadi. T a’m bilish organi 
oyoq panjalarining uchida joylashgan. B ir yilda pashshaning 10-12 
avlodi rivojlanadi.
Uy pashshasi ekologik jihatdan odamlar turadigan joy bilan 
yaqindan bogMiq. Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va hojatxo- 
nalarda, shuningdek, transportda uchraydi. U lar bir qancha kasalliklar- 
ning qo4zg4atuvchi 1 arini mexanik ravishda bir joydan ikkinchi joyga olib 
borib tarqatadi. Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug4, qorin terla- 
masi (tifi), o ‘pka sili, vabo, bo4g ‘ma, kuydirgi, konyunktivit (ko‘z 
kasalliklari) va poliomiyelit kabi virus, bakteriya va boshqa kasallik­
laming qo‘zg 4atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar mikroblarini, bir 
hujayrali parazitlaming sistaJarini va parazit chuvalchanglaming 
tuxumlarini odamlarga yuqtirishi mumkinligi aniqlangan.
Akademik Ye.N. Pavlovskiyning ma’lumotiga ko4ra, pashshalar 63 
turdan ortiq zararli mikroorganizmlarni tarqata oladi.
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o 4simlik.to‘qimalari bilan 
ham oziqlanadi.
Se-se p ash sh alari (Glossidae) oilasiga 2 ta tur kiradi. Ular tropik 
Afrikada tarqalgan boclib, afrika uyqu kasalligining qo4zg4atuvchilari - 
tripanosomalami tarqatadi. Ulaming kattaiigi 6,5-14 mm boMadi. 
Urg‘ochilari tirik tug‘adi. Bor-yo‘gM 1 ta lichinka tugcadi. Hayoti 
davomida (3-6 oyda) urg‘ochisi 6 -1 2 tagacha lichinka tug'adi. Se-se 
pashshalarining lichinkalari tashqariga chiqishi bilan tuproqqa tushadi 
va tezda tuproq ichiga kirib, g'um baklik davriga o ‘tadi. 3-1 haftadan 
keyin jinsiy voyaga yetgan pashshaga aylanadi.
Ular asosan yow oyi va uy hayvonlarining, shuningdek, odam- 
laming qoni bilan oziqlanadi. Keng tarqalgan turlariga 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə