G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Ctenocephalides felis),
itlarda it burgasi (
Ctenocephalides
canis),
odamlarda odam burgasi (
Pulex irritans
), kalamushlarda 
kalamush burgasi (
Xenopsylla cheopis)
parazitlik qiladi. Lekin ular 
odamga ham hujum qiladi. Kalamush va odam burgalari odamlarga о Mat 
(chuma) va terlama kasalligining qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Bu ogMr 
kasalliklaming mikroblari kasal odamlar, kalamushlar va burgalaming 
axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning timalgan joyidan qonga 
o‘tib, ko‘paya boshlaydi.
Odam burgasi urg‘ochisining kattaligi 3 -4 mm atrofida boMadi 
(111-rasm). Odam burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi 
mumkin. Burgalar issiq qonga o ‘ch boMib, oMgan hayvonning sovub 
borayotgan tanasini tashlab, yangi xo‘jayin axtaradi.
О 
Mat kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar 
guruhiga kiradi. Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamush­
lar, yumronqoziqlar, sug‘urlar va qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasal­
lik bilan og‘rigan bemor 3 -4 kunda oMishi mumkin.
346


111-rasm . O d am b u rg asi (Pulex 
irrita n s); 
A-imago; B-lichinka;
D-geumbak.
0 ‘lat odamga ikki xil yo‘I bilan yuqishi mumkin:
1. Bemor qoni bilan oziqlangan burga qon bilan birga o‘lat qo‘z- 
g4atuvchilarini (o'lat tayoqchalarini) ham o‘ziga yuqtiradi. Burganing 
oshqozon va ichagida o‘lat tayoqchalari shu qadar ko‘payib ketadiki. 
natijada burganing oshqozonini toMdirib, hasharotning normal oziq- 
lanishiga to‘sqin!ik qiladigan oclat tiqinini hosil qiladi. Zararlangan 
burga qon so‘rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi
ya’ni burga qusadi. Ana shu paytda o‘lat tayoqchalari ham burga «qus- 
gan» joyga tushib, odamni zararlaydi. Chaqqan joylami qashlaganda, 
timalgan teri orqali, ya’ni kontaminatsiya yoMi bilan odamga o‘lat 
yuqishi mumkin.
2. Mexanik yo‘l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada 
boMganda, bemoming chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o‘lat 
kasalligi yuqishi mumkin.
0 ‘lat kasalining qo4zg‘atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo‘lgan. 
1893-1894-yillarda fransuz olimi Sersen va yaponiyalik olim Kitasato 
(bir-birini bilmagan holda) o‘lat kasalining qo‘zg‘atuvchisi chuma 
tayoqchasi - Pasteurella pestis ekanligini aniqladilar. 1896 yili Hin- 
distonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o ‘lat kasaliga qarshi 
zardob ishlab chiqib, uni o ‘zida sinab ko‘radi va bu zardob yaxshi natija 
berishini aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o*lat 
kasalining tarqalishida burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida 
isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zabolotniy (1887-y.) o‘lat kasalining
347


manbai sutemizuvchilardan kemiruvchilar turkumi vakillari ekanligini 
aniqladi.
Insoniyat tarixida o‘lat kasali yer yuzidagi aholini 3 marta juda 
katta ofatlarga olib kelgan. 
Birinchi marta 542-yili
Misrda o ‘lat kasali 
paydo bo'lib, qisqa vaqt ichida Suriya, Kichik Osiyo va Konstan- 
tinopolga tarqaldi, 4 oy davomida har kuni 10 minglab aholining 
yostigMni quritdi. Bu epidemiya «Yustiniana» chumasi nomi bilan 
tarixda qolgan. 
Ikkinchi marta 1334-yili
dastlab Osiyoda yangi chuma 
epidemiyasi kelib chiqadi. Bu kasallik har xil yoMlar (asosan savdo-sotiq 
karvonlari) bilan Hindiston, Kichik Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik 
Arabiston orqali Afrika va 0 ‘rta dengizga tarqaladi. 1348-yili Kipr 
orolining aholisi to‘lig‘icha qirilib ketadi. 2 -3 yil ichida bu ofat butun 
Yevropa qit’asiga tarqaladi, natijada Yevropa aholisining to'rtdan bir 
qismi (25 mln. kishi) qirilib ketadi. Italiya aholisining yarmi halok 
boMadi. Bu ofat tarixda «qora oMim» nomi bilan ma’lum. 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə