Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar



Yüklə 4,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/241
tarix01.06.2022
ölçüsü4,2 Mb.
#88526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi (1)

2. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar. 
Respublika-
mizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har 
qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, 
maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolalar-
ni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov 
jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. 
Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafak-
kurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turli ma-
salalar qamrab olingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodi-
kasini fan sifatida shakllantirishga Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, 
O.I.Solovev, A.N.Govzdev va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. 
Yelizavetta Ivanovna Tixeyeva (1866–1944) talantli pedagog va yirik 
jamoat arbobi edi. Ye.I.Tixeyeva namunali insonni tarbiyalashga yor-
dam berish va ilk yoshdan boshlab to keksalikka qadar insonni har 
tomonlama rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik nazariyani 
yaratish ustida ishlagan.
Ye.I.Tixeyeva o‘z pedagogik faoliyatining dastlabki yillarida-
yoq bolalarni o‘qitishda ona tilining muhim ahamiyatga egaligiga 
e’tiborini qaratgan. K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida inqilobgacha 


18
bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim muas-
sasasida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ularning 
nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.I.Tixeyevaning pedagogik nazari-
yasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.I.Tixeyevaning «Ona 
tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva 
nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim 
masalalarni til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xal-
qiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan. 
Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb 
hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar sin-
gari oilada orttiriladi. Ye.I.Tixeyevaning fikricha, мaktabgacha ta’lim 
muassasasi bolalarning barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda 
nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tiborni 
qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni 
metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya 
ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim»
13
.
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ye.I.Tixeyeva tomonidan 
olg‘a surilgan asosiy vazifasi – bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu 
jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar 
bog‘chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur.
Ikkinchi vazifa – bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy 
atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ish-
lashidan iborat.
Uchinchi vazifasi – bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiya-
chilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fikriga ko‘ra, 
bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, 
nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot 
chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor.
Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid 
ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojla-
nishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida ushbu faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishda 
Tixeyeva asosiy e’tiborni lug‘atni boyitish va ravon nutqni rivojlan-
13
Тихеева Е.И..Развитие речи детей. – M.: Просвещение, 1976.


19
tirishga qaratish lozimligini ko‘rsatadi. U ko‘rgazmaviylik va kuza-
tishni bola nutqini rivojlantirish asosi deb hisoblaydi. Ye.I.Tixeyeva 
tomonidan ekskursiyalarni o‘tkazish metodikasi ishlab chiqilgan, 
ekskursiyalarni bunday tashkil qilish, uning fikricha, bolalarni be-
vosita tabiatga oshno qiladi, ularga jonli borliqni ularning tabiiy mu-
nosabatlari bilan birgalikda tanishtiradi.
Ye.I.Tixeyeva nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlariga nisbatan 
qo‘yadigan asosiy talablari qatorida bolalar qiziqishlari va tajribalari, 
ularni jonli o‘tkazish, harakatlanish va sinab ko‘rish imkoniyatlari bi-
lan aloqasini olg‘a suradi.
O‘z davrining ilmiy yutuqlari doirasida Ye.I.Tixeyeva quyidagi-
larni ishlab chiqqan:
• 
bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtiril-
gan dasturiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi;
• 
maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fikrlashini rivojlantirish;
• 
original didaktik material tizimi va undan maktabgacha 
ta’lim muassasasida foydalanish metodikasi.
Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi 
maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyotiga qo‘shilgan ulkan 
hissa bo‘lib, u bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Ye.I.Tixeyeva tomonidan yaratilgan «Maktabgacha yoshdagi bola 
nutqini rivojlantirish» nomli kitobi bosilib chiqdi, mazkur asar mak-
tabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ona tilini o‘qitishga doir ish-
larni tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.
«Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida 
bayon etilgan amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalarida hozirgi kun-
gacha qo‘llanib kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina 
(1889–1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika 
fanlari doktori bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab 
chiqishga katta hissa qo‘shgan.
Ye.A.Flerina umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida 
badiiy o‘qish muammolari bilan shug‘ullangan.
Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini 
Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli 
maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun 


20
birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning 
asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga 
hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga 
bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.Flerinaning badiiy asarga san’at asari 
sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning 
turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usu-
lini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir
14
. Ilmiy va amaliy xodimlar-
ning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib borgan 
ishlari natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish 
tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, 
ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar 
to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili mak-
tabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun bi-
rinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tili-
ni o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur 
qo‘llanma muallifi O.I.Soloveva edi. 50–60-yillarda nutqni rivojlan
-
tirish metodikasida yangi bo‘lim – grammatik to‘g‘ri nutqni shakllan-
tirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ushbu masalani yoritishga pro-
fessor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u o‘zining «Bolalar nutqni 
o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan 
boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyat-
larini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni 
o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida 
ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xos-
ligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish 
yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va 
maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib 
o‘rganadilar». U o‘zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil 
faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoni-
yatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o‘rinni bergan. 
A.P.Usova maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitishning umumiy 
nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o‘qitishga alohida 
o‘rin bergan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining o‘zi to‘g‘ri nutqiy 
rivojlanish kafolati bo‘lib xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy 
14
Flerina Ye.A. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z. – M., 1933.


21
rivojlanishiga shunday sifatlarni kiritadiki, ular odatda, oddiy sha-
roitlarda zaif rivojlanadilar». Ta’lim nutq rivojlanishi qonuniyatlari 
to‘g‘ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar nutqining maqbul 
darajada rivojlantirilishini ta’minlaydi, hisoblaydi A.P.Usova. U bo-
lalarning mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo‘lgan hikoya 
qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan. 
A.P.Usova ona tili bo‘yicha dasturni o‘zlashtirish uchun barcha bo-
lalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda 
u mashg‘ulot o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish uchun ham ko‘p 
ishlarni amalga oshirgan.
Tadqiqotchilarning asosiy e’tibori nutqiy mashg‘ulotlar mazmu-
ni va metodikasiga qaratildi, bu asta-sekin Ye.A.Flerina ogohlantir-
gan «nutqni o‘rgatish» tushunchasining torayishiga, amaliyotda esa 
– nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar ahamiyatining 
oshishiga olib keldi. 60–70-yillarda bolalar nutqini rivojlantirish ma
-
salalarini o‘rganish ishlari faollashdi. 
Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivoj-
lanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini 
beruvchi bolalar o‘quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish 
ishlari olib borilnoqda. Nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday 
o‘quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etiladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, M.Sh.Rasulova, N.U.Bikboyeva, 
A.G.Grigoryans, R.M. Qodirova, F.R.Qodirova, G.X.Jumasheva, 
S.G‘oziyeva kabi bir guruh olimlar tomonidan bazaviy umumta’lim 
dasturidan samarali foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar ham 
ishlab chiqilgan.

Yüklə 4,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   241




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə