Тузувчилар



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/69
tarix22.03.2024
ölçüsü5,08 Kb.
#180177
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Suyuqlik va gaz mexanikasi Tursunova E. (1)

 
Qo‘shimcha eslatmalar
.
Ta’kidlash kerakki, (9.15) va (9.17) tenglama nafaqat 
silindrik shakldagi bosim ostida harakatlanayotgan suyuqlik oqimi uchun, balki tekis 
barqaror harakatlanayotgan har qanday oqim uchun o‘rinlidir. 
Suyuqlik laminar va turbulent xarakati. 
Reynolds soni va uni kritik qiymati. 
Ko’p xollarda quvrlardagi xarakat tekis xarakat bo’ladi. Ya’ni tezlik oqim yo’nalish 
bo’yicha o’zgarmaydi. Bu xolda xarakatni qanday bo’lishga, asosan, ichki ishqalanish 
kuchi tasir qiladi. Bu xolda uning ikki kesimidagi bosimlari farkqi ishkalanish 
kuchinining va geometrik balandliklar farqining katta yoki kichikligiga bog’lik bo’ladi. 
Bu kuchlar ta’sirida quvurlardagi xarakat tezligi xar xil bo’lishi mumkin. Tezlikni katta 
kichikligiga qarab suyuqlik zarrachalari tartib yoki tartibsiz xarakat qiladi. Bu xarakat 
asosan ikki xil bo’ladi. Laminar xarakat va turbulent xarakat.
Laminar xarakatni tajribada kuzatish uchun suyuqlik okayotgan shisha quvurning 
boshlang’ich kesimiga shisha naycha orqali rangli suyuqlik quyib yuboriladi. Bunda 
rangli suyuqlik aralashmasdan to’gri siniq buyicha oqimcha ko’rinishida ketadi. Agar 
suyuqlikni tezligini oshirib borsak xarakat tartibi uzgarib boradi. Tezlik ma’lum bir 
chegaradan utgandan keyin zarrachalarni kinetik energiyasini kupayib ketish natijasida 
ular kundalang yunalishda xarakat kila boshlaydi.


65 
Natijada zarrachalar o’zi xarakat qilayotgan qavatdan ko’shni qavatdan o’tib, 
energiyasining bir qismini yo’qotib, o’z qavatiga qaytib keladi. Oqimni tezligi juda 
oshib ketsa zarrachalar bir qavatdan ikkinchi qavatga tez o’ta boshlaydi. Natijada 
suyuqlik xarakatini tartibi buziladi.
Bunday xarakat turbulent xarakat deyiladi.
Suyuqlik xarakatining bu ikki tartibini ingliz olimi O.Reynolds tajribada xar 
tomonlama tekshirgan va natijalarni 1883 yilda e’lon qilgan. O.Reynolds suyuqliklar 
xarakatining muxim qonuniyatini kashf qildi. Suyuqlik xarakatining tezlikning oqim 
o’lchamiga ko’paytmasining qovushqoqlik kinematik koeffitsiyentiga nisbatidan iborat 
o’lchovsiz miqdor xarakterlar ekan.
Bu miqdor olimning sharafiga Reynolds soni deb ataladi va Re bilan belgilanadi. 
Silindrik quvurlardagi okim uchun Reynolds soni quyidagicha belgilanadi.
Re = 


d

Turli shakldagi notsilindrik quvurlar va o’zanlardagi oqimlar uchun Reynolds soni 
quyidagicha ulchanadi.
Re = 


R
4

R – gidravlik radius
Suyuqlikning laminar xarakatdan turbulent xarakatga o’utishi Reynolds soni Re – 
ma’lum kritik miqdori bilan aniqlanadi va u Reynolds quyi kritik soni deb ataladi. Re
q.k.
Bu son silindirlik quvurlar uchun 2320 teng. Reynolds soni ma’lum bir qiymatdan 
o’tgandan keyin xarakat albatta turbulent bo’ladi. Bu son Reynolds yuqori kritik soni deb 
ataladi va Re 
yu.k.
= (4000 - 10000) 
Suyuqlik xarakatida asosan 2 tartib laminar va turbulent mavjud.
Laminar tartib Re < Re k.r = 2320 
Turbulent tartib Re > Re k.k.r = 10000 
Agar Re>Re k.k. yoki Re yu.k.> Re bo’lsa o’tkinchi zona bo’ladi. Bu zonada 
laminar va turbulent tartib bo’lishi mumkin.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə