Yer tuzishning ilmiy asoslari


tuzishning halq x o ‘jaligi talabiariga mos rivojlanishi


səhifə39/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

tuzishning halq x o ‘jaligi talabiariga mos rivojlanishi.
Yer tuzishning tarixiy rivojlanish tajribasi ko'rsatishicha bizning 
m am lakatim izda uning usullari, shakli va asosiy m azm uni ham m a 
vaqt jam iyat har b ir aniq m u d d atd a yechayotgan iqtisodiy, siyosiy 
va boshqa vazifalardan kelib chiqib aniqlangan. Bunda yer tuzish
89


agrar siyosatni, yer o ‘zgarishlarini, boshqa um umdavlat ahamiyatiga 
ega iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishda katta rol o ‘ynaydi.
Ishlab chiqarishning o ‘sishi, qishloq xo ‘jaligining va boshqa 
tarm oqlarning nvojlanishi, ijtim oiy rivojlanish inanfaatlari hududni 
tashkil etishning mavjud shakllarini ham da yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlar shakllarini doim iy ravishda takom illashtirib borishni 
talab etadi. Mos ravishda yer tuzish organlarining vazifalari ham 
o ‘zgaradi. Bu q o id an i, xususan, yer tu zish n in g sovet davrida 
rivojlanishi tajribasida ko ‘rsatib berish m um kin (u V bobning 3 
paragrafida batafsil yoritilgan; bu yerda biz uchun ahamiyatlisi. faqat 
yer tuzishning iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi um um iy m uam m olar 
bilan o ‘zaro yaqin aloqasim aniqlashdir).
A w alo, ko‘rinib turibdiki, yer tuzish bu yillarda o ‘ta samarasiz, 
oxir-oqibatda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tushkunlikka va 
yerlardan nooqilona foydalanishga olib keluvchi davlat siyosatiga 
m ajburiy am al qildi, lekin, am alda u, ayrim , judayam buzilish 
ja ra y o n la rig a t o ‘sqinlik qildi. Yer tu zu v ch i m utaxassislar o ‘z 
burchlarini halol bajarib, asosan, o ‘zlarining kasbiy vazifalarini 
zam onaviy ilmiy asosda, yerda ishlayotgan odam iar m anfaatlari 
uchun harakat qilishdi.
Bevosita Oktabr to ‘ntarishdan keyin yer tuzish birinchi navbatda 
yer to ‘g‘risidagi D ekretni amalga oshirish bilan bog‘liq qayta tuzish- 
larni o'tkazishdan iborat b o ‘ldi. Bu davrda sobiq sovet hukum ati 
yerga egalik qilishning xususiy shakllarini tugatdi, yerni dehqonlarga 
foydalanishga berdi, jam oa yerdan foydalanishlarini tuzdi va mus- 
tahkamladi. Natijada mamlakat qishloq xo‘jaligida asosiy o ‘rinni yangi 
hokim iyatdan yer olgan va shu sababli uni q o ‘llab-quw atlaydigan 
o 'rta hoi dehqon egalladi.
20-yillarda yer tuzishning m azm uni yetti yilga yaqin davom etgan 
uzluksiz urushdan keyingi xalq xo'jaligini tiklash vazifasidan kelib 
chiqib aniqlandi.B u davrda yer tuzish asosan, dehqon yer jamoalari 
va yakka dehqon xo‘jaliklarida o ‘tkazildi. U ko'p polosalikni, uzoqdagi 
yerlarni va boshqa noqulayliklarni tugatish yo‘li bilan dehqon yerdan 
foydalanishlarini tartibga solishga qaratildi. Shunday qilib qishloq 
xo‘jaligining samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratildi. Bu vaqtda 
asosiy ish turlari qishloqlararo va qishloqlar ichida yer tuzish bo'ldi.
90


20-yillarining oxiri va 30-yillarning boshida qishloq xo ‘jaligini 
kollektivlashtirish bilan b o g iiq kolxozlar yerdan foydalanishlarini 
tashkil qilish vazifasi qo‘yildi. M azm unan, butun mamlakat miqyosida 
yerdan foydalanishni tubdan qayta qurish amalga oshirildi. Shaxsiy 
dehqon uchastkalari tugatiidi; ular o ‘rnida nisbatan yirik kolxozlar 
yerdan foydalanishlari paydo b o id i. Barcha ishlar tezkorlik bilan, 
k o ‘p vaziyatlarda favqulodda va m alakasiz, yer k o ‘rsatish deb 
nomlangan shaklda o'tkazildi. Bunday yerdan foydalanishlar ko‘plab 
kamchiliklarga ega va shu sababli judayam turg'un emas edi.
Kollektivlashtirish dehqonlarga va m am lakat qishloq xo‘jaligiga 
unda yo‘1 q o ‘yilgan q o ‘pol xatolar natijasida yanada kuchayadigan 
katta buzg‘unchilik ta ’sirini ko'rsatdi. Barcha jarayonlarni boshqarish 
m a’muriy usullar bilan, ko‘pchilik hollarda to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri kuch 
ishlatish yordamida amalga oshirildi. Bu vaqtda shunday tarzda ko‘p]ab 
sovxozlarning yerdan foydalanishlari tashkil etildi.
Yer tuzish 30-yillarning o ‘rtalarida va ikkinchi yarmida yerlarni 
kolxoz va sovxozlarga huquqiy va texnik biriktirishga qaratilgan 
v azifalarn i b ajard i. U lar y erdan fo y d alan ish lari tu rg ‘unligini 
ta ’minlash zarur edi, shu sababli 1932-yil hukum at maxsus qaror 
qabul qildi. 1935-yildan boshlab bir nec'ha yillar davomida kolxozlarga 
yerdan m uddatsiz (um rbod) foydalanish uchun Davlat Aktlarini 
berish b o ‘yicha ishlar bajarildi, ularda yerdan foydalanishlarning 
maydonlari va aniq chegaralari ko‘rsatildi. Shu bilan bir qatorda yer­
larn in g jo y lash ishid ag i n o q u lay lik lar sababli ishlab ch iq arish
zararlarini kamaytirish uchun ularni tartibga solish bo‘yicha tadbiriar 
o ‘tkazildi. Bunga yer tuzish xizm atining asosiy e ’tibori qaratildi. 
Mamlakatda bu vaqtda 235 mingga yaqin kolxozlar bolganligi sababli, 
ishlarning um um iy hajmi juda katta edi.
K olxozlarda yerdan foydalanish sarnaradorligini oshirish uchun 
30-yillarning oxiridan boshlab, ularda ichki yer tuzish boshlandi; 
bunda asosiy vazifa alm ashlab ekishlarni tashkil etish b o id i. 
Sovxozlarda bunday ishlar ilgari ham o ‘tkazilgan edi. U rush davrida 
yer tuzish cheklangan hajm da davom etdi. Xususan, m am lakat 
sharqida yangi yerlar izlandi va qishloq xo'jaligi foydalanishiga 
kiritildi, bosqinchilardan ozod qilingan tum anlarda yerdan foyda­
lanishlar tiklandi.
91


Urushdan keyingi birinchi yillarda (1950-yilgacha) yer tuzishning 
mazm uni xalq xo‘jaligini tiklash vazifalaridan kelib chiqib aniqlandi. 
Asosiy e ’tibor kolxozlar va sovxozlar hududlarini ichki tashkil etishga 
qaratildi; yana sanoatni va boshqa tarm oqlarni rivojlantirish uchun 
yerlarni ajratish amalga oshirildi.
50-yillarda qishloq xo‘jaligini quvvatliroq qishloq xo‘jalik texnikasi 
bilan qayta qurollantirish imkoniyati tug'ildi. Shu sababli mavjud 
yerdan foydalanishlarni yiriklashtirish talab etildi. M am lakatda bu 
davrda 230 m ingdan oshiq kolxozlar bo'lib, ularning 30 foizga yaqini 
200 ga katta b o lm a g a n haydalm a yerga ega edi. Shu sababli, 1950- 
yildan boshlab xo‘jaliklarni ommaviy tarzda yirik qishloq xo'jalik 
korxonalariga birlashtirish jarayoni boshlandi. X o‘jaliklararo yer 
tuzishning murakkab masalalarini yechish, yerdan foydalanishlarning 
optim al o ‘lcham larini aniqlash zarur edi. K o‘pchilik hollarda bu sof 
b u y r u q b o z lik , m a ’m u riy u s u lla r b ila n q ilin d i, bu ish la b
chiqarishning turg‘unligini buzdi va boshqa salbiy natijalarga olib keldi. 
S h u b ila n b ir q a to r d a y ir ik la s h tir ilg a n k o lx o z la r y e rd a n
foydalanishlarini tashkil etish bo ‘yicha katta hajmdagi yer tuzish 
ishlari bajarildi. Ularga davlat aktlarini berishga tayyorlashda uzoq 
yerlar, k o 'p polosalik, chegaralar notekisligi va yer massivlari 
joykishishidagi boshqa kam chiliklar tugatildi.
1954-yildan 1965-yilgacha ch o ‘l va b o ‘z yerlarni o'zlashtirish 
bilan bog'liq, qidiruv ishlari, xo‘jaliklararo va xo‘jaliklarda ichki yer 
tuzish bilan b irgalikda, k atta m iqyosdagi yer tuzish tadbirlari 
o‘tkazildi. Almashlab ekishlarni joriy etish va o ‘zlashtirishga ham katta 
e ’tibor qaratildi.
1967-yilda tuproqlarni sharnol va suv eroziyalaridan himoyalash 
b o ‘yicha birinchi jiddiy qaror qabul qilindi. Shu vaqtdan boshlab 
yer tuzish loyihalari va chizm alari o ‘z tarkibiga majburiy elemenl 
sifatida hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni va eroziyaga qarshi 
tadbirlar majm uasini kirita boshladi. Bu talab hozirgi davrda ham 
dolzarb b o ‘lib qolm oqda.
80-yillar oxirlaridan boshlab m am lakatda iqtisodiy va siyosiy 
islohotlar rivojlanishiga qarab, yirik yer o ‘zgarishlari ham boshlandi. 
ASM xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini rivojlantirish uchun 
teng sharoit yaratish, 
z a m o n a v i y
ko ‘p ukladli iqtisodiyotni tashkil
92


etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish 
maqsadida yerlarni qayta taqsirnlash oikaziim oqda.
Yer islohotini o ‘tkazishda yer tuzishga aham iyatli rol ajratiladi. 
U n in g b irin c h i b o s q ic h id a sa m a ra s iz fo y d a la n ila y o tg a n va 
m oijallanganidan boshqa m aqsadlarda foydalanilayotgan yerlarni 
qaytarib olish y o ii bilan qayta taqsirnlash fondlari yaratiladi. Bu 
fondlardan yerlar fuqarolarga mulk qilib, egalik qilish va foydalanish 
uchun ajratiladi, ularga huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi 
Qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar hududlarida joylashgan aholi 
yashash joylari yerlari mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga beriladi.
Yer islohotini amalga oshirishda, dehqon, ferm er xo‘jaliklarini 
tashkil etish b o ‘yicha ham , kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq 
xo'jalik korxonalari tugatish bo'yicha ham majburiy choralarga yo‘l 
qo'yilmaydi.
Hozirgi o ‘zgarishlarning asosiy vazifasi - dehqonning yerdan 
ajratilishini tugatish, uni o ‘z m ehnatining yakuniy natijalaridan 
m a n fa a td o r y ern in g h a q iq iy x o 'ja y in ig a a y la n tirish , qish lo q
mehnatkashlarining turm ush sharoitlarini tubdan o ‘zgartirish va shu 
asosda mamlakatda agrosanoat ishlab chiqarishining sarnaradorligini 
keskin oshirishdir.
Oktyabr to 'n tarish id an keyingi davrdagi yer tuzish rivojlani- 
shining qisqacha tahlili shuni k o ‘rsatadiki, u ham m a vaqt u yoki bu 
davrda yechiladigan aniq ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar bilan chambarchas 
b o g iiq b o ig a n va barcha agrar o ‘zgarishlarda asosiy rolni o'ynagan. 
Yer tuzuvchilar tom o n id an k atta kasbiy tajribr. to 'p lan d i, unga 
kelajakda ham suyanish kerak. Bundan tashqari, k o ‘rinib turibdiki, 
ishlab chiqarish murakkablashgan sari yer tuzishning yerlarni tashkil 
etish va m uhofazalash vositasi sifatida ahamiyati to ‘xtovsiz o ‘sib 
boradi, uning m azm uni esa doim o kengayaveradi.
Bizning kunlarimizda zarur va amalga oshirilayotgan yer tuzish 
ishlari majmuasi judayam rang-barang. Ularning asosiy qismi qishloq 
xo‘jaligiga bevosita ta’sir etadi va yirik miqyosda juda katta hududlarda 
o ‘tkaziladi. Shu bilan birga tajriba ko'rsatadiki, yer tuzishning barcha 
vazifalarini navbatdagi om m aviy tadbir tusini oladigan bir-ikki ishga 
olib kelish mumkin emas. Bizning davlatimizda yer tuzuvchilarning 
barcha kuchi majburan nim adadir to ‘plangan davrlar b o id i; buni 
norm al holat deb aytish m um kin emas.
93


Yer tuzishning m azm uni va usullari m am lakatim iz va chet ellar 
tajribasi, ilm -fan yutuqlari asosida, jam iyat talablari bilan bog‘liq, 
yer islohotini amalga oshirish jarayonida, keyinchalik ham rivoj- 
lanaveradi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə