Yer tuzishning ilmiy asoslari


Yer tuzish loyihasining tarkibiy qismlari


səhifə47/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

Yer tuzish loyihasining tarkibiy qismlari 
bu yerlardan foydala­
nishni va uni muhofaza qilishni tashkil etishning, ushbu ob ’ektda
hududni tashkil etishning bir-biri bilan bogiiq, birgalikda qo‘yilgan
vazifasini oqilona va s-amarali yechishni ta ’m inlovchi asosiy
masalalaridir.
Loyihaning tarkibiy qismi 
bu odatda yetarlik darajada yirik masala; 
u qator o'zaro bog'liq yer tuzishning elem entlaridan tashkil topishi 
m um kin. Ularga loyiha planida ko'rsatiladigan (joylashtiriladigan), 
dem ak, keyin hududda joylashtiriladigan (masalan, almashlab ekish 
dalalarini, sug'orish uchastkalarini, dala yo'llarini,joylashtirish) u 
yoki bu tadbiriar kiradi. 
rUr.:
Yer tuzish bo'yicha adabiyotlarda yer tuzish shakllari degan 
atamani ham Uchratish mumkin. Oldingi davrlarda odatda kolxozlarda
112


yer tuzish va sovxozJarda yer tuzish ajratilar edi. Bu ikki shakl 
tushunchasi o 'tg an asrning 30-yillarida paydo b o 'ld i, u vaqtda 
kolxozlar va sovxozlar hududlarini tashkil etish haqiqatan ham bir- 
biridan keskin farq qilar edi, bu ularning tashkiljy-ishlab chiqarish 
tarkibi, yerdan fovdalanishlari o'lcham lari, ijtimoiy sharoitlardagi 
farqlar bilan bog'liq edi. Biroq, keyinchalik, bu farq (ayniqsa 
kolxozlar yiriklashtirilganlaridan keyin) sezilarli darajada kamaydi, 
yer tuzishning m azm uni va usullari bu ikki turdagi xo'jaliklarda 
asosan bir xil b o ‘lib qoldi. Shu sababli, yer tuzishni ikki. shaklga 
yuqoridagi belgi b o ‘yicha b o ‘lish amaliy jihatdan o ‘z ahamiyatini 
yo‘qotdi. Shu bilan bir qatorda, agrar islohot bilan bog'liq mulkchilik 
shakllarining, yerga egalik qilish va foydalanishning, xo'jaliklar turlari 
va o'lcham larining har xilligi yer tuzishning yangi shakllari paydo 
bo'lishiga olib kelishi m um kin. Xususan, ferm er xo'jaliklarida yer 
tuzish shulardan biriga aylanishi mum kin.
Professor G .I.G oroxov biroz boshqacharoq yondoshuvni taklif 
etdi: u xo'jalikda ichki yer tuzishning quyidagi shakllarini ajratadi: 
soddalashtirilgan; xususiy; to'la; eksperimental. (Землеустройство 
колхозов и совхозов. - Киев: Урожай, 1985. - 10 с.). Ularning 
har biri haqiqatdan ham am aliyotda o ‘z o ‘rniga ega.
Yer tuzish shakllari tushunchasi oldin ham , o'tgan asrning 
20-yillarida mavjud edi. Professor K .N .Sazonov uni quyidagi tarzda 
ta ’riflagan edi: «Asosan aniq maqsadga qaratilgan ayrim yer tuzish 
tadbirlari yer tuzish shakllari (yoki k o 'rin ish lari) deb ataladi» 
(K .H .С азонов. Землеустроительное проектирование. - М. - Л., 
1929. - 101 с.).
U m um an, aytish m um kinki, «Yer tuzish shakli» atamasi hali 
umumiy qabul qilingan aniq mazmunga ega emas; shunga qaramasdan 
hozirgi vaqtda yerda xo'jalik yuritishning har xilligi sharoitida undan 
voz kechish maqsadga muvofiq bo'lm aydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə