Yer tuzishning ilmiy asoslari


səhifə46/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

Nazorat savollari
1. B izning m a m la k atim izd a y er tu z ish n in g m a z m u n i v a q t o 't i s h i bilan qanday 
riv ojlandi?
2. Y erdan foydalanishni tashkil etish tu sh u n ch asig a n im a kiradi?
3. Y er tuzish davlat ta d birlari tizim i sifatida o ‘z ichiga n im a la rn i oladi?
4. B izning davrim izda «yer tuzish» tu sh u n c h asig a qan d ay t a ’rif berish m um kin?
5. Y er tu zish n in g iqtisodiy m o h iy a ti n im a la rd a n iborat? 
b .
N im a lar yer tu zish n in g h u q u q iy asosi hisoblanadi?
7. Y er tuzish texnikasiga n im a la r kiradi?
S. Y er kadastri n im a va u yer tuzish bilan q a n d a y b o g'langan?
109


VIII bob
Y ER T U Z IS H N IN G TURLARI, SHAKLLARI VA
TAM OYILLARI
1. 
Yer tuzishning turlari va shakllari.
Yer tuzish bilan mamlakatimizning barcha hududi, m o ‘ljallangan 
maqsadidan q at’iy nazar, barcha yerlar qarnrab olinadi, biroq uning 
xarakteri h ar xil b o ‘lishi mumkin. Bir xil vaziyatlarda hudud ayrim 
yer egaliklari yoki yerdan foydalanuvchilar chegarasida tashkil etiladi; 
bunda unga kiruvchi har bir uchastkaning foydalanish maqsadi aniq­
lanadi. Boshqa vaziyatlarda qator korxonalar yoki ularning belgili ti- 
zimlarini tashkil etuvchi, o'zaro bog'langan guruhlari yer egaliklari 
va yerdan foydalanishlarini tashkil etish masalasi birgalikda yechiladi.
Xalq xo'jaligi rivojlanishi jarayonida yer fondlarini tarm oqlar - 
qishxoq va o ‘rm on xo'jaliklari, sanoat, transport, shaharlar orasida 
taqsirnlash so d ir b o ‘ladiV U larning h ar birining ichida yerdan 
foydalanish h ar xil korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tom onidan 
am alga oshiriladi. A yrim yer egaliklari (yerdan foydalanishlar) 
chegarasida yer yoki ishlab chiqarishning asosiy vositasi (qishloq 
xo‘jaligida), yoki uning unumdorligiga bog‘liq bo ‘lmagan (sanoatda, 
transportda) kenglik asosi sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, nafaqat 
yerlarni tarm oqlar orasida, balki xo‘jalik sub’yektlari orasidayam 
taqsirnlash masalasi kelib chiqadi, ularga qattiq belgilangan tartibda, 
aniq inaqsadlar uchun m a’lum maydonga ega va joylarda chegaralangan 
yer uchastkalari yoki massivlari ajratiladi.
Yerlarni tarm oqlararo va tarm oqlar ichida taqsirnlash dinamik 
xarakterga ega; yangi sanoat korxonalari, tem ir va avtomobil yo‘llari, 
shaharlar, dehqon xo‘jaliklari va ularning biriashmalari yaratiladi. 
Shu sababli, doim o yangi yer egaliklari yoki yerdan foydalanishlar 
paydo b o ‘ladi va mavjudlariga o'zgarishlar kiritiladi. Bundan tashqari 
ishlab chiqarish rivojlangani sari mavjud korxonalar egallab turgan 
yer uchastkalarining o ‘lcham lariga va joylashishiga bo'lgan talab 
o'zgarib turadi. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jaligida tez-tez ro ‘y beradi; 
yer egaliklari va yerdan foydaianishlarni qayta tashkil etish va tartibga 
solish, ularning joylashishidagi, o ‘lcharnlaridagi noqulayliklar va
110


kamchilikJarni va boshqa ishlab chiqarishga salbiy ta ’sir ko'rsatuvchi, 
optimal m e’yorlardan og‘ishlarni tugatish zarurati kelib chiqadi. H ar 
qanday korxonaning yer egaligi yoki yerdan foydalanishini tashkil 
etish, ayniqsa, qishloq xo'jaligida, to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri uning ishlab 
chiqarishi hajmi bilan bog'liq va ularga mos bo‘Iishi kerak.
Yer tuzishning vazifasi faqat butun yer egaligi yoki yerdan 
foydalanishning o ‘zini tashkil etish yoki qayta tashkil etish bilan 
cheklanishi m um kin emas. Qishloq xo'jaligida yana, ularning barcha 
ayrim qismlari yer uchastkalarining sifatini, ularning joylashishini, 
xo'jalik nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiqligini hisobga olib tuzish 
va joylashtirish kerak. Bunda yer egaliklarining har xil qismlari 
m a’lum ishlab chiqarish yoki boshqa vazifalarni oladi.
Sanoat va boshqa noqishloq xo'jalik korxonalarida yerdan faqat 
binolar, in sh o o tlar, y o ‘llar, elektr ta ’m inoti, aloqa, suv bilan 
ta ’minlash tarm oqlarini joylashtirish uchun kenglik asos sifatida foy- 
dalaniladi, undan bevosita foydalanish mustaqil vazifa hisoblanmaydi.
U faqat m a’lum obyektlarni qurish uchun joy sifatida kerak va 
ularning keyingi vazifalari yerning sifatiga bog'liq emas. Aholi yashash 
joylari, sanoat va boshqa noqishloq xo'jalik korxonalari hududlarida 
binolar va inshootlarni joylashtirish rejalashtirish (loyihalash) deb 
ataladi. Yer tuzishning o'ziga sanoat korxonalarini, qishloqlar va 
shaharlarni rejalashtirish (loyihalash) qaramaydi va yer tuzish ishlari 
tarkibiga kirmaydi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida yerdan oqilona foydalanishni tashkil 
etish uchun u bilan bog'liq boshqa ishlab chiqarish vositalarini 
joylashtirish bilan birga xo'jalikda hududni ichki tarkibi tashkil etish 
zarur. U bir martalik tadbir emas. Qishloq xo'jaligining rivojlanishi, 
ishlab chiqarish tarkibidagi o'zgarishlar ayrim xo'jaliklarda yerdan 
foydalanishni tashkil etishda ham o'zgarishlarga olib keladi. Bunday 
barcha o'zgarishlar tashkiliy tarzda, yer tuzish o'tkazilib, amalga 
oshirilishi kerak.
Shunday qilib, yer tuzish yordam ida bizning mamlakatimizda 
doim o quyidagi asosiy tadbirlar turlari amalga oshiriladi:

yerlarni xalq xo'jaligi tarm oqlari orasida, tarm oqlar ichida, 
yer egalari va yerdan foydalanuvchilar orasida taqsimlash va qayta 
taqsimlash, yer egaliklarini, yerdan foydalanishlarni va maxsus yer 
fondlarini tashkil etish, ularni hududda joylashtirish;


« qishloq xo'jalik korxonalar! (ferm er xo‘jaliklarini ham qo'shib) 
hududlarini ishlab chiqarishning rivojlanishi, yerlardan oqilona 
foydalanish va ularni m uhofaza qilish talablariga mos xo‘jaiikda ichki 
tashkil etishning oqilona shakllarini belgilash
Yaqqol ko'rinib turibdiki, birinchi guruh tadbirlari m azm uni 
b o 'y ich a ikkinchisidan sezilarli farq qiladi; shuning uchun yer 
tuzishning ikki asosiy turi - xo'jaliklararo va xo'jalikda ichki yer 
tuzish turlari mavjud. U larning ikkovi ham yerdan oqilona foydala- 
nisbni va uni m uhofaza qilishni tashkil etish bo'yicha masalalarning 
yagona majmuasini yechadi, biroq o 'z m azm unlari va usullari bilan 
bir-biridan farq qiladi. 
'
Qishloq xo'jalik korxonalari uchun xo'jalikda ichki yer tuzish 
xo'jaliklararo .yer, tuzishning davom i hisoblanadi va uning barcha 
m asalalari yechilgandan keyingina o'tkaziladi. X o'jaliklararo yer 
tuzishda keyingi, xo'jalikda hududni ichki tashkil etish talablari hisobga 
olinadi.
Yer tuzishning h ar bir turi uchun m a’lum tarkibdagi bir-biiiari 
bilan bog'liq m asalalar mavjud, ularni yechish hududni va yerdan 
foydalanishni eng oqilona tarzda tashkil etish imkonini beradi. Bu 
masala yer tuzish loyihasi asosida yechiladi. M a’lum hududda yerdan 
fo y d a la n ish n i ta sh k il e tis h sh u n d a y lo y ih an i ta y y o rla sh d a n
boshlanadi. Loyihada yechiladigan masalalarning asosiylarini lining 
tarkibiy qismlari deb atashadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə