Yer tuzishning ilmiy asoslari


О ‘zbekistonda yagona yer siyosati yangi Yer kodeksiga asoslanadi


səhifə35/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

О ‘zbekistonda yagona yer siyosati yangi Yer kodeksiga asoslanadi.
Yer tuzish, yer kadastri, yer m onitoringi b o ‘yicha ishlarni 
bajarish, yer islohoti davrida yer m unosabatlarini davlat to m o ­
nidan tartibga solish uch u n 0 ‘zbekiston hukum ati tarkibida Davlat 
yer resurslari q o 'm itasi tashkil etildi. 1998— yili yangi Yer kodeksi 
qabul qilindi.
X o‘jalik yuritishning ko‘p ukladli shakliga va bozor m unosabat- 
lariga o ‘tish natijasida ishlab chiqarishning, ayniqsa, agrosanoat 
sohasida, rivojlanishiga to ‘sqinlik qiluvchi, qishloq xo'jalik mahsulotini 
yetishtiruvchini yerdan ajratuvchi yerga b o ‘lgan davlat mulkchiligi 
yakka hokimligi buzila boshladi.
Ferm er xo‘jaliklarini tashkil etish jarayoni davom etm oqda. 
2003—yilning oxiriga kelib respublika bo‘yicha 80 mingdan ortiq 
fermer xo‘jaligi tashkil etildi. Sanatsiyadan nochor chiqqan, zarar 
bilan ishlayotgan va kam rentabelli xo‘jaliklar tugatilib, ularning 
yerlarida ferm er xo‘jaliklari tuzildi,
1992-yildan boshlab xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o'tish 
sababli, kolxozlar va sovxozlarni qayta tashkil etish bo'yicha yer tuzish 
ishlari boshlab yuborildi. Dastlab bozor lqtisodi sharoitida o ‘zini 
oqlamagan davlat xo‘jaliklari - sovxozlar tugatilib, ular o ‘m ida jam oa 
va fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Keyinchalik jamoa xo' jaliklanni qishloq 
xo"jalik shirkatlariga aylantirish bo ‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Yangi 
tashkil etilgan xo ‘jaliklarga ularning yerga b o ‘lgan huquqlarini 
tasdiqlovchi hujjatlarni berish ishlari ham olib borildi.
Yer islohoti yer tuzish ishlarining yangi turlari paydo b o ‘lishiga 
olib keldi; ularning hajm i sezilarli oshdi, m azm uni o ‘zgardi. Yer
6 — 2 
H
81


tuzishga hozir yangi talablar qo'yilm oqda; ularning asosiylari sifatida 
quyidagilar sanab o'tiladi:
1. Yer o'zgarishlarim amalga oshirishda vaziyatning nazoratdan 
chiqishiga, y erlarn i asossiz qayta taqsirnlash va chegaralashga, 
hududni tashkil etishda noqulayliklar paydo bo'lishiga, hududiy 
kam chiliklar kelib chiqishiga yo‘l qo'ym aslik uchun qishloq xo'jalik 
korxonalari va xo'jaliklar yer mulkchiligini yaratish va qayta tashkil 
etish bo'yicha barcha o'zgarishlar faqat yer tuzish yordamida va ikki 
bosqichda amalga oshirilishi kerak. Yer tuzish loyihalarini ishlashdan 
o ld in u m u m iy y e c h im la rn i b e ra d ig an , y er tuzish ch izm alari 
shaklidagi loyiha oldi ishlari, bosh ehizm alar va ishlab chiqarishni 
hududiy tashkil etishning texnik-iqtisodiy asoslari bajarilishi kerak. 
Yer tuzish ish larin in g asosiy tu rlari albatta davlat to m o n id an
moliyalanishi va ayrim yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning 
xohishiga bog'liq bo'lm asligi kerak.
2. Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yangi shakllarini 
yaratish asosiy ishlab chiqarish fondlarining, m ehnat va moliyaviy 
resurslarining, tabiiy va iqtisodiy sharoitiarning mavjudligini hisobga 
olib amalga oshirilishi kerak; faqat shunday vaziyatdagina qishloq 
xo'jaligining ishlab ch iq arish salohiyatiga zarar yetkazilm aydi. 
H ozircha bu talab to 'la bajarilmayapti, bu yerlarni paylarga mexanik 
tartibda bo'lishga, fondlarni nom iga qayta taqsim lashga, ishlab 
chiqarishning tarkibi va turg'unligi buzilishiga olib keladi.
M asalan, Rossiya Federatsiyasida yer islohotining birinchi bos- 
qichida tuzilgan dehqon (ferm er) xo'jaliklari o'lcham larini tahiili 
shuni ko'rsatadiki, bitta xo'jalikka ajratilgan yerning o'rtacha m ay­
doni 42 ga ga teng bo'lib, m intaqalar bo'yicha 1,4 dan 250 ga o'zgarib 
turadi. Bunda bu m aydonning xo'jalik ixtisosligiga, ularning fondlar 
bilan qurollanis'n va m e h n at resu rslari bilan t a ’m inlanishiga, 
yerlarning sifatiga bog'liqligi um um an ko'rinmaydi. Bundan tashqari, 
ferm erlar davlat tom onidan yetarlik qo'llab-quw atlanm aganligi va 
moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli og'ir iqtisodiy ahvolda 
qoiib, yaqin kelajakda qishloq xo'jalik m ahsulotlarining asosiy 
yetishtiruvchilariga aylana olishmaydi.
Shu sababli, yer tuzish jarayonida kolxoz va sovxozlarni qayta 
tashkil etishg?. to 'g 'ri yondoshish kerak; birinchi navbatda hududning
82


va ishlab chiqarishning tashkil etilishini keskin buzm asdan, ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirishning iqtisodiy rnexanizm ini (baholar, 
soiiqlar, imtiyozli kred itlar va sh .o ‘.) joriy etish kerak. D avlat 
m anfaatlaridan kelib chiqib, bir inartalik katta investitsiyalarni talab 
etmaydigan shaxsiy toinorqa xo‘jaligini, jam o a bog‘dorchiligi va 
polizchiligini, ijara korxonalarini, xo ‘jalik yuritishning boshqa 
shakllarini rivojlantirish kerak.
3. B ozor rnexanizm ini jo riy etish yer tuzish loyihalarining 
axborotlik aham iyatini keskin oshirdi, u lard a yerlarning sifati, 
unum dorlik va hududiy xususiyatlari (unum dorligi, joylashgan o ‘rni, 
madaniy-texnik ahvoli va boshqalar) to'g^risidagi m a’lumotlar bo‘lishi 
kerak. Bu yer m unosabatlarini tartibga solishning ta ’sirli mexaniz- 
mini (yer solig‘ining va yer uchun ijara haqining tabaqalashtirilgan 
m e’yorlari, xo'jalikda ichki hisob-kitob uchun baholar) yaratishga 
va yer, tabiatni muhofaza qilish, o ‘rm on qonunchiliklari qismi bo‘yicha 
xo‘jalikka biriktirilgan yerlardan foydalanish tartibini aniqlovchi, 
asoslangan talablarni belgilashga yordam beradi.
4. Yangi yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni tashkil etishda 
va mavjudlarini tartibga solishda, yer uchastkalarini joylarda ajratishda 
va ular chegaralarini chegara belgilari bilan m ustahkam lashda, yerga 
b o ‘lgan mulkiy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarini berishda, yerni 
har xil tasvirga olishlarni, izlanish va qidiruvlarni o ‘tkazishda barcha 
m e’yoriy texnik sharoitlarga (yagona koordinatalar tizimi, o ‘lchash 
aniqliklari va xatolari bo'yicha talablar) rioya qilinishini ta ’minlash 
kerak. Faqat shunday vaziyatda o‘lchash m a’lumotlari jam lanishi va 
axborotlarni EHM da qayta ishlashning avtomatlashgan texnologiyalari 
uchun keyinchalik foydalanilishi mumkin.
Bozor sezilarli darajada qishloq xo‘jalik korxonalarida yer tuzishni 
loyihalash usulini ham o'zgartiradi. Agar oldinlari loyihachining asosiy 
vazifasi davlat buyurtmasini (m ahsulot yetishtirish bo ‘yicha rejasini) 
aksariyat hollarda, xo‘jaliklar bioiqlimiy resurslari va ishlab chiqarish 
salohiyatlarini hisobga olm asdan yer resurslariga bog‘lashdan iborat 
b o ‘lsa, hozir um um an boshqacha yondashish zarur. H ududning 
agroekologik xususiyatlaridan, bozor talabidan, xo‘jalikning ishlab 
chiqarish salohiyati va kelajakdagi rivojlanishidan kelib chiqib, yer 
tuzish iqtisodiy samaradorlikka, resurslar b o ‘yicha balanslangan va 
ekologik xavfsiz ishlab chiqarish dasturiga asoslangan b o iish i kerak.
83


M am lakatda ekologik vaziyatning keskirilashishi yer tuzishda loyi- 
halanadigan hududiy tabiiy-xo‘jalik m ajm ualari iste’mol jarayonlari
- resurslarni tiklash masalasi bo'yicha balanslangan b o ‘lishini talab 
etadi; yana tabiatni m uhofaza qilish va ekologik m ezonlarning ishlab 
chiqarish m ezonlari ustidan aniq ustivorligi zarur.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə