Gimnastika va uni


Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix11.03.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#102311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-МАВЗУ (2)

2.5. Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti
1917-yiigi O ktabr to ‘ntarishidan keyin m am iakatda gim nas­
tikaning rivojlanishi uchun katta im koniyatlar paydo bo'ldi. B unda 
m am lakatning siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayoti bilan uzviy 
bog‘íiq bo‘lgan bir qancha bosqichlari k o ‘zga tashlanadi. Shu davrda 
o lrtaga q o ‘yilgan yangi vazifalar g im n astik a m azm unini h a m
belgilab berdi.
Inqiíobdan keyingi dastlabki davrda (o ‘tgan asrning 30-yil- 
larigacha ham ) gimnastikadan om m ani jism onan tayyorlash va 
jismoniy rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida foydaianildi. B utun 
kuchni, interventlar va oq gvardiyachilar bilan kurashga sarflana- 
yotgan yillarda, jism oniy tarbiya, gim nastika sho'rolar hokim iyatini 
o ‘rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan edi. Aholi ni jism o n an
tarbiyalashni uyushtirishda 1918-yilda Qizil Armiya uchun zaxiralar 
tayyorlash m aqsadida tuzilgan «Всеобуч» yetakchi rol o ‘ynaydi.


U nga o ‘sha davrni taniqli davlat va jam oat arbobi N .I. Podvoyskiy 
boshchilik qilgan. Q o‘shinga zaxira tayyorlash dasturlarida gimnastika 
m ashg‘ulotlariga katta aham iyat berilgan boMib, am aliy gimnastika 
h a m , jih o z la rd a b a ja rila d ig a n m a sh q la r va u la rn i t o ‘plam i 
q o ‘lianilgan edi. M am lakatning ham ma joyida yoshlarning barcha 
tabaqalarini birlashtirgan harbiy-sport markazlari barpo etiladi.
1925-yilda sobiq R K P (b ) Markaziy Q o‘mitasi «Partiyaning 
fizkultura sohasidagi vazifalari to ‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. 
lin d a sho‘rolar jism oniy tarbiyasining g‘oyaviy-uslubiy mohiyati 
va ijtimoiy-siyosiy aham iyati ochib berilib, uning taraqqiyot yo‘!lari 
ko‘rsatib berilgan edi. Q aro r gimnastikaning m am lakatda taraqqiy 
etishiga yordam berdi. Gimnastikaning mavjud tizimlari, bu boradagi 
ishlarning uslublari va m azm uniga tanqidiy yondashilib, qayta ko‘rib 
chiqila boshlandi.
Jismoniy tarbiya 1926— 1927-yiIlardan boshlang‘ich maktab- 
larda, 1929-yildan esa oliy o ‘quv maskanlarida o ‘quv fani sifatida 
kiritildi. Jismoniy tarbiya fanidan yangi dasturlar vujudga keldi
ularda gimnastika m u h im o ‘rin egallagan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari ko‘p!ab yangi vazifalarni hal etishga 
qodir bo‘lgan maiakali o ‘qituvchi-murabbiylarni tayyorlay boshladi. 
Bu m utaxassislar g im n astik a nazariyasi va uslubiyatini ishlab 
chiqishda yetakchi rol o ‘ynay boshladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 
yo‘lga qo'yish, gim nastikaning ilmiy bazasini yaratish, uning tar- 
biyaviy aham iyatini tu sh u n ib yetish, darsning nam unaviy dasturini 
ishlab chiqish va shu kabi vazifalarni bajarishga urinib ko‘rildi. Biroq 
mashg‘ulotlar m azm u n i birdan o ‘zgarmadi. U zoq vaqt davomida 
gimnastika umumiy jism oniy tayyorgarlik xususiyatlarini o'ziga saqlab 
qolgan edi, xolos.
1929-yilda g im n astik a b o ‘yicha B utunittifoq ilmiy-uslubiy 
konferensiyasi b o ‘lib o ‘td i, u vaziyatdan kelib chiqqan tashkiliy- 
uslubiy masalalarni hal qildi. Bu konferensiyada gimnastika birinchi 
bo r alohida tu rlarg a b o ‘lindi. Shu vaqtdan boshlab, ertalabki 
gimnastika m ashg'ulotlari radio orqali eshittiriladigan bo‘ldi. 0 ‘sha 
yillarda gim nastika s h o ‘ro xalqini jism onan tarbiyalashning asosiy 
mazmunini tashkil etgan edi.
1931-yilda m am lakat yoshlar tashkiloti tashabbusi bilan «Meh- 
n a t va SSSR m u d o fa a sig a b o ‘l tayyor!» jism o n iy m ash q lar 
to ‘plamining joriy etilishi mamlakat harakatida m uhim voqea bo‘ldi. 
Bu gimnastika taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.


IT O («Mehnatga vavatan mudofaasiga bo‘l tayyor!») kompleksi 
bo‘yicha ishlar y o ‘!ga qo‘yi!a borgan sari, um um iy jism oniy tay - 
yorgarlik vazifalari umumiy jism oniy tayyorgarlik sho‘balarida va 
ÎT O m ezonlarini topshirishga tayyorlov guruhlarida hai q ilina 
boshlandi, lekin gim nastika (s o g io m la s h tiris h g im n astik asi) 
jism oniy tarbiyaning asosiy v ositalaridan biri b o ‘lib q oldi va 
takomillashdi. U odamlargasalomatlikni mustahkamlashda, hayotiy 
zarurharakat ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam berib, m ehnat 
faoliyati tartibiga yanada kengroq kirib bordi. Ana shunda gimnastika 
sport turlarining rivojlanishi uchun im koniyat paydo bo‘ldi.
1933-yilda Moskvada gimnastika bo‘yicha xalqaro konferensiya 
bo‘lib o ‘tdi. Bu konferensiya ayni vaqtda birinchi Butunittifoq ko n - 
ferensiyasi edi. U n d a gim nastika ta raq q iy o tin in g eng m u h im
masalalari ko'rib chiqilib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiiindi. 
Konferensiya sho‘rolar jismoniy tarbiya tizim ida gim nastikaning 
o ‘rni va aham iyatini belgilab berdi.
G im nastika tasnifi (nisbatan m ustaqil turlarga boM inishi), 
mazmuni, m ashg‘ulotlar uslubiyati va uning tashkiüy shakllarini 
tasdiqladi, atam alar masalasi va boshqa masalalarni m uhokam a 
qildi. Konferensiya gimnastikaning sport turi sifatida taraqqiy etishiga 
yordam bergan muhim voqea bo‘ldi.
1930-yildan boshlab, har yili M oskva, Leningradda, sobiq 
ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlarida va boshqa ko‘p gina 
shaharlarda o ‘tkazib turilgan om m aviy gim nastika chiqishlarini 
m am lakat aholisi ju d a katta qiziqish bilan tom osha q ilish d i. 
Moskvadagi Qizil M aydonda B u tun ittifo q jism oniy tarbiya va 
sportchilari kuni o ‘tkazilganidan buyon, chiqishlar rang-barang 
tus oldi va texnik jihatdan ancha takomillashdi. Unutilmas tom osha 
boMgan xilma-xil gimnastika m ashqlari bu chiqishlarning asosiy 
m azm unini tashkil etardi. Ular sh o ‘rolar gimnastikasini targ ‘ibot 
va tashviqot qilishning muhim vositasi b o ‘ldi ham da ko‘plab yo sh - 
larni gim nastika bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qildi.
G im n astik a turi yagona d a stu rin in g jo riy etilishi, k asab a 
uyushmalari KSJ (ko‘ngilli sport jam iyatlari)ning tashkil etilishi 
va tu rli k o ‘lam dagi om m aviy m u s o b a q a la r, shu ju m la d a n 
o ‘quvchilar o ‘rtasidagi b e llash u v lam in g m u n tazam o 'tk a z ilib
turilishi, yangi gimnastika atam asining qabul qilinishi va b o sh q a 
ko‘pgina tadbirlar sport gim nastikasining rivojlanishini beqiyos 
rag‘batlantirdi. Sport gimnastikasi om m aviy sport turi b o lib qoldi.


Jismoniy m adaniyat harakati oldida turgan yangi vazifalami hal 
qilishda IT O to ‘plam asi m ezonlarini topshirish uchun amalga 
oshiriladigan tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish zarur edi. Ikkinchi 
ja h o n urushidan oldingi yillarda, hatto sport gimnastika m uso- 
baqalariga h am I T O n in g turii amaliy m ashqlari q o ‘shilar, bu 
sportchilarni jan go var harakatlarga tayyorlashga yordam bergan.
G im nastikaniig taraqqiy topishida jism oniy tarbiya institut- 
larining gimnastika kafedralari muhim o ‘rin egallagan. Kafedralarda 
malakali m utaxassislar tayyorlash bilan birga, katta ilmiy va uslubiy 
ishJar olib borildi. Jism oniy tarbiya institutlaridagi aspiranturalarda 
gim nastika b o ‘yicha ilm iy-pedagog mutaxassislar tayyorlana bosh- 
iandi. Dastlabki nom zodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy asarlar 
kengroq e ’ion qilinadigan b o ‘ldi. Darslik va uslubiy q o ‘llanmalar, 
ayrim masalalarga d o ir qo'llanm alar, yagona tasnifiy dasturlar, 
m usobaqa qoidalari n a sh r etildi. 1937-yildan «Gimnastika» jurnali 
nashr etila boshlandi (1940-yiïgacha chiqqan).
S ho'rolar gim nastikasi o ‘tgan yillar ish tajribasidan foydalanib 
shakllandi. M am lakatd a turli tizimlarning eng maqsadga muvofiq 
mashqlari q o ‘llanildi. M ashg'ulotlardan ko‘zda tutilgan maqsad 
qanday v o sitalard an foydalanilm asin, bu vositalar yordam ida 
um u m jism on iy (g im n a stik a n in g sog 'lo m lash tiru v ch i tu rlari), 
jangovar (amaliy tu rlar) va sport (sport turlari) tayyorgarligi m asa- 
lalari yaxshi hal qilinardi. Ishga ijodiy yondashish gimnastikada 
m avjud b o ig a n h a m m a q im m atli ta jrib a la rd a n fo y d alan ib , 
m am lakat jism oniy m adaniyat va sport harakati talablariga mos 
b o ‘lgan o ‘z gim nastika tizim ini yaratish im konini berdi.
1941 -yilda o ‘tk azilg a n yoshlam ing om m aviy B utunittifoq 
musobaqalari urushdan oldingi davrdagi m uhim tadbirlardan bo'ldi. 
M usobaqalarda 7496000 yigit-qiz ishtirok etdi.
Urush yiliari m am lakat aholisi uchun og‘ir davr bo‘Idi. Fashist- 
lar G erm aniyasining m am lakatga xiyonatkorona bostirib kirishi 
sobiq Ittifoq xalqlari turm ushini o lzgartirishga, uni Vatan himoyasi 
va dushm anni to r-m o r qilishiga qaratishga m ajbur qildi. Jismoniy 
tarbiya va sport v o sita larid an qurolli kuch, uning zaxiralarini 
tayyorlash ham da y arad o r jangchilarni davolab, safga qaytarish 
uchun foydalanildi. M inglab gimnastika o ‘qituvchilari va m urab- 
biylari urushning birin ch i kunlaridayoq Qizil Armiya safiga, qiruv- 
chi batalyonlarga, partizan otryadlariga q o ‘shildilar, xotin-qizlar 
gospitallarda soglom lashtiruvchilar batalyonlarida davolash jism oniy 
tarbiya uslubchilari sifatida fidokorona m eh n at qilishdi. U rush


tajribasi davolash gimnastikasining yarador jangchilar jan g o v ar- 
ligini tiklovchi juda katta samaraii vosita ekanligini shubhasiz isbotlab 
berdi.
Bu davrda gimnastika m azm un an o ‘zgardi, harbiy q o ‘shinga 
zaxira tayyorlashga yordam beradigan amaliy mashqlar m ashg‘u lo t- 
larning asosi bo‘lib qoldi, sanoqli gim nastlargina m ashg‘u lotlarn i 
davom ettira olishdi.
1945-yil avgustda Moskvadagi Qizil M aydonda sho‘ro xalq- 
larining Ikkinchi Jahon urushida erishgan g‘alabasiga bag‘ishlangan 
Butunittifoq jism oniy tarbiya va sport xodimlarining nam oyishi 
bo'ldi. Bu namoyishga tayyorgarlik k o ‘rish jarayoni barcha sobiq 
respublikalarda gimnastika m ashg‘ulotlarini jonlantirib yubordi.
U rushdan keyingi davrda tin ch bunyodkorlik, m ehnat b ilan
shug‘ullanishga o ‘tish sho‘ro xalqi faoliyatining barcha so halarin i, 
shu jum ladan, jismoniy tarbiyadagi faoiiyatini faollashtirib yubordi. 
Sport inshootlari tiklandi, om m aviy sport ishlari qayta yo‘lga q o ‘- 
yildi, turli musobaqalar o ‘tkazildi.
M a rk a z q o 'm n in g 1948-yiI 2 7 -d e k a b rd a g i « M a m la k a td a
ommaviy jism oniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish va s h o ‘ro 
sportchilari m ahoratini oshirish to ‘g ‘risida»gi qarori m am lakatda 
gimnastika taraqqiyotida katta o ‘rin tutdi. Bu qaror ch iq q an d an
so‘ng sport inshootlari qurila boshlandi, sport jihozlari k o ‘p ay d i, 
barcha sport turlarini rivojlantirish u ch u n qulay sharoit yaratildi. 
G im nastika birinchi galda rivojlanishi kerak bo‘lgan sport tu rla ri 
qatorida tilga olindi. M aktablar va boshqa o ‘quv m askanlarining 
dasturlari takomillashtirila boshlandi, o 'rta va katta yoshdagilar u ch u n
ko‘plab salomatlik guruhlari tashkil etildi, ishlab chiqarish g im n asti­
kasining ko‘lami kengaydi, radio-teievideniye yordam ida ertalabki 
gigivenik gimnastika bilan mustaqil va uyushgan holda shug‘ullanish 
yanada jonlandi. Jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash va u la rn i 
m alakasini oshirishga jiddiy e ’tib o r berildi. 1948-yil d ek ab rd a 
Leningradda bo‘lib o ‘tgan II B utunittifoq konferensiyasi gim nastika 
taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etdi. Konferensiyada gim nastika 
sohasidagi ishlar tajribasi um um lashtirildi, uning vazifalari t a ’rif- 
lanib, gim nastikaning vositalari, tu rlari va xillari aniqlandi, u la rn i 
yanada rivojlantirish yo‘llari belgilab berildi. Konferensiya bad iiy
gim nastikani mustaqil sport turi sifatida ajratish to ‘g‘risida q a ro r 
qabul qildi.
1966-yilda sobiq Markaziy Q o‘m ita va SSSR Vazirlar K engashi 
«Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari


to ‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror gim nastikani yanada rivoj 
topishiga yordam berdi.
1968-yil aprelida Moskvada gimnastika bo‘yicha III Butunittifoq 
konferensiyasi bo'lib o ‘tdi. U nda 20 yil m obaynida bajarilgan ishlar 
tahiil qilib chiqilib, gim nastikaning barcha turlarini yanada rivoj- 
lantirish istiqbollari belgilandi, gim nastikani sh o 'ro xalqlarining 
m ehnat faoliyati tartibiga va turmushiga tatbiq etish rejasi belgilandi. 
Aholining barcha tabaqalari bilan mashg‘ulot!ar o ‘tkazish uchun 
yangi dasturlar ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qilindi, 
sport gimnastikasi b o ‘yicha term a jam oalar uchun zaxira tayyorlash 
tartibi ishlab chiqildi. G im nastika sohasidagi jam i mutaxassislaming 
bundan keyingi ishlari ana shu vazifalarni yechishga qaratildi.
M am lakatda gim nastikaning insonni jism oniy kamol toptirish 
borasidagi yangi vazifalarni yanada aniq haï qilishga yordam 
beradigan ham m a turlarini rivojlantirish uch u n sharoit yaratildi. 
N azariy va uslubiy m asalalarini ishlab chiqish jism oniy tarbiya 
institutlarining gimnastika kafedralarida va yangi tashkil etilgan ilmiy 
tekshirish institutlarida am alga oshirildi. D arsliklar va saralash 
dasturlari, uslubiy qoM lanmalar takomillashtirildi, maxsus tadqi- 
q o tlar olib borildi h am d a dissertatsiyalar him oya qilindi.
Gim nastika taraqqiyotidagi bundan keyingi vazifa jismoniy 
tarbiya tizim ida gim nastikaning rolini oshirish, mamlakat aholisini 
keng qatlamlari gim nastikaning biron-bir turi bilan m untazam
shug‘ullanishiga erishish va xalqaro maydonda mam lakatning sport 
sharafm i himoya qilishga qodir yuksak malakali gim nastikachilar 
tayyorlab yetishtirishdan iborat edi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə