Gimnastika va uni



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix11.03.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#102311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-МАВЗУ (2)

2.2. Yangi davr gimnastikasi
Y. A. Komenskiyning asarlari va uning didaktik tamoyillari tizimi
XVIII asr pedagogika klassiklari Jan Jak Russo (1712—1778) va 
ayniqsa, Pestalotssi (1746— 1827) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga 
yordam berdi. Bularning jism oniy tarbiya sohasidagi xizmatlari 
shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki 
berishdt. Russo jismoniy m ashqlar inson tanasini mustahkamlaydi 
va toblaydi, kuch va harakat sifatlarning rivojlanishi uchun kerakli 
sharoit yaratib beradi, hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni yengish 
u ch u n tayyorlaydi, aqliy va jism oniy k am ol to p ish g a ham da 
salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Pestalotssi bolalarda mavjud bo‘lgan kuch va jism oniy sifatlami 
mashq orqali rivojlantirishni jism oniy tarbiyaning asosiy maqsadi, 
deb bilgan. U fikrlash va harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishni 
keyingi o ‘ringa qo'yish m u him , deb hisoblagan. Buning uchun 
bo‘g‘inlardagi eng oddiy harakatlar — eng yaxshi m ashqlar bo‘ladi, 
c h u n k i h a r q an d a y m u ra k k a b h a ra k a t a n a s h u n d a y oddiy 
harakatlardan tarkib topadi, deb aytadi. B o‘g‘in gimnastikasi esa


harakatli o ‘yinlar va qo‘l m ehnati o ‘m ini bosib borishi kerak bo‘ladi, 
deb ta’kidlaydi. Albatta, bu bilan u bo‘g‘in mashqlarining ahamiyatiga 
haddan tashqari yuqori baho berib yuborgan edi, shunga qaramay 
u ishlab chiqqan tahliliy uslub o ‘sha zam on gimnastikasi uchun 
m uhim aham iyat kasb etgan va keng qo‘llanilgan. Pestalotssi — 
gim nastika nazariyasi va uslubiyatining asoschilaridan biri, uning 
«bo‘g‘in harakatlari» esa hozirgi erkin mashqlaming namunasidir.
R usso, Pestalotssi va boshqa o ‘z zam onasi dem okratik peda- 
gogika arb o blarin ing ilg‘o r g‘oyalari G ‘arbiy Yevropa m am la- 
katlarining burjua ziyolilari to m on idan q o ‘llab-quw atlanar edi. 
Bu so h ad a am aliy ishlar ilk bo r G erm aniyada boshlandi. XVIII 
asrning 70-yiliarida ayrim shaharlarda yangi turdagi m aktablar — 
fila n tro p in la r tuzila boshlandi. Bu m aktablarda nem is milliy 
gim nastikasi yuzaga kela boshladi.
F it (1 7 6 3 — 1836) va G u ts-M u tsla r (1759— 1839) filantro- 
pinlardagi gimnastikaning eng m ashhur rahbarlari edi. Ular o ‘zlariga 
m a ’lum b o ‘lgan jism oniy m ashqlam ing ham m asidan foydala- 
nishgan. Fit u ch jildli asarida gimnastika haqidagi nazariy va amaliy 
m a’lum otlarni bayon qilib bergan. Bu mashg‘ulotlardan maqsad — 
salom atlikni m ustahkam lash, kuch va harakat tezligini rivojlan- 
tirish, qaddi-qom atning chiroyli b o ‘lishiga erishish, aqliy rivojlanish 
va ruhiy faoliyatga ko‘m aklashishdir, deb hisoblardi. Fit o ‘z asarida 
b irq a n c h a qim m atli uslubiy ko‘rsatm alarberadiki, ular hanuzgacha 
o 'z aham iy atin i yo‘qotm agan (b ular m ashqlam ing ketma-ketiigi, 
yengil m ashqlardan asta-sekin qiyinlariga o ‘ta borish haqidagi
o ‘qiivchilarning faolligi, m ashg‘ulotga b o ‘lgan qiziqishi, ularning 
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar to ‘g ‘risidagi 
k o ‘rsi’tm alard ir).
G u ts-M u ts ko‘pgina gim nastika mashqlari, jum ladan, gim ­
n astik a jih o z la rid a b ajarilad ig an m ashqlar texnikasini ishlab 
chiqdi.U shbu m ashqlarda harakat shakliga katta aham iyat beradi. 
G u ts -M u b n in g « 0 ‘sm irlar u ch u n gimnastika» kitobi bir qancha 
m am lakatlarda keng tarqalib, gim nastikani kasbiy-amaliy va sport 
turi sifatida taraqqiy etishiga katta turtki bo‘ldi. Kitobda yakkacho‘p, 
qo‘shpoya va halqada bajariladigan ko‘pgina mashqlar tasvirlangan 
edi. K ito b d a m ashg‘u lo tlar ja ra y o n id a o ‘quvchilarning o ‘zaro 
m usobaqalashuvi rag‘batlantirilib, mashqlaming ijro etilishi aniq 
b o ‘lishiga q o ‘yiladigan talablarga e ’tibor berilgan.
X V III 
asr oxirlariga kelib, hozirgi zam on gim nastikasining 
nazariy asoslari nam oyon b o ‘la boshladi.



Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə