Gistologiya, stitologiya va


Reaktivligi va regeneratsiyasi



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

Reaktivligi va regeneratsiyasi. 
Q o‘rquv va g ‘azabning kuchli 
hissiy reaksiyalari bilan kechuvchi stress holatlarida sim patik nerv 
tizim ining faolligi parasim patik nerv tizim idan ustunlik qiladi.
377


Bunda nafqat postganglionar simpatik neyronlar faolligi, balki 
buyrak usti bezi m ag‘iz moddasidagi hujayralarning sekretor 
faoliyati oshadi, qonga ko‘p miqdorda adrenalin va noradrenalin 
chiqariladi. Natijada yurak qisqarishlari kuchayadi va tezlashadi 
arterial bosim oshadi, mushaklar va markaz nerv tizimi tomirlarida 
harakatlanuvchi qon hajmi ko‘payadi, jigardan qonga glyukoza 
zahiralari ajraladi. M ag‘iz modda tarkibidagi hujayralardan 
adrenalin va noradrenalinni kuchli ajralishi qattiq sovuq qotish, 
og‘riq va stressning boshqa turlarida ham kuzatiladi.
Buyrak usti bezi po‘stlog‘ining fiziologik regeneratsiyasi 
AKTG nazorati ostida kapsula osti hujayralari va koptokchasimon 
hamda tutamli zonalar orasida joylashgan hujayralar ishtirokida 
amalga oshadi. Buyrak usti bezining bittasi olib tashlanganda 
ikkinchi buyrak usti bezi hujayralarining kompensator 
gipertrofiyasi va giperplaziyasi kuzatiladi.
DIFFUZ ENDOKRIN TIZIM
DET turli a’zolarda tarqalgan neyrogen (APUD) va 
noneyrogen kelib chiqishga ega alohida endokrin hujayralardan 
iborat. Diffuz tarqalgan endokrin hujayralarning aksariyatini 
neyrogen kelib chiqishga ega endokrinotsitlar tashkil qiladi, ya’ni 
ular nerv qirrasidan hosil bo‘ladi.
Mazkur hujayralar nafas olish, siydik ayiruv yo‘l!ari epiteliy- 
sidan, eng ko‘p m e’da-ichak nayi epiteliysida, ayrim endokrin 
bezlar (qalqonsimon bezning parafollikulyar hujayralari, buyrak 

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə