Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/19
tarix18.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#102810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
NOTIQLIK MAJMUA

Nazorat savollari

  1. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanining tadqiqot doirasi haqidagi fikringiz.

  2. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati o‘ziga hos fan sifatidagi o‘rni haqida fikr bildiring.

  3. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  4. Notiqlik san’ati va nutq madaniyati ning boshqa ijtimoiy fanlar bilan a’loqolari va hamkorligi haqida nimalarni bilasiz?

  5. Notiq kim?

  6. Til nima? talaffuzchi?

  7. Yozuv nima?

  8. Nutq sofligi deganda nimani tushunasiz?

2-mavzu.Notiqlik san’ati va nutq madaniyati shakllanishining
tarixiy ildizlari
Reja:

  1. Qadimgi Yunon va Rimda notiqlik san’ati va nutq madaniyatining shakllanishi

  2. Aristotelning “Ritorika” asarida nutq va notiqlik masalalari

  3. Qadimgi yunon notiqlik san’atining rivojlanishida fan,ta’lim,siyosat va davlat arboblarining o`rni

  4. O`rta asrlar musulmon sharqida notiqlik san’ati va nutq madaniyatining rivojlanishi

Tayanch so`z va iboralar: Mazmundor nutq, Qadimgi Gretsiya, Rimda nutq madaniyati, Qadimgi Hindiston, Xitoydagi notiqlik san’ati, Qadimgi Gretsiya ritorika ilmi, Protagor va Demosfen, Aristotelning "Ritorika" kitobi, Lisiy va Empidok, Rimdagi notiqlik san’ati, Sitseron, Osiyocha uslub, Attika uslubi, sud notiqligi.
Qadim zarnonlardan beri jamoat oldida so‘zga chiqib, odamlarga o‘z fikrini tushuntirish, ular ongiga ta’sir etib, o‘z ortidan ergashtirish, biror narsa, voqea, hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish, insonlar orasidan so‘zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‘dirgan hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Buning uchun esa, avvalo, ma’lum ijtimoiy sharoit va muhit zohir bo'lishi lozim edi. So‘z erkinligi ana shunday sharoitlardan muhimi sanaladi. Qadim Yunonistonda demokratiya tuzumining o‘rnatilishi natijasi o'laroq,xalq yig‘inlarida, senat kengashlarida, davlat ishlarida, sud ishlarida mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga ega bo'lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni istagan, lashkarboshilikni hohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta’sirchan nutq so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylangan. Bunday shaxslar xalq yig`inlariga to‘plangan odamlar oldida nutq so‘zlab yo yutuq, yoxud mag‘lubiyat quchganlar. Ular orasida so‘zga chechanlari keskin dalillar bilan xalqni ishontirib, odob bilan so'zlagan davlat arboblari xalq nazariga tushib yanada obro‘ orttirganlar, gapni eplab gapira olmaganlari esa xalq nazaridan qolgan. O‘sha davr notiqligi haqida keyingi davr yozuvchilarining guvohlik berishlaricha, Femistokl va Perikllar Afina demokratiyasining yo'lboshchilari bo`lishlari bilan birga nihoyatda kuchli notiq bo‘lganlar. Afinada notiqlik san’atining keng rivoj topishiga sud tartibot qoidalarining ham kuchli ta’siri bo'lgan. O‘sha davr sud majlislarida sudlanuvchi yoki da’vogar o‘z fikrlarini ishonchli isbotlar asosida gapira olishi lozim bo‘lgan. Biroq sudlashuvchilarda bunday so'zga chechanlik qobiliyatiga ega bo`lganlar deyarli bo‘lmagan. Demak, ularga maslahat berib ko ‘maklashadigan, ular ishi yuzasidan sudda gapirishi kerak bo‘lgan gaplarni yozib beradigan zukko shaxslarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Natijada qadimgi yunon tilida “logograflar” deb ataladigan, tajribali, qonunni biladigan “advokat”larga ehtiyoj tug`iladi. Logograflar sudda qatnashayotgan jinoyatchi va da’vogarlarga nimani gapirishi lozimligini yozib berganlar va shu mehnatlari evaziga haq olganlar. Logograflar odamlarning hojatlarini chiqarish hisobiga qalam haqi olib kun kechira boshladilar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga aylanishi notiqlik san’atining rivojida muhim rol o'ynaydi. Dastlab “Notiqlik san’ati”ning asta-sekin siyosiy va sud notiqligi vujudga keladi, keyinroq mashhur voqealarni, ulug‘ zotlarni madh qiluvchi epidektik notiqlar maydonga keladi.Afnaada eradan oldingi V asr o ‘rtalarida notiqlik san’ati shakllangan bo‘lsa-da, adabiy faoliyat o'rnida qabul qilinmagan va u nutqlarining matnlari bosilmagan.Bu san’atni ilk bor adabiy janr darajasiga ko‘targan hamda notiqlikka ilmiy yondoshgan kishilar sofistlar hisoblangan. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan notiqlaming faoliyatlarini nazariy asoslashga kirishib, “Ritorika” ilmini yaratadi. Oldin notiqlarni “Ritor” so‘zi bilan atashib so‘ngra notiqlik san’atidan saboq o'rgatuvchilarni “ Ritor” lar deb ataydilar.Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V asr o ‘rtalariga kelib demokratiyaning yo‘lga qo‘yilishi, notiqlik taraqqiyoti uchun omil bo‘ldi. Qadimgi yunonlar Sitsiliyalik Korak hamda Tisiylarni ritorikaning asoschilari deb tan olganlari holda, ulardan bizgacha deyarli hech narsa yetib kelmagan. Biroq ularga vatandosh bo‘lgan sofist Gorgiy (taxm inan 483—376) ni ritorikaning birinchi namoyandasi deb bilishgan. A.Alimuhamedovning ( “Antik adabiyot tarixi”, Т., “0 ‘qituvchi” 1969) ma’lumotiga ko‘ra: “Gorgiy 427-yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keldi va xalq majlisida gapirgan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Gorgiy butunlay Afinaga ko‘chib kelib, shu yerda ritorika maktabi ochadi va o‘z shogirdlariga so‘z san’atini o'rgatish barobarida notiqlik bilan ham shug'ullanadi. Gorgiy asosan mifologik ma’ruzalarda tantanali nutqlar so‘zlagan, uning nomi ostida bizga qadar “Yelena” va “Palimed” sarlavhali ikkita yozma nutq yetib kelgandir. Gorgiyning aytishicha, notiqning eng muhim vazifasi tinglovchini ishontirish, uni maftun etish, rom qilishdir. Maftun etishning asosiy vositasi sifatida yozuvchi birinchi o‘ringa uslubni qo‘yadi va shu maqsad bilan o‘zining asarlarida “go‘zal” uslubning namunalarini namoyish qilmoqchi bo‘ladi. Agar siz Gorgiyning asarlarini ko‘zdan kechirsangiz, bu odam tashviq etgan “fusunkor” uslubning faqatgina jimjimador tashqi bezaklardan, balandparvoz iboralardan boshqa narsa emasligiga aslo shubhangiz qolmaydi. Darhaqiqat, notiqning bizga qadar yetib kelgan asarlarida tantanali epitetlar, majoziy ifodalar haddan tashqari ko‘p uchraydi. Yozuvchi, hatto jumlalarni ham bo‘g‘in-bo‘g‘inlarga bo‘lib, ularning har birini bir xil uzunlikda to‘qiydi va har qaysi jumlaning oxirini bir-biriga o‘xshash qofiyadoshroq so‘zlar bilan tugatadi. Qadimgi yunonlar Gorgiyning usulini “jimjimador uslub” yoki muallifning nomiga nisbat berib “Gorgiy uslubi” deb ataganlar”.Gorgiyning bu uslubi zamondoshlariga yoqib qolgan va ularda kuchli ta’sir uyg'otgan. Shuning uchun ham uning ijodi uzoq yillar notiqlik prozasining asosiy namunasi sifatida mashhur bo‘ladi.Ellinizm davrining olimlari Afinada yashab ijod etgan notiqlardan o‘nta notiqni mashhur va ulug'laridan deb, ritorika ilmini o‘rganishda ularning asarlaridan foydalanishni afzal bilganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Antifont, Andokid, Lisiy, Isokrat, Isey, Likurg, Demosfen, Esxin, Giperd va Dinarxlarning asarlari bizgacha yetib kelgan. Lisiy(taxminan eramizdan avvalgi 459—380 yillar)Afinada yashab ijod etgan mashhur notiqlar orasida eng mo‘tabarlaridan sanalgan Sitsiliyalik Lisiydir. Uning otasi Perklning taklifi bilan Afinaga kelib, shu yerda yashab qoladi. Uning oilasi o‘ziga to‘q xonadonlardan bo'lishiga qaramay, kelgindi bo‘lgani sababli Afina fuqaroligini ololmaydi. Peloponnes urushida Afina yengiladi. Natijada demokratiyaning tarafdorlaridan sanalgan Lisiyning akasi qatl etiladi, o‘zi esa zo‘rg‘a qochib qoladi. 403- yilda demokratiya qayta tiklangach, Lisiy yana Afinaga kelib, logoraflik bilan mashg‘ul bo‘ladi.Qadimgi yunonlarning fikriga ko‘ra, Lisiy butun ijodi davomida uch yuzga yaqin nutq yozgan. Shundan bizgacha sud nutqlaridan iborat o‘ttiz to'rttasi saqlanib qolgan.Lisiy logograflik kasbi davomida unga ishi tushib kelgan kishilarning hojatini bitirishdan oldin, ularning dunyoqarashini, psixologiyasi va tabiatini chuqur o'rganib, keyin ularga o ‘z qo'llaridan va tillaridan yozganday qilib nutq yozib beradi. 0‘sha paytda Afina sudida ishtirok etuvchi kishilarning ko‘p qismi davlat qonunlaridagi murakkabliklarni chuqur tushunmaganlar. Juda ko‘pchiligi tahsil ko'rmagan kishilar bo‘lgan. Shu sababli ular so‘zga chechan, so‘zamol odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan cho‘chishib, ilmoqdor va balandparvoz so‘zlarga gumonsirab qarashgan.Bularga kimdir bu so‘zlarni to'qishda yordam bergan bo‘lishi mumkin deb qarashgan. Ikkinchidan, logograflardan yordam istab kelganlar orasida, turli tabaqa vakillari, turli kasb egalari bo‘lishgan. Shuning uchun ham Lisiy nutq yozib berishdan oldin undan yordam so‘rab kelgan buyurtmachini o‘rganadi. Shundan keyingina u odamga ijtimoiy kelib chiqishiga, jamiyatda tutgan o'rniga, shaxsiy xarakteri va tabiatiga moslab nutq yozib bergan. Lisiyga murojaat etayotgan kishi agar qishloqdan kelgan oddiy bir dehqon bo‘lsa yoki shaharda yashasa ham o ‘rtacha dunyoqarashga ega bo'lsa, unday odamlar kitobiy so‘z va iboralarni, murakkab qonundagi kerakli boblarni isbot keltirib ishonarli nutq so‘zlashi qiyin va buning iloji yo‘q. Agar nutqini shu yo'sinda uddalay olsa, nutqning soxtaligi bilinib qolishi tabiiy hol. Lisiy san’atkorligining asosiy siri shundaki, u nutq yozishga kirishar ekan, bir maqsadni ko'zlaydi, u ham bo‘lsa, sudda gapirayotgan kishi haqida sud hay’atlari ko‘nglida ishonarli taassurotlar qoldirish,
so'zlovchining har bir gap-so‘zlari, qalbidan chiqayotgan samimiy gaplar ekaniga ishontira olishidir. Lisiy byurtmachilari orasida olifta O‘ziga bino qo‘ygan dimog‘dor shaxsni, tiyinni-tiyniga urib foyda ko‘raman deb yurgan xasis olibsotarrni, xotini izmida yurgan, o‘z fikri bo‘lmagan laqma ermi yoki shallaqi ayolmi, maqtanchoqmi, ayyormi yoxud sodda omi insonmi, kim bo'lishidan qat’iy nazar— Lisiy ularning har biri xarakter xususiyatiga, tabiatiga, bilimi va
jamiyatdagi mavqeiga mos keladigan o‘z nutqi bilan tinglovchilami ishontiradigan uslubni topadi. Shuning uchun ham Lisiy yozgan nutqlarning hammasida so‘zlovchining tabiatiga mos gaplar o ‘rin olgan bo‘ladi. Lisiy uslubiga xos husn va latofat ham nutq tilining sodda, aniq va fikrning lo'ndaligida ko‘rinadi. Lisiydagi bu mahorat— ya’ni har kimni o ‘z tilida, o ‘z tabiatiga mos gapirtirish, gapiruvchining qiyofasini to‘la ko‘rsata olish, yunon tarixida o‘tgan logograflarning birontasida uchramaydigan hodisa. Bu borada Lisiyga ulardan birortasi ham teng kelmaydi. Ularning Lisiydan farqli tomoni shunda ediki, ular o'zlari yozib bergan nutqlarni ko‘plab dalillar bilan to‘ldirgani holda, shu dalillar asosida joy- joyiga qo'yib, da’voni isbot etishga, nutqlari shaklining chiroyli bo‘lishiga ortiqcha e’tiborni qaratganligida, nutq so'zlovchining tabiatini hisobga olmaganligida. O‘sha davr sud qoidalariga ko‘ra sudlanuvchilarning nutqi uch qismdan tashkil topgan. Ular nutqlarining kirishi sud hay’atiga murojaatdan boshlangan va shu orqali hay’atning iltifotiga erishishga urinishgan. Nutqlarining asosiy qismida esa voqea- hodisalar tafsilotini aniq va ravshan hikoya qilishga, nihoyat nutqining yakunida aytgan gaplarining to ‘g‘riligiga, dalillarga ishontirishga uringan, o‘ziga raqib bo‘lgan tomonlarning dalillarini puchga chiqarib, o ‘zining haq ekanligiga mumkin qadar ishontirishga bor kuchini sarflashgan.Lisiyga qadar va undan keyin o‘tgan logograflar yozib bergan nutqlarida bor kuchni nutqning kirish va xulosa qismiga berib, asosiy hikoya qilib beriluvchi bayonot qismiga ko‘proq e’tiborni qaratmaganlar. Lisiy esa ulardan farqli o‘laroq, butun fikrni kirish va xotima qismiga sarflamasdan, notiqlik mahoratini ko‘rilayotgan ishning — ya’ni, voqea-hodisalarning tafsilotini sodda va aniq, ravshan hikoya qilishga qaratadi. Lisiy yozgan nutqining bayonot qismidagi nafisligi kamdan-kam' logograflarga nasib etgan. Lisiy voqealar bayonini yozganida oddiy so‘zlar orqali qisqa va lo‘nda hikoya qilish yo‘lidan borib, dalil va da’volarni bayonotga yog‘day singdirib yuboradi. Natijada bitilgan nutq qanchalik sodda bo‘lmasin, shu sodda nutq tagida yashirinib yotgan tabiiy holat va samimiyat tinglovchilar qalbiga yetib boradi. Natijada hay’at a’zolari ko‘nglida ham gunohkorga nisbatan rahmdillik kayfiyatini uyg‘otadi. Bu o‘rinda bir misolga fikrimizni qarataylik: Eratosfen ismi shaxsning Evfilet tomonidan o‘ldirilishi haqidagi sud majlisida bu holat yaqqol seziladi. Mazkur ish yuzasidan gunohkor sifatida sudga tortilgan qotil Evfilet hay’at a’zolariga o'zining shaxsiy turmushi haqida hikoya qilib beradi. U uylanganining dastlabki paytlarida xotiniga ishonolmay yuradi. Birinchi farzandi tug'ilgandan so‘ng xotiniga ishonchi va mehri ortadi. Xotinini ko‘p tergamay qo'yadi. Shunday kezlarda Evfiletning onasi olamdan o‘tadi. Dafn marosimida Eratosfenning nigohi Evfiletning go'zal xotiniga tushib, unga yetishish uchun yo‘l izlaydi. U maqsadiga erishish uchun Evfiletning uyida oqsochlik qiladigan qizni qo‘lga oladi. Qizning ko‘magida Evfiletning xotini bilan topishadi. Evfilet esa xotinining xiyonatini sezmasdan xotirjam
yashayveradi. Shunday kunlarning birida notanish bir ayol uni xotinining sirlaridan ogoh qiladi. Ayolning gaplariga qaraganda, Eratosfen bu ayolning ham bekasini yo‘ldan urgan va tashlab ketgan. Bu sovuq xabarni eshitgan Evfilet uyidagi oqsoch qizni qistovga olib so'rasaki, haqiqat bo‘lib chiqadi. Shundan so‘ng, Evfilet Eratosfen bilan xotini o‘rtasidagi jirkanch jinoyatni ochishdan cho‘ri qizdan yordam so'raydi. Qizning yordami badaliga uning
gunohidan kechishga va’da beradi.Tez orada Evfilet oqsoch qizning xabariga ko‘ra, raqibini qo‘lga tushishiradi. Uch - to‘rtta qo‘ni-q o‘shnilardan guvoh sifatida foydalangan Evfilet ular bilan birga xotinining yotog‘iga bostirib kiradi va Eratosfenni jinoyat ustida qo‘lga olib, uni o‘ldiradi. Lisiy Evfiletning tabiatiga mos nutqni yozgan. Evfiletning soddaligini, biroz bo‘lsa-da, laqmaligini hisobga olgan, biroq vaqti kelganda o‘z oriyati yo‘lida hech narsadan qaytmasligini, darg‘azab qasoskorga aylanishini ko‘rsata oladigan nutq uslubini topgan. Evfiletning oddiy tilda aytgan hikoyasini eshitgan har bir tinglovchi voqeani go'yo o ‘z ko‘zlari bilan ko‘rgandek his etib, shohidlar o`ziga xayolan qo'shilganini sezmay qoladi. Bunday o ‘ylab qaralsa, aldangan er, uning go‘zal xotini, begona ayollarni yo‘ldan uradigan dilgir va olifta yigit, ularga qo'shmachilik qilgan oqsoch qizning qiyofasi ko‘z o'ngimizda paydo bo'ladi. Lisiy tomonidan bitilgan har bir nutq sud minbaridan turib gapirayotgan qonunshunosning safsata gaplari emas, balki mohir notiq qalamiga mansub bir asar sifatida ahamiyatli. Uni ijro etayotgan odam go‘yo sud minbari sahnasida rol ijro etayotgan aktyorni eslatib, tinglovchilar ongiga hikoyasini singdirib, ular qalbini junbushga keltiradi.Yunonlarda notiqlik san’atining quloch yoyishi sud notiqligidan , harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik turlarining, sal o‘tmay epideyktik —tantanali notiqlik paydo bo`lishiga olib keldi.
Epideyktik notiqlikda balandparvoz so‘zlar ishlatilar, shu bois ham bunday nutq matnini tayyorlash anchagina izlanishni talab qilardi. Natijada logograflar o'zlaridan oldingi voizlarning merosiga va xalq og‘zaki ijodiga murojaat eta boshladilar. Shu tariqa chiroyli so‘zlash san’ati asta-sekin shakllanib, badiiy adabiyotning rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Ya’ni, tragediya, komediya va roman janrlarining tug'ilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Eng muhimi, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanishiga, shuningdek, notiqlik san’ati nazariyasi bo'lmish “ritorika” ilmining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Rimdagi barcha shoirlar va notiqlar shu maktabdan, ya’ni ritorika maktabidan ta’lim olganlar.Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod namunasi sanalgan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o‘z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir.
Aristotel (eramizdan awalgi 384—322-yillar)Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo'lgan Aristotel eramizdan avvalgi 384-yilda Stag‘irda (Makedoniya yarim oroli) shifokor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Nikomax podsho Aminti II saroyida shifokorlik qilgan. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o‘z zamonasining mashhur olimlaridan bo‘lgan Platonga shogird tushadi. Platonning vafotidan so'ng Aristotel 347-yili Afinadan Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. Chunki bu yerda ustozning
tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy homiylik qiladi. Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim orolidagi Mitilen shahriga ko'chib o ‘tadi va u yerda 342-yilgacha yashaydi. 342-yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr ismli 13 yoshli o‘glining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi.Shu davrda Gretsiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Natijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablardan so‘z san’ati ustalari yetishtirib chiqardi. Keyinchalik chiroyli so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan biri Aristotelning «Ritorika» nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur «Poetika» nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan oldingi 330-yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi.Ma’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham «Ritorika» nomli qo'llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o‘xshamaydi. Ularning birinchisi qo'llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo'yicha ilmiy mulohazalardan iborat.Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri va no o'rin talaffuz qilinishi, jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrni ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari,Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil- mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metofaralarni qo‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko'payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
Arsitotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi:

  • Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).

  • Materialni joylashtirish shakli (rejasi).

  • Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish).

  • Materialni so`z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.

  • Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.

Aristotelning fikrlari hozirgi kunda ham o ‘z qimmatini saqlab kelmoqda.
Demosfen(eramizdan avvalgi 384—323-yillar)Umrini ona-Vatanining gullab-yashnashiga bag'ishlagan davlat arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384-yili Afinada o‘ziga to‘q oilada dunyoga keldi. Otasining ismi ham Demosfen bo‘lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.Bo'lajak notiq 5 yoshga to'lganida otasidan ajraladi. Demosfen bilan singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalarning tarbiyasi va merosi vaqtincha tog'asiga topshiriladi. Tog'a esa barcha boyliklarni qo‘lga kiritib olgach, bolalarning tarbiyasi bilan qiziqmaydi. Natijada Demosfen juda nimjon va kasalmand bo`lib o‘sadi. Demosfen voyaga yetgach, tog'asi unga faqat qullari, uyi va uy jihozlarini hamda pulning ma’lum bir qisminigina berib aldaydi. Demosfen tog‘asidan mol-mulkning qolganini yaxshilik bilan qaytarib berishini so‘raydi. Biroq tog‘a bundan bosh tortganidan keyin u qolgan merosini sud orqali undirib olishga qaror qiladi. Sudda muvaffaqiyat qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon so‘zlash, da’vosining
to`g`riligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen notiqlik san’atini o'rganish uchun o‘z davrining meros ishlari bo‘yicha mashhur advokati Isey maktabida ta’lim olishga majbur bo‘ladi. U to'rt yil davomida qunt bilan o‘qiydi va bu davrda ko‘pgina yozuvchilarning asarlari bilan tanishib chiqadi. Ayniqsa, mashhur tarixchi Fukidid (eramizdan oldingi V asrda yashagan Afina tarixchisi va davlat arbobi. U Pelopan urushida ishtirok
etgan va uning tarixini yozgan) va faylasuf Platonning tanlangan asarlarini puxta o‘rganadi. Bo'lajak notiq Fukidid asarlarini sakkiz marotaba qayta ko‘chirib yozib, uni deyarli yoddan o‘zlashtiradi. Demosfen o`qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va sud besh yil davom etadi. Bir necha yil surunkasiga bo'lgan kurash bo`lajak notiq xarakterining toblanishida, bir so`zli va matonatli bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.Yoshlik chog'laridayoq ko‘pchilik oldida so'zga chiqishni orzu qilib yurgan Demosfen o`qish yillarida o `qituvchisi bilan sud majlislariga qatnashadi.Demosfen notiqlik bilan shug‘ullanishdan avval o`z ustozi yo'lidan borib, boshqalarga sudda so`zlanadigan nutqning matnini yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora- bora nutqiy matnlar yozish Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida o‘z ijtimoiy faoliyatini Vatan ravnaqi uchun sarflashni orzu qiladi.Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to`polon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo'ladi.Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning tovushi juda past bo‘lib, bir oz duduqlanar, “R” harfini talaffuz etolmas, g‘o‘ldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, uning yelkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik orasida o'zini to‘gri tuta bilmas edi. Xalq majlislaridan birida Demosfen o ‘zini ikkinchi bor sinab ko‘rdi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so‘ng Demosfen o‘z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto'gri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og'ziga tosh solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. «R» tovushini to‘g‘ri talaffuz etish maqsadida kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o ‘zi ham xuddi shu tovushni qaytaradi. Nihoyat, uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so‘ng Demosfen o‘z maqsadiga erishadi. Mashhur notiq bo‘lib yetishadi. Ammo, shunga qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, oldindan yozib qo‘yilgan matnni yodlab olar, har bir so‘z ustida puxta o‘ylar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar edi. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo‘lardiki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi.Demosfen hech vaqt bo‘lmag‘ur safsatalarni yoqtirmas, xotirjamlik bilan tinglovchilarning fikrini o‘ziga tortar, ularni o ‘zi himoya qilayotgan ishning haqligiga ishontirish uchun butun kuch-quvvatini sarflar edi. Demosfen 30 yoshga to'lganda davlat ishlarida ham ishtirok eta boshlaydi. U o‘zining butun mahorat va bilimini Vatanning dushmani—makedoniyalik podsho Filippga qaratadi. Afina davlati Makedoniya rahbarligiga o‘tgach, Demosfen dushmanlari qaytadan bosh ko‘taradilar. Aslida bu voqeadan bir necha yil ilgari Xalq partiyasi Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni «Oltin gulchambar» bilan taqdirlashga tavsiya etgan, Xalq majlisi ham buni ma’qullab, qaror qabul qilgan edi. Makedoniya tarafdorlari bu qarorga qarshi chiqadilar. Hatto o‘z davrining mashhur notiqlaridan bo‘lgan Esxil majlis qarori ustidan sudga shikoyat qilib ariza beradi. U xalq majlisining noto‘g‘ri qaror chiqarganligini isbotlashga urinib, Demosfenning bunday oliy mukofotga munosib emasligini uqtiradi. Qayta bo‘lgan sud ikki buyuk notiqning yakkama-yakka olishuviga aylanib ketadi.Sud bo‘layotgan maydonga shunchalik xalq to'plagan ediki, go‘yo mavj urib turgan dengizni eslatardi. Demosfenni qoralab so'zga chiqqan Esxil tamomila kurakda turmaydigan gaplar bilan tuhmat toshini ota boshlaydi.«Gulchambar»ni “himoya qilish maqsadida so‘z olgan Demosfen esa, Vatanining gullab-yashnashi yo‘lida tinmay kurashganini, shu bilan birga, Exsilning sotqinlikdan iborat faoliyatini yorqin nutqida obrazli tarzda tasvirlab beradi. G‘animlarning qarshiligiga qaramay, sud juda to‘g‘ri va oqilona qaror chiqaradi. Sud hukmiga muvofiq Esxilga katta miqdorda jarima solinib, Afinadan badarg‘a qilinadi.Demosfenning «Gulchambar» haqidagi nutqi faqat Esxil ustidan qozonilgan g‘alabagina emas, balki Afina va butun Gretsiyadagi vatanparvarlarning tantanasi ham edi.Suddagi muvaffaqiyatidan so‘ng, Demosfenning davlat oldidagi obro‘si yanada oshadi. Biroq, turli sabablarga ko‘ra, Makedoniya bilan Afina o'rtasida boshlanib ketgan urushda afinaliklar mag‘lub bo‘lib, barcha vatanparvarlar o‘z yurtlaridan badarg‘a qilinadilar. Faqat aristokrat boylargagina siyosiy va iqtisodiy huquqlar beriladi. Demosfen sirtdan o‘limga mahkum etiladi. Shundan so‘ng u Kalavri oroliga qochib borib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinadi. O‘sha vaqtlarda ibodatxonaga qochib kirgan odamni, kim bo'lishidan qat’i nazar, qamash yoki o'ldirish mumkin emas edi. Chunki u xudoning panohi va himoyasida hisoblanar edi. Dushmanlari Demosfenning yashiringan joyidan xabar topib, uni tiriklayin qo'lga tushirishga harakat qiladilar. Ular notiqqa bo‘lmag‘ur va’dalarni berib, Antipatra huzuriga olib bormoqchi bo`ladilar. Demosfen o‘z dushmanlarining yovuz niyatini fahmlagach, uyga xat yozish bahonasi bilan ibodatxonaning
ichkarisiga kirib, zahar ichadi.Buyuk notiq eramizdan oldingi 322-yilning 12-oktabrida shu tariqa dunyodan o'tadi.
Sitseron(eramizdan avvalgi 103—43-yillar) Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103-yilda Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keldi. Uning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda o‘tadi. Otasi o ‘z farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko‘chib o‘tadi. Sitseron u yerda Yunon murabbiylari qo`lida tahsil ko‘radi. Yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Lisiniy, Kross va Mark Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini o‘rganadi, ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi.Bo'lajak notiq ayni vaqtda falsafa bilan shug‘ullanadi. Lekin uni ko'proq notiqlik san’ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika va harakatlar bilan so‘zlayotganini kо‘rib, notiq bo'lish uchun aktyorlikdan ham xabardor bo'lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o‘z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi.Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng, 25 yoshida birinchi marotaba xalq oldida nutq so‘zlashga jur’at etadi. U avval fuqarolik, so'ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha gapiradi. Biroq uning bu nutqiga davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashxur notiqlar qarshi chiqadi. Shundan so‘ng u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy bilim olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antio Askalonskiydan ta’lim oladi, mashhur so‘z ustalaridan o'rganish niyatida Kichik Osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi.U ancha vaqtgacha nutq so‘zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat, Osiyo hamda Attika ( 0 ‘rta Gretsiyaning (Yunoniston) janubi-sharqidagi dengiz ichkarisiga ancha yorib kirgan yarim orol Attika deb ataladi) usullari omuxtasidan iborat bo‘lgan yangi bir uslub kashf etadi.Sitseron o‘z zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari singari o‘z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarining jonliligi, jumlalarning nafis bo‘lishiga katta e’tibor beradi.Sitseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini o'rganib yurgan vaqtida Rim hukmdori Sull vafot etadi. Shundan so‘ng yosh notiq Rimga qaytib keladi va 31 yoshidan boshlab davlat ishlarida ishtirok etadi.Sitseron konsullik lavozimiga saylangach, butun notiqlik mahoratini siyosiy nutqlarga bag‘ishladi. U suddagi nutqlarida o‘zi yaratgan uslubdan foydalanib, raqiblarini «qo‘l-oyog‘i bog'langan quyonday taslim qildi». Hukmdor Rull tomonidan qabul qilgan senat qonunlarini qattiq qoralab, Rull tarafdorlariga zarba beradi. Kelgusi yili (59-yil) Sitseron o‘rniga Sezar konsul bo‘lib saylangach, senatning Rull proektiga juda yaqin bo‘lgan yangi qonunlari qabul etiladi. Gabini va Pizonlar o‘zlari konsul bo‘lib ish boshlagan 58-yilning dastlabki davrida Sitseronni Rimdan badarg'a etish haqida hukm chiqarishga harakat qiladilar. Dushmanlari tomonidan qasos olinishi muqarrar ekanligiga ishongan notiq Yunonistonga jo ‘nab ketadi.Vatandan haydalishi Sitseron uchun nihoyat darajada og'ir bo‘ladi. U bir yarim yildan so‘nggina do‘stlarining yordami tufayli Italiyaga qaytib kelish uchun ruxsat oladi. Ona-Vatanga bo'lgan cheksiz muhabbat buyuk notiqning ilhomini tag‘in ham jo ‘sh urdiradi. U nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qila boshlaydi.Oradan ko‘p o‘tmay, mashaqqatli mehnat samarasi sifatida, uning uch kitobdan iborat «Notiqlar haqida» nomli asari dunyoga keladi. Mazkur asar dialog shaklida yozilgan bo‘lib, Litsiniy, Kross, Mark Antoniy, Yuliy Sezar, Strabon, Katull, huquqshunos Ssevola va uning shogirdlari Katt, Sulnitsiy, Ruflarning ijtimoiy va siyosiy nutqlari, ularning notiqlik san’ati hamda bu san’atining eng mayda- chuyda masalalaridan tortib siyosiy muammolargacha bo’lgan fikr-mulohazalarini o‘z ichiga oladi.Sitseronning fikricha, notiq shunchaki sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan, xalq qayg'usiga hamdardlik qila oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun notiqlik san’atiga qiziqqan har bir kishi faqat Ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va o‘zining tabiiy iste’dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm va madaniyatning yuqori cho‘qqilariga intilmog‘i darkor. Bundan tashqari, «Notiqlar haqida» asarining muallifi notiqlarning odamlar diliga qo'rquv, g‘azab va qaygu sola bilishi va aksincha, bu xildagi hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat hislarini uyg'ota olishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatidagi umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh bezovta qiladigan , goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech-qachon o‘zining maqsadaga erisha olmaydi.Sitseron «Brut», «Notiq» nomli boshqa asarlarida Rim notiqlik san’ati tarixi haqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqadi. Uning ta’kidlashicha, har qanday notiqning ko‘zda tutgan asosiy maqsadi tinglovchining zavqini uyg‘otib, ularni o ‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi zarur.Sitseron bu fikrni davom ettirib, «kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o'rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi» deydi. Poeziya tilining vazni va ohangdorligi, uzun va qisqa hijolarning, unli va undosh tovushlarning almashinuvi, bir so‘zning oxiri va ikkinchi so‘zning boshida ikki unlining qator kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, grammatik qoidalarga katta e’tibor berish kabi notiqlik san’atining muhim masalalari ham Sitseron asarlarida o'zining to‘la ifodasini topgan.Tinglovchini toliqtirib qo‘ymaslik uchun nutq davomida ko'tarinki usulni bir parda pasaytirib, nutq mavzuiga aloqador shaxslar bo‘lsa, ularning goh salbiy, goh ijobiy xarakteristikasini berish, ilgari o'tgan mashhur zotlar haqidagi biron latifani eslatib ketish, lozim bo‘lganda, ba’zi bir hayotiy manzaralarni, dramatik voqealarni eslash, o ‘rniga qarab biroz hikmatli so‘z, maqol va qochiriq gapni qistirib o ‘tish — Sitseronning eng sevgan usullaridan edi.Sezar vafotidan so‘ng davlatni uning nabirasi Oktavian boshqarad i. U o‘z davlatini mustahkamlash maqsadida Sitseronning Senat oldidagi mavqei va obro'sidan foydalanmoqchi bo'ladi. Biroq Sitseron Oktavianga ishonmaydi. Sitseronning dushmanlari yangi hukumdorni o ‘zlari tomonga og‘dirib olgach,undan buyuk notiqni qatl etishni talab qiladilar. Shunday qilib, so‘z san’atining mohir ustasi shafqatsiz jazoga hukm etiladi. Oldin uning o‘ng qo‘li qirqib tashlanadi, so‘ngra boshi tanasidan judo qilinadi.Sitseronni butun insoniyat oldida ulug‘lab, obro'sini oshirgan narsa uning ajoyib, takrorlanmas nutqlari bo‘ladi. Uyg'onish davrida Italiya, Fransiya va Olmoniyaning insonparvar olimlari Sitseronning ilhombahsh nutqlarini sevib o'rgandilar. O‘sha davrda chiroyli so‘zlagan kishilar «siseronchilar» deb atalar edi.Rimda bir qancha vaqtgacha notiqlik san’ati rivojlanishdan to‘xtab qoldi. O‘rta asrlarga kelib esa notiqlikning diniy va sxolastik tomonlari avj olib ketdi. Din homiylari notiqlik san’atini o‘z qo‘llariga olganlaridan so‘ng uni o‘zlarining maqsadlarini amalga oshirish uchun xizmat ettira boshladilar. Din ahllarining o‘rtasida ham iste’dodli notiqlar bor edi. Ulardan ayniqsa Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Zlatoust va Avreliy Avgustinlar katta shuhrat qozondi.O‘rta asrlarning ikkinchi yarmidan boshlab, ya’ni XI—XII asrlardan «universitet notiqligi» deb nomlangan notiqlik san’ati rivojlandi. Dorilfununning tarix o ‘qituvchisi Yan Gus ilg'or (progressiv) fikrlari uchun gulxanda yondirilgan. Oksford dorilfununining magistri Duns Skott, sxolastik falsafa o‘qituvchisi parijlik Per Abelyarlar ham san’atning atoqli vakillari edi.O‘rta asrning so‘nggi davrlarida ko‘zga ko‘ringan yetuk notiqlardan biri florensiyalik monax Savonarola edi. U ilk bor cherkovni xristianlikning prinsiplariga qaytishga chorladi. To‘g‘ri, Savonarola cherkovdan voz kechishni targ'ib qilmadi. Shunday bo`lishiga qaramasdan, uning maftunkor nutqlari o‘z-o‘zidan katalitsizmga ketma-ket zarba bo‘lib tushaveradi. Natijada notiqning cherkovdagi xizmati kun sayin og'irlasha boshladi. Ashaddiy dindorlar Savonarolani xuddi Yan Gus kabi ta’qib ostiga olib, turli ig'volar tarqatdilar, so‘ngra tiriklayin gulxanda kuydirdilar. XVI asrda burjuaziyaning tug‘ilishi bilan yangi — insonparvarlik dunyoqarashi shakllana boshladi. Uning xarakterli xususiyatlaridan biri insonning kuch-quvvatiga, aql-zakovatiga ishonch hamda antik dunyo madaniyatiga katta qiziqish uyg‘otish edi. Insonparvarlar xalq yaratgan madaniy boyliklarni ko‘z qorachig'idek saqlashni targ‘ib qildilar. Shuning uchun ham ko‘p vaqtlargacha «uyg`otish» termini «gumanizm» termini bilan yonma-yon turib keldi.Shu davrning ko‘zga kо‘ringan yetuk notiqlari sifatida Erazm Retterdamskiy, Ulrix fon Gutten hamda katolik cherkovining turli xil namoyishlariga o ‘zlarining ajoyib nutqlari bilan zarba bergan Martin Lyuter va Kalvinlarni sanab o‘tish mumkin.Bu davrda Olmoniyada notiqlik san ’atini mukammal egallaganlardan biri Tomas Myunser edi. Myunser dehqonlar o‘rtasida shunday ajoyib nutqlar so‘zlar ediki, uni tinglagan har bir dehqon yuragida yangi hayotga nisbatan katta umid uyg‘onar edi. Hatto shuning natijasida dehqonlar pomeshchik va feodallarga qarshi kurashga otlanib, qo‘zg ‘olon ham ko‘tardilar.
Notiqlik san’ati (Ritorika) tarixi haqida gap ketganda jahon fanida notiqlik san’atining taraqqiyoti eramizdan oldingi V asrning o'rtalarida Afinada deb tan olingan. Qadimgilarning fikricha, notiqlik san’atining asli vatani Sitsiliya orali bo‘lgan. Notiqlik san’atining asoschilari deb sitsiliyalik Korak hamda Tisiyni tan olganlar. Biroq ulardan bizgacha deyarli hech narsa qolmagan. Ular hayoti va ijodi to‘g‘risida fan olamida birozgina iz qolgani
aytiladi. Keyinchalik ularga vatandosh bo‘lgan sofist Gorgiy (483— 376) hamda Lisiy (459—380)larni notiqlik san’atining ulug‘ namoyandalari sifatida ulug‘laganlar. So‘ngra bu fan taraqqiyotida Aristotel, Demosfen, Sitseronlarning ijodi yanada yorqin o ‘rin egallagan.Umuman, notiqlik san’atining fan sifatida tug ‘ilishi, shakllanishi va taraqqiyoti zaminida Gretsiya va Rim notiqlik maktablari muhim o‘rin tutadi. Biroq Markaziy Osiyo va Sharqda, aniqrog‘i, Turon zaminda joylashgan xalqlarning, jumladan, o'zbeklarning ham notiqlik san’ati tarixi manbalari eramizdan oldingi VII asrlarga borib taqalishi adabiy va tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lmoqda. Yodingizda bo'lsa, qadimgi notiqlik san’atining taraqqiyoti zaminida badiiy adabiyot janrlarining paydo bo‘lganligi
antik adabiyot tarixidan ma’lum. Ya’ni avval nutqning paydo bo`lishi, nutq matnlarining yozilishi (logograflar tomonidan), ularning to ‘planishi, tantanali nutqlarda badiiy tasvirlarning yoritilishi natijasida badiiy adabiyotning doston, roman, drama kabi janrlari shakllanib, taraqqiyot yo‘lini tutganligi xususida gap bormoqda. Madomiki, shunday ekan, eramizdan oldingi VII asrlarda yaratilgan xalqimizning qadimiy adabiy va madaniy merosi sanalmish sof turkiy tilda bitilgan Alp Er To‘ng‘a dostoni ham xuddi Yunon va Rim notiqlari nutqlari matnlaridan badiiy ijod namunalari tug‘ilib, shakllanib, taraqqiyotga yuz tutgani kabi bizda ham mavjud bo`lgan notiqlik matnlarining mevasi bo‘lsa-chi? Chunki hech bir xalq tarixida badiiy ijod o‘z-o‘zidan paydo bo'lmagan. Nutq sohasida bo‘ladimi, notiqlik sohasida bo‘ladimi, badiiy ijod sohasida bo‘ladimi, avval ularning og'zaki shakli namoyon bo‘lgan. Aniqrog‘i, yozma badiiy adabiyotdan oldin xalq og‘zaki ijodi yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyot shu og‘zaki ijod zaminidan o ‘sib chiqqan. Buni hech kim inkor etmasa kerak?! Shu ma’noda bizda Turon zaminida yaratilgan Alp Er To‘ng‘a dostoni eramizdan oldingi VII asrda paydo bo‘lgan ekan, o‘zbek notiqligi tarixi ham Yunon va Rim notiqligi tarixidan oldinroq yuzaga kelmaganmikan, degan xulosaga olib keladi. Masalani oydinlashtirish, albatta, tarixchi, tilshunos va adabiyotshunos olimlarimizning dolzarb ilmiy izlanishlarini talab etadigan muammo. Shunday bo‘lsa-da, hozircha bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga tayanib fikr yuritamiz. Bu o ‘rinda taniqli yozuvchi Pirimqul Qodirovning 2005-yilda chop etilgan “Til va El” kitobi kengroq ma’lumot beradi: Turon zaminning eramizdan oldingi turkiy tilda yozilgan Alp Er To‘ng‘a haqidagi dostoni hali atroflicha tahlil etilgani yo‘q.Bu doston bizgacha to'liq yetib kelmagan. Uning besh yuz satrga yaqin ayrim parchalari Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida va Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan.Bu dostonga birinchi bo‘lib katta e’tibor bergan olimimiz professor Abdurauf Fitrat edi. Uning “Eng eski turk adabiyotining namunalari” deb atalgan va 1927-yilda nashr etilgan risolasida
Alp Er To‘ng‘aga bag‘ishlangan 40 satrli marsiya, tang‘uglar bilan Alp Er To‘ng‘aninig jangiga oid 32 satrli she’r, qish va yoz manzaralariga bag‘ishlangan 86 satrli she’riy tasvirlarni adabiy tilimizning eng qadimgi namunalari deb baholanadi.Fitrat Alp Er To‘ng‘aga bag‘ishlangan qadimiy doston parchalarini Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidan va Mahmud Qashg'ariyning “Devonu lug‘atit turk” kitobidan olinganini ko'rsatib o‘tadi.Moskvalik sharqshunos olima I.V.Stebleva ham “Devonu lug'atit turk”da keltirilgan Alp Er To‘ng‘aga bag'ishlangan satr she’rni terib olib, ular orasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni topadi va ularni ming yillar davomida ko‘p qismlari yo‘qolib ketgan ulkan bir qahramonlik dostonining uzviy bo‘laklari deb baholaydi.Bu olimlarning “Alp Er To‘ng‘a” dostoniga oid tadqiqotlarini yangi avlodga mansub adabiyotshunoslarimiz M.Ibrohimov va Sh.Xolmatovlar davom ettirdilar. Bu ishlarning yakuni sifatida Abdurashid Abdurahimovning so‘zboshisi va tahriri bilan 1995- yilda “Alp Er To‘ng‘a yoki Afrosiyob jangnomasi” degan kitob nashr etildi.Bu kitobning kirish qismida Alp Er To`ng‘aga quyidagicha baho berildi: “Alp Er To‘ng‘a miloddan avvalgi VII asrda Turon davlati shakllanishiga asos solgan buyuk xoqondir... Eronliklar
Alp xoqonni Afrosiyob deb ataganlar. Og‘zaki va yozma adabiyotda Alp Er To‘ng‘aning bahodirligini madh etuvchi katta doston yaratilgan. Doston qahramonlik mavzuida bo‘lib, uning tiklanishi turkiy xalqlar dostonchiligi tarixini eramizdan avvalgi asrlardan boshlashga imkon beradi.Alp Er To‘ng‘a haqidagi she’riy dostondan kelib chiqqan holda adabiyotshunos olimlar bu qahramonga baho berishda tarixchilarimizga nisbatan ancha dadil fikr bildirmoqdalar.Tarixichilarimiz Alp Er To‘ng‘aga oid to ‘liq ma’lumotlarni
tarixi manbalardan topolmaganlari uchun ularda “Alp Er To‘ng‘a tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy qahramonmi?” degan ikkilanishlar bor. Buning yana bir sababi, Firdavsiyning “Shohnoma” asarida Afrosiyob salbiy qahramon qilib ko‘rsatilganligidir.Buxoro tarixiga oid juda qimmatli malumotlar bergan Narshaxiy yozadi:’’Afrosiyob Romtan (Romitan) shahrini bunyod qilgan. Romtan Buxorodan qadimiyroqdir. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga kelganda Romtanda turgan, boshqa joyda turmagan. Forsiylarning kitoblarida aytilishicha, Afrosiyob ikki ming yil yashagan va jodugar bo‘lgan, asli Nuh payg‘ambarning o‘g‘illaridan ekan. U o ‘zining Siyovush nomli kuyovini o‘ldirgan. Siyovushning Kayxusrav nomli o‘g‘li bo‘lib, otasining xunini talab qilib Afrosiyobni o ‘ldirdi. Afrosiyobning qabri Buxoroning Ma’bad darvozasi yaqinidagi katta tepalik ustidadir. Narshaxiy o‘z nomidan keltirgan tarixiy faktlarda Afrosiyobning bunyodkor podshoh bo‘lganini, Buxorodan ham qadimiyroq Romitanni qurganligini, bu viloyatga kelganda doim shu Romitanda turganligini, “Afrosiyob” nomi bilan bizgacha yetib kelgan tarixiy Romitan qal’asi o‘z davrining podsholari turadigan poytaxt shahar bo‘lganini yozadi. Biz Buxoroning 2500 yillik to‘yini o ‘tkazdik. Agar Romitan undan ham oldin qurilgan bo‘lsa, demak, bu joyni qurdirgan Alp Er To‘ng‘a — Afrosiyob eramizdan oldingi yettinchi asrda yashab o‘tgan bo‘lishi mumkin.
Xalq og'zaki ijodining ilk tajribalari notiqlik san’atiga, badiiy so‘z san’atining ravnaqiga, yozma adabiyotga boy manba bo‘lib xizmat qilib kelgani va kelayotgani barchaga ma’lum, shu ma’noda “Alp Er To‘ng‘a” dostoni, muqaddas kitob “Avesto”, O‘rxun va Enasoy yodgorliklari va boshqa yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o‘rganishda muhim manba bo'lish bilan birga, ma’lum notiqlik san’atiga undovchi, unga manba bo'luvchi qimmatga ham egadir.“Avesto”ning muqaddas kitob sifatida to ‘la shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. “Avesto”da notiq foydalanishi lozim bo‘lgan o‘rinlar juda ko‘p. Jumladan, “G‘alla yerdan unib chiqqanda devlar larzaga keladi, g‘alla о‘rib olinayotganda devlar nola — faryod chekadi, g‘alla yanchib un qilinayotganda esa devlar mahv bo‘ladi... G'allani mo‘l- ko‘l bo‘lishi go‘yo devlarning labiga qizdirilgan temir bosgandek ularni tumtaraqay qiladi...” Bu jumlalar orqali odamlarni mehnat qilishga, mehnatga muhabbat bilan yondoshmoqqa chaqirish mumkin. Unda notiqlik kuchini oshiradigan da’vat mujassam. Demak, notiq uchun bu kabi dav’atkorlikka undovchi misollar “Avesto”dan keng o'rin olganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. “Avesto”dan o‘rin olgan rivoyat va afsonalardagi vatanni himoya qilishga chorlovchi, qahramonlikka undovchi “ Siyovush” (’’Siyovarshan” deb berilgan “Avesto”da) kabi qahramonliklarning butun xatti-harakati da’vatkorlik qudratiga ega. Biroq milodgacha notiqlik san’ati tarixi notiqlik maktablari uchun manba va material bera olgani holda, maktablar darajasiga o‘sib chiqmagan bo'lishi mumkin. Ammo kim kafolat bera oladi, qadimgi Afinada, Yunoniston va Rimda paydo bo‘lgan notiqlik maktablarida yoki maktab darsliklarining paydo bo'lishida “Alp Er To‘ng‘a” dostoni, “Avesto” kabi muqaddas kitob yoki “Bundaxishn” hamda “Denxard” kabi qimmatli manbalarning ta’siri bo'lmaganligiga. Albatta ilm va fan qayerda bo‘lmasin, qaysi bir xalqda yaratilmasin, o‘zaro bir-biriga ta’siri bo‘lishi tabiiy holat. Jahon ilmida o‘zaro ta’sir hamisha bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Shu asosda jahon fani, qaysi sohada bo‘lmasin, bir-birini to‘ldirib, boyitib boradi.Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti, shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan.Vaz’xonlikning, balog‘at (chechanlik, notiqlik) san’atining o'suvi barobarida nutq oldiga qo‘yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qashg‘ariy, Zamaxshariy, Abu Ya’qub Sakkokiy tilga, lug‘atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.Buyuk qom usiy olim Beruniy (973—1048) o ‘zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, har bir fanning inson
hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab munozaralarga sabab boiadi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Bu mantiq fani
edi. Inson nutqida shubhali o ‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o ‘rganmasdan, uni malomat qilganlarga hayron qoladi va ularga achinib: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog'lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o ‘lchovi) va mantiqni (logika) mutolaa qilganida edi, so‘zning (nutq) nasr va nazmga ajralishini bilgan bo'lardi» — deydi (Beruniy.To'plangan asarlar.I ll tom, 192, 64-bet). Demak, Beruniy nutqning ikki xil — nasr, nazm ko‘rinishi borligini ta’kidlamoqda. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari, nazm aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning ta’sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur.
Beruniy yozadi: «Nahv nasrda va aruz nazmda aytilgan so‘zning me’yorini o‘lchovi va xatosini tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo‘lib qoldi, lekin nahv bular ikkisining umumiyrog‘idir, chunki u nasrni ham, nazmni ham birgalikda o‘z ichiga qamrab oladi» ( O‘sha asar, 64-bet).
«Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo'ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi» ( 0‘sha asar, 64-bet).Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. Uningcha, shakl mazmunga hizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir.Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy (870—950) to‘g‘ri so'zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo‘rligi haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi — jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman».Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlarni qanday tartibga solishni hamda narsalar (substansiya) va hodisalarning (aksidensiya) joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi.Uchinchi ilm mantiqdir: «ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to ‘g‘ri, nima yolg'on ekanligi haqida hukm chiqaramiz» (Abu-Nasr Forobiy. Risolalar, Т., 1975, 54-bet).
Ko‘rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va ularga katta ahamiyat berganlar. Beruniy ham, Forobiy ham qadimgi grek falsafasiga va boshqa fanlarga oid asarlardan oziqlanibgina qolmay, ularni to'ldirdilar, g‘alat o'rinlarga izoh berdilar.Beruniy bilan zamondosh bo‘lgan Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997-y.) ham o'zining “Mafotix-ul-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asarid a o`sh a davr notiqligining ba’zi bir masalalari, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta ’rifi haqida, shuningdek, devonxona ish qogozlari va ularning shakllari,ishlatiladigan atamalar haqida ma’lumot beradi. Asarning beshinchi bobida aruz va qofiya ilmi hamda she’riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ularning fazilatlari va nuqsonlari ustida so‘z boradi. Asarda aruz ilmi, undagi 15 bahr ko'minishlari she’riy misollar bilan beriladi. Aruz ilmiga tutash qofiya ilmi, uning istilohlari ta’rif va izohlar bilan qayd etiladi. Asarning beshinchi bobi besh bo'linmadan tashkil topgan. Beshinchi bo‘linma X asr O‘rta Osiyo she’riyatiga bagishlangan. Bu shuni ko‘rsatadiki, X asrdayoq o'lkamizda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi (X. Xayrullayev, R.M. Bahodirov. Abu Abdulloh al-Xorazmiy. M. 1988, 58-bet; « 0 ‘zbek. adabiyoti va san’ati» gaz., 1989, 18-avgust).
So'zning qadri, undan foydalanish, kam so'zlab, ko‘p ma’no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida XII—XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar bildirganlar.Ulug‘ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlaming XII asrdan ajoyib badiiy yodgorligi bo'lgan “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so‘zlami to ‘g‘ri tanlash va qo‘llash haqida: “Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur” degan edi. Gapirishdan maqsad so'zlovchining ko‘zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to‘g‘ri, ta’sirchan yetkazishidan iborat. Shunday ekan, nutqning to‘g‘riligi, ravonligi va mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə