Hanklarda &uxgalteriya msoB


BO‘LIM. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə3/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

BO‘LIM. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY ASOSLARI

  1. BOB. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY ASOSLARI

  1. Banklarda hisob-operatsion isblani tashkil etish

Banklarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisob-ope­ratsion ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va samarali nazoratning joriy etilishi bank vazifalarini to'liq bajarishini, investorlar, kre- ditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar va mijozlar, shuning- dek, bank aksiyadorlari uchun zarur axborotlar olish va qarorlar qabul qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulami joy- lashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni hisobvaraqlarda aks ettirish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish bank buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi.
Banklaming aktivlari, majburiyatlari, kapitali, zaxirasi, da- romad va xarajatlari, foyda va zararlari hamda ularning harakati bilan bogliq operatsiyalari bank buxgalteriya hisobining obyekti hisoblanadi.
0‘zbekiston banklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va tegishli me’yoriy hu|jatlarni ishlab chiqish va joriy etish O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri- sida»gi qonunning 5-moddasiga asosan O'zbekiston Respubli- kasi Markaziy bankiga yuklatilgan. Markaziy bank «0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq samarali to‘lov tizimini tashkil etish va banklarda buxgalteriya hisobi hamda hisobotlarini aniqlash huquqiga ega.
0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarda buxgal­teriya hisobini samarali tashkil etish, banklar orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalarning haqqoniyligini ta’minlash maq-

sadida respublika Markaziy banki va uning hududiy bosh boshqarmalarida tegishli tarkibiy tuzilmalarga ega. Shuningdek, respublika tijorat banklari tarkibiy tuzilmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, nazoratini amalga oshirish va amaliyotga joriy qilish bo'yicha mas’ul boshqarma va bo‘limlar faoliyat ko’rsatadi.
0‘zbekiston bank tizimida buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga oshirish to‘liq avtomatlashtirilgan elektron tolov tizimiga o'tkazilgan, mazkur vazifalarni amalga oshirish Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan Axborotlashtirish bosh markazi va uning hududiy bo'linmalari zimmasiga yuklatilgan.
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kabi banklar buxgalteriya bisobining asosiy maqsadi undan foydalanuvchi- lami o‘z vaqtida toiiq hamda aniq moliyaviy va boshqa bux­galteriya axboroti bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda bank buxgalteriya hisobi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
—hukumatni iqtisodiyot tarmoqlari ©‘rtasida pul oqimlari ustidan monitoring o‘tkazish va ijtimoiy—iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan qarorlami qabul qilish uchun zarur bolgan ma’lumotlar bilan ta’minlash;
—xalqaro moliya tashkilotlari, investorlar va xorijiy
hamkorlami banklaming faoliyati va moliyaviy holati bo'yicha ma’lumotlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish;
—Markaziy bankning mamlakat pul tizimi, pul o‘tkazmalari ustidan nazorat qilish, monetar siyosatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash; ■
—tijorat banklari boshqaruv kengashi va aksiyadorlari, investorlari va mjjozlar uchun qarorlar qabul qilish va zarur axborotlami olish imkoniyatini yaratish va boshqa maqsadlami o‘z ichiga oladi.
Markaziy bank va tijorat banklari buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
• hisob-kitob, kassa, valuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ulami buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish;

  • bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;

  • bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarish- lar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati fao- liyatiga baho bemvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;

  • bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish;

  • hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish;

  • bankdan chiqayotgan hujjatlami tegishli tarzda rasmiy- lashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlash- tirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsa- tuvchi mijozlaming operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablaiga muvofiqlashtirishni tashkil etish;

  • bankdagi pul mablag'lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo'ymaslik hamda belgilangan tartibda ulaming saqlanishini tashkil etish;

  • operatsiyalaming qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ulaming natijalari bo‘yicha ma ’ lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;

  • pul to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladigan tolovlar va pul o'tkazmalaming iqtisodiy xafsizligi hamda qonuniyligini ta’minlash;

  • zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish kabi masalalar shular jumlasidandir,

Banklaming moliyaviy mablaglarini vujudga kelish manbalari va ulaming joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va passiv qismdan tashkil topgan ikki tomonning o‘zaro tengligidir. Bank balansining passivida moliyaviy mablaglaming vujudga kelish manbalari,
lining aktivida esa moliyaviy resurslaming tegishli maqsadlarga joylashtirilishi aks ettiriladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə