Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi


Suvaladigan gidroizolyatsiya



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə24/40
tarix13.04.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#105416
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnalogiyasi

2.4. Suvaladigan gidroizolyatsiya
Gidroizolyatsiyaning bu turi 0,5...0,6 MPa gidrostatik bosimga bardosh bera oladi. Suvaladigan gidroizolyatsiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
Turli zichlovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan tsement-qumli qorishmalar;
Polimertsementli va steklotsementli qorishmalar;
Bosim bilan sochiladigan kolloidli tsement qorishmasi;
Mayda qumli asfaltbeton (asfaltli suvaladigan gidroizolyatsiya).
TSement-qumli izolyatsiyani ko‘pchilik hollarda bo‘yaladigan yoki yopishtiriladigan gidroizolyatsiya bilan birgalikda qo‘llaniladi. Suvaladigan gidroizolyatsiyaning ishonchliligini oshirish uchun uni metall to‘rlar va shisha matoli materiallar bilan simlanishi mumkin (2.9-rasm).

ГСС

2.9-rasm. Yer osti konstruktsiyalarining suvaladigan gidroizolyatsiyasi
1-izolyatsiyalanuvchi konstruktsiya; 2-gruntovka qatlami; 3-suvaladigan izolyatsiya; 4-metall to‘r; 5-anker; GSS-grunt suvlari sathi.

Suvaladigan gidroizolyatsiyada mineral bog‘lovchi sifatida suvga bardoshli kirishmaydigan tsementlardan (VBTS) va suvga bardoshli kengayuvchi tsementlardan (VRTS) yoki zichlovchi qo‘shimchalar (tserezit, suyuq shisha, natriy alyuminat, bitumli va lateksli emulsiyalar) qo‘shilgan portlandtsementdan foydalaniladi. Gidroizolyatsiya qatlamining qalinligi 5...40 mm ni tashkil etadi.



2.10-rasm. Quvurlar kesib o‘tgan joylarning suvaladigan gidroizolyatsiyasi
1-metall xomut; 2-suvaladigan izolyatsiya; 3-shisha mato; 4-keramik plitka; 5-izolyatsiyalanuvchi konstruktsiya; 6-quvur.
Agar izolyatsiyalanuvchi yuzalar vaqti-vaqti bilan namlanib turadigan bo‘lsa (sanitariya uzellari, vanna, kuxnya, oshxonalarning yordamchi xonalari), shuningdek quvurlar kesib o‘tgan yuzalarda suvaladigan izolyatsiya shisha mato bilan simlanadi va pol sathidan kamida 120 mm balandlikka mahkamlanadi (2.10-rasm).
Suvaladigan gidroizolyatsiyani hosil qilish texnologiyasi. Suvaladigan izolyatsiyani hosil qilish ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: yuzalarni tayyorlash; deformatsiyalanish ehtimoli bo‘lgan joylarni kuchaytirish; izolyatsiyalovchi suvoq qatlamini hosil qilish; gidroizolyatsiya qatlamini vertikal va qiya yuzalardan sirpanib tushib ketishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar.
Yuzalarni tayyorlashda tozalash, tekislash va quritish ishlari amalga oshiriladi. Deformatsiyalanish ehtimoli bo‘lgan joylar metall to‘r, shuningdek shisha mato bilan kuchaytiriladi.
Suvoq qatlamini izolyatsiyalanuvchi yuza bilan yaxshi yopishishini ta’minlash uchun yuzadagi qotib qolgan beton chiqiqlari qirqib olinadi, yuza chekib chiqiladi, silliq yuzalarga qum yuvuvchi apparat yordamida ishlov beriladi, yuzalar changdan tozalanadi, yuviladi va quritiladi.
TSement-qumli izolyatsiya qatlami odatda mexanizatsiyalashgan usulda hosil qilinadi; ishlar hajmi uncha katta bo‘lmagan hollarda va bajarish noqulay bo‘lgan joylarda qo‘lda bajariladi. TSement-qumli tarkiblarni mexanizatsiyalashgan usulda sochishda tsement-pushka, qorishma nasosi va suvoqchilik agregatlaridan foydalaniladi.
Kolloidli tsement qorishmasidan izolyatsiya qatlamini hosil qilishda qorishma tsement-pushka yordamida 0,25...0,3 MPa bosim ostida sochiladi. Quruq tsement-qum aralashmasi tsement-pushka kamerasiga joylashtiriladi va bosim bilan sochuvchi moslama (forsunka) ga uzatiladi. Forsunkaga 0,05...0,15 MPa bosimda yuborilgan suv bilan quruq holdagi qorishma aralashmasi 0,25...0,3 MPa bosim ostida, katta tezlikda otilib chiqadi va izolyatsiyalanuvchi yuzaga zich qatlam hosil qilib yopishadi. Qorishmani bosim bilan sochish davrida forsunka yuzadan 50 sm masofada ushlab turiladi va aylanma harakatlantirish natijasida suvoq qatlamining bir xil qalinlikda berilishiga erishiladi. Suvoq qatlamining yuzasini silliqlash uchun 4...5 mm qalinlikda, mayda qumli tarkibga ega bo‘lgan qo‘shimcha qatlam beriladi va bu qatlam tsementning ushlashish davri boshlangunga qadar silliqlab chiqiladi.
Bosim bilan beriladigan izolyatsiya qatlami qirqilgan shisha tola bilan simlanishi ham mumkin. Bunda dastlab qorishma qatlami beriladi va unga qirqilgan shisha tolalar bosim ostida purkab chiqiladi. Izolyatsiya qatlamining umumiy qalinligi 8...10 mm ni tashkil etadi va yuqori darzbardoshligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi.
TSement-qumli qorishmadan izolyatsiya qatlami hosil qilingach, uning sirti bitumli lak va emulsiya bilan bo‘yaladi; natijada izolyatsiya yuzasida suv o‘tkazmaydigan qatlam hosil bo‘ladi va tsementning gidratlanish jarayoni uchun qulay muhit yuzaga keladi.
Suvaladigan gidroizolyatsiyaning ishonchliligi izolyatsiyalanuvchi asosning bikirligiga va suvning ta’siriga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari bu turdagi izolyatsiyani qo‘llaniladigan bino va inshootlarda cho‘kishlar oxiriga yetgan bo‘lishi kerak.



Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə