I bob. Muqobil energiya manbalari


Elektr energiyasi ishlab chiqarish turlari bo’yicha ekologik jarima bali



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə11/12
tarix24.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#160953
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
AHOLINING ENERGETIK TALABINI QONDIRISHDA MUQOBIL ENERGETIKANING O\'RNI

Elektr energiyasi ishlab chiqarish turlari bo’yicha ekologik jarima bali.


2.2.2. – jadval

Yoqilg’i/texnologiya

Ekologik jarima bali

Qo’ng’ir ko’mir


1735

Neft yoqilg’isi


1398

Tosh ko’mir


1356

Yadro yoqilg’isi


672

Quyosh foto elementi


461

Tabiiy gaz


267

Shamol


65

Kichik GES


5



2.2.3 – rasm. Jarima ballarining ko’rsatkich diagrammasi
1- uran (1735) 2- neftli yoqilg’i (1398) 3-tosh ko’mir (1356) 4-yadro yoqig’isi (672) 5-quyosh fotoelektrik elementi (461) 6- tabiiy gaz (267) 7- shamol (65)
8-kichik GES (5).
Bu izlanishlar natijasida quyidagi xulosaga kelingan: ekologik xavfsizlik QTEM energetik qurilmalarida nihoyatda katta, an’anaviy elektr stanstiyalariga nisbatan; QTEM an’anaviy energiya manbalariga nisbatan 31 marta atrof-muxitga kam tasir qiladi (qazilma yoqilg’i hisobiga); qo’ng’ir ko’mirdan olinadigan xuddi shu 1 kVt.s energiyaga nisbatan 1 kVt.s elektr energiyasi kichik GESda 300 marta toza xisoblanadi.
Mikro GESlar atrof-muhitga sezilarli ta’sir etmaydi, jumladan: iflos gazlar chiqarish (SO2, CO2, NO2), kislotali yomg’irga, tuproqni suv bosishga, iqlimni o’zgartirishga, azon qatlami emirilishiga va h.k. olib kelmaydi.
Shu bilan birga aytish mumkinki, kichik GESlar ishlatilishida daryoning florasi va faunasidan o’zgarmaydi va biologik turlarning kamayishiga olib kelmaydi. Katta GESlardagi kabi kichik quvvatli gidrostanstiyalar qishloq xo’jaligi yerlarining suv bosimiga daryo qirg’oqlariga tegishli yerlar gidrologik rejimini o’zgartirmaydi.
Shovqinlar ta’siri noqulay sharoit tug’diradi, chunki bunda uning kattaligi 45 db dan 100-450 t katta masofada bo’lishi kuzatilgan. Eng katta muammo shovqinning eshitish darajasidan past chastotalisi hisoblanadi, ya’ni elastik to’lqin hosil qiladigan 16 Hz dan past chastotadir. Bunday to’lqinlar havoda sezilarsiz darajada yutiladi va uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Katta amplitudalarda shovqinlar og’riq ta’sirini berishi va tirik mavjudotlar psixologiyasiga ta’siri kuchli bo’lishi mumkin.

XOTIMA

  1. Hozirgi kunda qayta tiklanmaydigan energiya manbalari zahirasi kundan-kunga kamayib ketmoqda. Energiya manbalarini qayta ishlab chiqarish va uni aholiga yetkazib berish jarayonida yoqilg’ining bor yo’g’i 25 % foydali ishga sarf bo’lmoqda. Qolgan qismi esa issiqlikka va atrof-muhitga chiqindi sifatida yo’qolib bormoqda.

  2. Energiya manbalarini tejash, atrof-muhitni tozaligini saqlash va moliyaviy jihatdan arzon energiya manbalari yer aholisi uchun zarur hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari xuddi shu vazifalarni amalga oshiradi. Shamol, suv, biomassa, quyoshdan olinadigan energiya manbalari bemalol insonning energiyaga bo’lgan ehtiyojini qondira oladi. Shulardan eng maqbuli O’zbekiston sharoitiga to’g’ri keladigani bu quyoshdan olinadigan energiya manbaidir.

  3. Quyosh, shamol, biogaz kabi tabiiy zahiralar asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz energiya bilan ta’minlash va atrof-muhitni muhofazalashda muhim ahamiyatga ega.Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishga dastlab bir qadar ko’proq mablag’ sarflansada, ular iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi.

  4. An’anaviy yoqilg’i bilan ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod oksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg’ir suvlari bilan qo’shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg’ir tarkibida yerga tushib, o’simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi. Atrof-muhitda bunday kislotalarning ko’payishi oqibatida, og’ir metallar oziq-ovqatlarga va pirovardida shu mahsulotlar orqali inson organizmiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda bir zarar ikkinchi bir zararni ham o’zi bilan birga olib keladi.

  5. MathCAD 2001 Professional muhitida zararli moddalar konsentratsiyasining ruxsat etilgan chegaraviy qiymati hisoblash dasturi ishlab chiqildi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə