Ibbiy etika asoslari


 Yatrogeniya to’g’risida ma’lumot



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

1. Yatrogeniya to’g’risida ma’lumot. 
Yatrogeniya- (jatros -vrach, genesis- vujudga keltirmoq), bu vrachning yoki 
tibbiyot xamshiralarining noshud suxbati, nojo’ya xatti-xarakatlari, bilimsizligi 
yoki, bir so’z bilan aytganda, shifokorlarning aybi tufayli bemorda yangi 
kasalliklar paydo bo’lishidir. Buyuk alloma Buqrotning "bemorga eng avvalo zarar 
keltirma" degan naqlini yodda tutish zarur. Yatrogen kasallik bugungi tibbiyot 
amaliyotida bemorlar orasida 10 foizni tashkil etadi. Diagnostika va davolashning 
yangi va ilg’or usullari (yani “agressiv meditsina”), ilgari aniqlanmagan, yatrogen 
patologiya deb atalmish xolatlarni keltirib chiqardi. Bu - tibbiy aralashuvning 
yomon oqibatlari, ayniqsa noto’g’ri diagnoz asosida o’lim sodir bo’lish xollaridir.
Misol: taxmin qilingan kasallik chiqmay, operassiyaning o’lim bilan tugashi, 
boshqa mos kelmaydigan gurux qon quyish natijasida o’lim sodir bo’lishi, kuchli 
ta'sir ko’rsatuvchi dori-darmonlardan noto’g’ri foydalanish, dori-darmonlar 
ta'sirida xatto o’limga olib keladigan allergik xolatlar, o’mrov osti venalariga 
asossiz va noto’gri o’rnatilgan naycha oqibatida o’lim sodir bo’lishi, turli 
diagnostik (endoskopiya, laporoskopiya, angiografiya va x.k. va profilaktik 


emlashlar oqibatida o’lim sodir bo’lishi va x.k.). Ilgari bunday xollarning
xammasi asosiy kasallikning asoratlari yoki davolashning asoratlari deb qaralardi. 
Oxirigi yillarda IX - Xalqaro Kasalliklar Tasnifi qayta ko’rib chiqilgandan 
so’ng yuqorida ko’rsatib o’tilgan va boshqa shunga o’xshash xollar asosiy kasallik 
darajasiga ko’tarildi.
2. Yatrogeniya guruxlari va ularni yuzaga keltiruvchi sabablar. 
Barcha yatrogeniya xolatlarini tibbiy aralashuvning xarakteri va kasallikning 
kechishi va tanatogenezga ta'siriga ko’ra bir necha guruxlarga bo’lish mumkin. 
1. Ikkinchi kasalliklar yuzasidan statsionarga tushgan bemorlarga nisbatan
sodir qilingan yatrogeniya - ya'ni ilgari birinchi kasallik yuzasidan jarroxlik 
amaliyoti qilingan bemorlar sog’ayib ketib, uzoq vaqt o’tgandan so’ng ularda 
ikkinchi kasallik yuzaga kelgan va bu bemorlar qaytadan statsionarga tushgan 
xollar. Masalan jarroxlik amaliyotidan keyingi chandiqlar, demping sindrom, yoki 
yaxshi operatsiya qilinmagan oshqozon yara kasalligi, bitishmali ichak tutilishi, 
anastamoz yetishmovchiligi va x.k. qayta jarroxlik amaliyotiga muxtoj bo’lgan 
bunday xolatlar turli asoratlar kelib chiqqanligi uchun bemorlarning o’limiga sabab 
bo’ladi, demak asosiy kasallik - ikkinchi kasallikdir (ya'ni birinchi jarroxlik 
amaliyotiga olib kelgan kasallik emas). 
2. Texnik xatoliklar bilan olib borilgan xirurgik jaroxat natijasida vujudga 
kelgan o’lim. Bunday xolatlarni o’z navbatida 2 guruxga bo’lish mumkin. 
a) Jarroxlik amaliyotidan keyingi, operativ aralashuvning oqibatida kelib 
chiqqan o’lim. Xirurgik jaroxat bunday xollarda asosiy kasallik o’rnini egallaydi. 
b) Jarroxlik amaliyotidan keyingi, lekin bunday aralashuvni ko’tara olmaslik 
(umumiy axvolning juda ogirligi, kasallikni o’tkazib yuborilganligi) yoki infeksion 
asoratlar oqibatida sodir bo’lgan o’lim. Bunday xolatlarda operativ aralashuv 
asosiy kasallikning asoratlari orasidan o’rin oladi. 
3. Narkoz tufayli sodir bo’lgan o’lim. Uning sabablari quyidagilardan iborat: 
narkozni (preparatni) ko’tara olmaslik (individual), uni meyoridan ko’p berish, 
asfiksiya (bo’g’ilish), kech intubasiya qilish, erta ekstubasiya qilish, bronxospazm 
va x.k. Bunday o’lim jarroxlik amaliyoti boshlanmasidanoq sodir bo’lishi mumkin. 


Shuni aloxida qayd etish kerakki narkozdan o’lim sodir bo’lganda, uni asosiy 
kasallik o’rnida ko’rib, mavjud kasallik fon kasallik sifatida qaraladi. 
4. 
Diagnostik 
muolajalar 
(angiografiya, 
laporoskopiya, 
pnevmoensefalografiya, biopsiya va x.k.) oqibatida sodir bo’lgan o’lim. 
O’tkazilgan diagnostik muolaja asosiy kasallik xisoblanib, taxmin qilinayotgan 
kasallik "fon"kasalliklari qatoriga kiritiladi. 
5. Xavfsiz bo’lmagan o’smani yanglishib xavfli deb, kimyoviy dori-darmonlar 
(yoki nur) bilan davolash oqibatida sodir bo’lgan o’lim. Bunday xolatlarda 
kimyoterapiya (yoki nur) o’lim sodir bo’lishida asosiy sabab deb qaraladi. 
6. Gemotransfuziya oqibatida sodir bo’ladigan o’lim. Bu asosiy kasallik 
xisoblanadi. Adabiyotlardan olingan turli ma'lumotlarga qaraganda, yatrogen 
patologiya 3.1 dan 40%gacha uchrar ekan. Demak bu patologiyaga shifokorlar 
diqqatini jalb etish maqsadga muvofiqdir. 
Terapevtik yatrogeniyalar asosan intensiv terapiya asoratlari qovurg’a yoki 
to’sh suyagining sinishi, o’mrov osti venasiga qo’yilgan kateter oqibatida vujudga 
kelgan tromboz, dori-darmonlardan allergiyalar ko’rinishda uchraydi. Bundan 
tashqari diagnostik muolajalar asoratlaridan fibrobronxoskopiya (bronxospazm, 
yurak faoliyatining to’xtashi), angiografiya (shokdan olim, qon ketishdan vujudga 
kelgan anemiyalar). 
Misol: 8 oylik bemor. Til o’zagining gemangiomasi olib tashlagandan so’ng 
o’mrov osti venasidan 7 kun davomida infuzion terapiya olib borildi. Biroq sodir 
bo’lgan o’limdan so’ng murda yorib ko’rilganda o’ng o’mrov osti venasi va yuqori 
kovak venada yurakning o’ng bo’lmachasiga qadar davom etgan shakllangan 
tromb topildi. Natijada yuqori kovak vena sindromi vujudga kelgan. O’limning 
bevosita sababi - bosh miya komasi. Bu asorat bemor tirikligida aniqlangan emas. 
Sababi - kateterning xolatiga va qon ivish sistemasining faoliyatiga yetarli nazorat 
o’rnatilmagan. Xirurgik yatrogeniyalar turli-tuman bo’lib, ko’pincha ular xirurgik 
muolajalar kamchiliklaridan kelib chiqadi. Misol: yiringli asoratlar, jarroxlik 
amaliyotidan keyingi tromboz va tromboemboliyalar, o’tkir postgemorragik 


anemiyalar, yurakni jaroxatlash natijasida to’xtatib qo’yish, umumiy o’t yo’lini 
shikastlash oqibatida peritonit kelib chiqishi va x.k. 
Yatrogen kasalliklarni kechishi, axamiyati, oqibati va tanatogenezdagi o’rniga 
qarab uch darajaga (guruxga) bo’lish mumkin. 
Birinchi daraja yatrogeniyalar – noto’gri, xato xatti xarakatlar bevosita o’lim 
sababi bo’lgan patologik xolatlar, kasalliklar va g’ayri tabiiy o’limlar. Bunga 
gemotransfuzion va anafilaktik shoklar, kovak a'zolar va yirik qon tomirlarni tibbiy 
asboblar yordamida jaroxatlash, jarroxlik amaliyoti davomida o’limga olib 
keluvchi qon ketishlar, tibbiy aralashuv natijasida sun'iy vujudga kelgan xavo 
emboliyalari kateter natijasida vujudga keladigan sepsis, narkozdan sodir bo’lgan 
o’lim va x.k. kiritiladi. Ma'lumotlarga qaraganda yatrogeniyaning bu turi umumiy 
autopsiyaning 0.41% tashkil etadi. 
Ikkinchi daraja yatrogeniyalar - bu shunday patologik xolat va kasalliklarki, 
ular to’g’ri diagnoz va ko’rsatmalar asosida puxta bajarilgan tibbiy aralashuvlar 
oqibatida kelib chiqadi. Bu turdagi yatrogeniyalar asosiy kasallik bilan patogenetik 
bog’liq emas, lekin ularni asosiy kasallikning asoratlari va bemorning individual 
xususiyatlaridan farqlab bo’lmaydi. Bunga turli qo’shimcha va fon kasalliklari 
mavjud bo’lgan, asosan qarilik, immunodefisit xollar bilan izoxlangan bemorlarga 
nisbatan ko’rsatilgan "qaltis" operativ aralashuv va tibbiy muolajalar ko’rsatilgan 
bemorlarning o’limi kiritiladi. Bu yatrogeniya umumiy autopsiyaning 0.62% 
tashkil etadi. 
Uchinchi daraja yatrogeniyalar - bular asosiy kasallik va uning asoratlari bilan 
patogenetik bog’liq bo’lmagan, bemorning o’limiga deyarli xech qanday axamiyat 
kasb etmagan patologik xolat va kasalliklardir. Bunday xolatlarga in'eksiyadan 
keyingi absseslar, flegmonalar va x.k. kiradi. Ular 0.16% uchraydi. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə