Ibbiy etika asoslari


Tibbiyot deontologiyasi va uning asoslari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

 
Tibbiyot deontologiyasi va uning asoslari.
1.Tibbiyot deontologiyasi fani maqsad va vazifalari. 
Deontologiya (Shifokor burchi). Deon -burch, logos- fan, burchning muloqot 
qoidalariga rioya qilish ma’nosini anglatadi. Ingliz xuquqshunosi va faylasufi 
Djeremi Bentam (J.Bentham)–o’zining “Deontologiya, yoki axloq to’g’risidagi 
ilm” (1834)
kitobida deontologiya fanini ilmiy asoslab bergan (3- rasm). 


Shifokorning muloqot qilish san'ati uning bemor bilan o’zaro munosabatida 
namoyon bo’ladi, bemorning unga nisbatan qanchalik ishonch bildirishi darajasi 
bilan aniqlanadi. Faqat bemorning ishonchini qozonib, to’la-to’kis anamnez yig’ish 
mumkin, uni davolash jarayonida undan nima talab qilinishini tushuntirish 
mumkin. "Shifokor va bemor" fanida tibbiyot deontologiyasi masalalari va 
bemorlarga maslaxat berish ilmi bilan tanishtiriladi. 
Bemorlarni davolash, parvarish qilish va maslaxat berish bu bir-birini 
to’ldirib boruvchi jarayon bo’lib, u bemorni axvolini yengillashtirishga 
yo’naltirilgan. "Shifokor va bemor" fanining maqsadi talabalarni tibbiyot 
dentologiyasi asoslari, maslaxat turlari va ko’nikmalari bilan tanishtirishdir. 
"Shifokor va bemor" fani vazifalari, asosiy o’rganish ob'ekti bo’lgan pasient bilan 
tibbiy xodim o’rtasidagi munosabat, yatrogeniya va evtanaziya muammolarini 
bilish, "Shifokor va pasient" o’zaro muloqot modellarini bilish, o’layotgan 
bemorlar bilan muloqot qilishni o’ziga xosligini bilish xisoblanadi. 
3 rasm- Djeremi Bentam (J.Bentham) 


4- rasm E.Y. Qosimov (1933-2007) 
Erkin Yo‘ldoshevich Qosimov - O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirishiga ulkan 
hissa qo‘shgan ulug‘ insonlardandir (4- rasm). Erkin Yo‘ldoshevich Qosimov
atoqli olim, akademik Ye.M.Tareev, professor O.N.Pavlova, professor A.A. 
Asqarov kabi mashhur terapevtlar maktabida saboq olgan iqtidorli terapevt, 
gastroenterolog va deontologdir. Erkin Yo‘ldoshevich Qosimovdagi yuksak 
ma'naviyat, teran madaniyat, muomala san'atining yuqoriligi Respublikamizda 
kasb etikasi va tibbiy deontologiyani mustaqil fan darajasigacha ko‘tarilishiga olib 
keldi. Erkin Yo‘ldoshevich Qosimov bunga erishish uchun juda ko‘p mehnat 
qildilar, tibbiy deontologiya va kasb etikasiga oid ulkan izlanishlarni amalga 
oshirib, bu boradagi o‘nlab ilmiy izlanishlarga boshchilik qildilar. 2002 yili 
Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik sifatida chop ettirgan "Shifokorning 
nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati" kitobi ayniqsa katta ahamiyatga 
ega. Bu kitob bugungi kungacha tibbiyotdagi shifokor ma'naviyati va uning bemor, 
kasbdoshlari, bemorning qon-qarindoshlari bilan muomala madaniyatiga qaratilgan 
barcha muammolarni o‘z ichiga olgan, ularning xolisona yechimi xususida teran 
ma'noli tavsiyalar berilgan. Hozirgi kunda shifokor (vrach va hamshira) bilan 


bemor orasidagi munosabatlar chuqur falsafiy mushohada yuritishni talab qiladi.
«Agar vrach bemor bilan til topishmasa, kuchli va foydali dorilar buyurilishidan 
qat’iy nazar, bemorning tuzalib ketishi mushkullashadi», deb aytgan edi atoqli 
o‘zbek deontologi va terapevti E.Y. Qosimov (2001). «Davoning boshi
ishonchdan boshlanadi, ya’ni bemor shifokorga va uning berayotgan dori-
darmonlariga ixlos qo‘yishi kerak. Bu ishonchni paydo qiladigan inson,
albatta, shifokoming o‘zidir, uning go‘zal nutqidir. Shifokor o'zining xatti-
harakatlari, shirin so‘zi va tashqi ko'rinishi bilan bemorlarning hurmatini qozonishi 
zarur». (E. Y. Qosimovning bo‘lajak shifokorlarga aytgan nutqidan).
Albatta, hozirgi kunda tibbiyotga pullik xizmatning kirib kelishi, 
deontologiyaning ba’zi yo‘nalishlarini boshqacha tahlil qilishga undaydi. Sobiq 
sho‘ro davrida pullik xizmat deyarli yo‘q edi. Hozir davlat tomonidan maxsus
ruxsatnoma olib vrachlar, poliklinikalar va shifoxonalar pullik tibbiy xizmat ham 
ko‘rsatishmoqda. Bu, albatta, endi deontologiyaning keragi yo‘q yoki ahamiyati
pasaydi, degani emas. «Axir pul to‘lagandan so‘ng baribir yaxshi qaraydi-da»,
degan fikr yanglish fikrdir. Vaholanki, bemorning tuzalib ketishi to‘lagan puli
miqdori bilan emas, vrachning bilimi, tajribasi va muomalasi bilan belgilanadi.
Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin so‘z gapirib, kulib qarab turish 
degani emas. Deontologiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, ta’kidlab
o‘tganimizdek, ishonchdir. Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni
qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga 
ishonadi. «Agar kasalim haqiqatan ham tuzalmas bolganida, doktor meni urishib 
bermasdi», deb o’ylaydi. Ba’zan davo usuli bemorni qoniqtirmaydi. Ko‘p
dori-darmon yozilsa, unda «Shuncha dori shartmikan yoki kasalim ogirmi, yoki 
vrach tajribasizmi?» degan fikrlar paydo bo‘ladi. «Falonchi doktor falonchi 
bemorni ikkita dori berib tuzatib yuboribdi», degan so'zlarni ba’zan eshitib turish
mumkin. Xo‘sh, bunday paytlarda qanday yo’l tutish kerak? Ayniqsa, ba’zi 
kasalliklarni birmuncha uzoq davolashga to‘g‘ri keladi. Muolajalar darrov natija
beravermaydi. Bunday paytda kasallikning mohiyatini bemor tushunadigan tilda 
bayon qilish kerak. Kerak bolsa, bemorni tinchlantirish uchun tashxisni yanada 


aniqroq qo‘yish maqsadida, vrach o‘zidan tajribaliroq hamkasblaridan maslahat 
so'rashi zarur. U bemorning oldida aslo o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak.
Shuni unutmaslik kerakki vrach bemorni tekshiradi, bemor esa vrachni 
kuzatadi. Ko‘p hollarda shunday hodisalarga duch kelish mumkin. Professor 
qabuliga kelgan bemor u yerda yarim soatdan ortiq qolib ketsa, bezovtalana 
boshlaydi, professor yoki doktorlar haqida har xil gaplar gapiradi. Qizig‘i 
shundaki, xuddi shu bemor (ya’ni professorni yarim soat ham kutgisi kelmagan 
bemor) tabibni bir necha soatlab, hattoki bir necha kunlab kutadi. Qancha ko‘p 
kutgan sayin tabibga hurmati shuncha oshib boradi. Tabibni xuddi o‘ziga o'xshab 
kutayotganlarga maqtaydi: «Zo‘r tabib bolsa kerak, eshigida shuncha odam,
bitta bemorni bir soatlab ko‘rarkan. O‘sha tabibga kirish uchun ba’zi bemorlar 
eshigining oldida ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oladi». Xo'sh, buning siri nimada?
Tabiblarning «zo‘rligidami?» Yoki bemorlarning tibbiyot va doktorlardan
bezganidami? Yoki vrachlarning bemor dardini to’la eshitishga «vaqtlari»
yo'qligidami? Bu savollarni quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, afsuski,
ko‘p kasalliklar surunkali turga o‘tib ketgan bolib, bir marta emas, bir necha
bor davolashni talab qiladi; ikkinchidan, bemorlarni davolashdagi izchillikning
buzilishida, ya’ni bemor kasalxonadan chiqib poliklinikada, u yerda davolanib
bo‘lgach, ko‘rsatilgan muddatlarda sanatoriylarda davolanishi zarur bo‘ladi.
Hamma bemorlar ham bunga amal qila olmaydi; uchinchidan, inson paydo
bo‘libdiki, antiqa narsalar va m o‘jizalarga intiladi. Ko‘rmagan narsasini 
ko‘rgisi, yemagan narsasini egisi, bormagan mamlakatga borgisi keladi. Bular
har bir insonga xos xususiyatlardir. Ana shu qiziqish bor ekan, inson m o'jiza
izlayveradi (kimdan, nimadan va qayerdan izlashning farqi yo‘q, eng asosiysi 
«mo‘jiza» topsa bo‘ldi). Odamlarning tabiblarga intilishini ham shunday izohlash
mumkin. Hamma joyda poliklinikalar, kasalxonalar ishlab turibdi, vrachlar
ham yetarli. Deyarii har bir mahalla, har bir ko‘p qavatli uyda d o k to r bo r
(vrachlar yetishmaydigan ba’zi qishloqlarni e’tiborga olmaganda). Bemorlar 
uchun vrachlarga murojaat qilish oddiy bir hoi bo‘lib qolgan: «Unisi bo‘lmasa
bunisi, vrach topiladi». Doktorga ishi tushmagan odamni uchratish amri


mahol, albatta. Bu mulohazani tabiblarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Negaki, 
ularning soni kam. Ularni tayyorlaydigan institutlar yo‘q. Ular ishlaydigan
«tabibxonalar», kasalxonalar ham yo'q. Agar bo‘lganida, bemorlar tabiblarga ham 
ko‘nikib qolib, ulardan mo‘jiza izlamagan bo’lu r edi. Falon qishioqdan bir
tabib chiqibdi, eshigi to’la odam emish deyishsa, odamlar o‘sha tomonga qarab 
intilishadi. U tabib maktabni tugatganmi-yo‘qmi, nega u ham asab, ham ruhiy,
ham ichki kasalliklar, ham bepushtlikni davolayveradi? Bular bilan bemorlar 
qiziqishmaydi. Eng asosiysi, eshigining oldida odam ko’p. Agar bemor biror 
vrachdan tuzalmasa yoki kasalxonadan to‘la tuzalib chiqmasa, o‘sha vrachni va 
kasalxonani yomonlaydi. Agar u tabibdan tuzalmasa, «Ha, demak, kasalim 
tuzalmas ekan-da, tabib ham davolay olmadi», deb fikr yuritadi. Bu, ajablanarli 
hoi, albatta. Kasalxonalar va poliklinikalarda tuzalgan, nogiron bo‘lgan hamda 
vafot etgan bemorlarning hisobi olib boriladi. Buning uchun Sog‘liqni
saqlash vazirligida statistika bo'limi ishlab turibdi. Olingan ma’lumotlar har 
chorak va har yili tahlil qilib boriladi. Tabiblar qo‘lidan tuzalgan va
tuzalmaganlarning hisobi olib borilmaydi. Ularda statistika ham yo‘q. Og‘ir 
bemorlarni esa ular davolamaydi. Haqiqatan ham, ko‘p hollarda vrach
bemorning so'zini oxirigacha tinglamaydi. Bunga sabab qilib, tashqarida kutib 
turgan bemorlarni va vaqti ziqligini ro‘kach qiladi. Lekin shuni unutmaslik 
kerakki, hozir yoningizga kirgan bemor tashqarida kutib o'tirgan bemorlarning
yoki sizning vaqtingiz ozligining qurboni bo‘lmasligi kerak. Bu bemor Sizni 
deb kelganligini ham unutmaslik, qolaversa, vrach obro‘-e’tibori yo‘qoladigan 
ishlarni qilmaslik kerak. Bemorning dardini oxirigacha eshitish zarur. To‘g‘ri, 
ba’zan bemor bir oz gapirgach, uning kasali doktorga ayon bo‘lib qolishi mumkin. 
Biroq u hali so'zini tugatgani yo‘q, o'zini bezovta qilayotgan barcha shikoyatlarini
doktorga aytmoqchi. Gap shundaki, bemor dardini qancha to‘kib solsa, shuncha
yengillashadi. Bemorning uzundan- uzoq so‘zlari doktorga tashxis qo‘yish 
uchungina emas, balki uning dardini yengillashtirish uchun ham kerak. Demak,
vrach bemorni tinglayotib nafaqat uning kasalini aniqlaydi, balki davolaydi
ham! To‘g‘ri, bemor kasaliga ta’alluqli bo‘lmagan gaplarni ko‘p gapirishi, 


doktorning vaqtini behuda o‘g‘irlashi mumkin. Bunday paytlarda,bemorga 
kasalligiga doir qo‘shimcha savollar berib, uni to‘g‘ri yo‘lga solib olish kerak.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə