Ibbiy etika asoslari


Tibbiyot deontologiyasi asosiy atamalari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

4.Tibbiyot deontologiyasi asosiy atamalari. 


Shifokorlik sirini saqlash burchi bu zamon deontologiyasining eng dolzarb 
muammolaridan xisoblanadi. Chunki kasal va uning boshqa oila a'zolarini sixati, 
illatlari va xayotlarining intim tomonlariga doir turli ma'lumotlar beixtiyor oilaviy 
vrachga yetib keladi. Bu ma'lumotlarni boshqalarga aytmaslik, tuzalmas yoki 
yuqumli dardga chalingan xastalarning sixat-salomatligi xaqidagi axborotlarni 
dardmandning va jamoatning foydasini ko’zlagan xolda oshkor etish zarurligini 
o’ylab ish tutishi kerak. Ma'lumki, shifokorlik deontologiyasi vrachdan avvalo
bilimdonlikni talab qiladi. Vrachlik deontologiyasi tibbiyot tarixini yaxshi bilishni 
taqozo etadi. Shifoxonalarda bemorning kasallik tarixini yozilishini 1000 yil ilgari 
yashagan sharqning ulug’ olimi Ar-Roziy va uning shogirdlari amalga oshirgan 
ekan. Ularning o’zbek tiliga tarjima qilingan "kasalliklar tarixi" risolasida 799 ta 
bemorning kasallik tarixi chuqur taxlil qilingan. Shifokorlik ishi sharafli, olijanob 
va mas'uliyatlidir. Chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan 
kishigina bunga qodir. Shifokorlik kasbi tinimsiz o'qib-o'rganishni, o'z 
mutaxassisligini doimiy ravishda takomillashtirishni talab etadi. Deontologiyada 
«yatrogeniya» tushunchasi bor. Bu shifokorning yoki hamshiraning farosatsizligi, 
nojo'ya ko'rsatmalari, qo'pol xatti-harakatlari. bilimsizligi va loqaydligi, qisqacha 
aytganda, tibbiyot xodimlarining aybi bilan paydo bo'lgan kasallikdir.Yatrogen 
kasalliklari shifokor. hamshira va sanitarlar xatti-harakatlari va gap-so'zlarning 
yoki bemorga qilingan boshqa salbiy ta'sirdan kelib chiqadigan xastalikdir. 
Shuning uchun tibbiyot xodimlari tibbiy psixologiyaning ahamiyatini boshqa 
xodimlarga qaraganda puxta va mukammal egallab olishlari va uni amaliyotda 
qo'llashlari lozim bo'ladi.. Bu buyuk tib allomasi Buqrotning «Primum non 
nocere», ya'ni «Bemorga eng avvalo zarar keltirma» degan deontologik naqlining 
buzilishi oqibatidir. Bu shifokorlar va hamshiralar orasida hali o'z deontologik 
burchini to’la tushunib yetmaydiganlar borligidan darakdir. Shuningdek, 
egrotogeniyalar, ya'ni bir xasta kishiga boshqa bir bemor so'zining salbiy ta'siri 
ham mavjud. Shifoxonada ba'zi bir bemorlarning o'z xonasidagi xasta qo'shnisiga 
ma'lum darajada ta'siri sezilib, u ruhiy tanglikni, xavotirni keltirib chiqaradi. 
Bunday holatni, o'z fikricha tibbiyot xodimlaridan-da «chuqurroq» bilimga ega 


bo'lgan «tajribali» bemorlar keltirib chiqarishlari mumkin. Ular kasalxonaga 
kelgach, bemorlarga maslahat va tavsiyalar beradilar, aksariyat hollarda, o'z 
tinglovchilarini ruhiy tushkunlik holatiga olib keluvchi qayg'uli va mash'um 
«oldindan aytish fikrlari» bilan o'rtoqlashadilar. Bu kabi egrotogeniyalarning oldini 
olishda aynan shifokor hamda hamshiralarning bo'lim tartibi, bemorlarning ma'lum 
majburiyatlari, intizomi va bir-birlari bilan o'zaro munosabatlari haqida to'liq va 
monand axborot berish; muntazam ravishda o'tkaziladigan suhbat katta ahamiyatga 
ega. Bu o'rinda bemorlarga tanbeh berish usuli singari xususiy masala to'g'risida 
to'xtalib o'tish ham foydadan holi emas. Tanbeh berish zaruriyati ko'pchilik 
hollarda bemor shifoxonadagi bo'lim tartibi, intizomini buzganda yuzaga keladi. 
Shifokor, hamshira bunday hollarda bemor bilan juda ravshan, tushunarli, aniq, 
ishontirib gaplashishi kerak. Bu suhbatning natijasi muhimdir, bemor tanbehni 
to'g'ri tushunishi va shifokor hamda hamshira saboqlarini to'liq qabul qilishi lozim. 
Shu bilan birga, bunday suhbat bemorning ahvoliga hech ham yomon ta'sir 
qilmasligi darkor. Bemor hamshira bilan ilgarigidek mehribon va yaqin 
munosabatda ekanini, yotsirash yoki ziddiyat vujudga kelmaganini sezishi zarur. 
Bemor yoki sog'lom odamlarning barisi ham tib xodimining noto'g'ri harakati 
natijasida bir xil ruhiy iztirobga yoki yatrogen kasalligiga duchor bo'lavermaydi. 
Yatrogeniya nevroz va psixopatlarda juda oson yuzaga keladi. Albatta, bunda 
ularning gavda tuzilishi va nasliy holatlari hisobga olinadi. Yatrogen kasalliklarga 
astenik va psixasteniklar moyil bo'lib, ular kelajakdan qo'rqadilar, uni qora tusda 
ko'radilar va o'zlarini ruhiy, jismoniy holatlaridan doimo hadiksiraydilar. 
Tib amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo 'ladigan 4 asosiy omilni 
nazarda tutish kerak: 
1.Bemorning anamnezini y’ig'ish. 
2.Bemorning ichki holatini o'rganish. 
Laborator tahliliga baho berish. 
Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash. 
O'zaro muloqot chog'ida bemorning oldin boshidan kechirgan kasalliklariga 
ham katta ahamiyat berish zarur, shuningdek, kasallik etiologiyasini va 


patogenezini o'rganishda bemorni ta'sirlab qo'yishdan ehtiyot bo'lish kerak. 
Ayniqsa, xavfii o'sma, yurak xastaligi va uyida, yaqinlarida ruhiy kasalligi mavjud 
bo'lgan bemorlarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik va muloyimlik bilan muomala 
qilish talab etiladi. 
Ba'zi yatrogen kasalliklarning paydo bo'lishi bevosita instrumental yoki 
laborator tekshirishlarga bog'liq. Ayniqsa bunda qon, siydik va boshqalarning 
noto'g'ri tahlili sabab bo'ladi. 
Rentgenologik va ultratovush tekshirishlarning natijalarini ehtiyotsizlik bilan 
aytish ham yatrogeniyaga sabab bo'lishi mumkin. 
Shuni unutmaslik kerakki, qishloq varchlik punkti (QVP) ambulatoriya, 
poliklinika, qabul bo'limlarida, shifoxonada bemorga, avvalambor, ruhiy tinchlik 
yaratib berish kerak, chunki bu holat davolashning samarali quroli hisoblanadi. 
Yatrogeniya mexanizmlari hali to'la-to'kis o'rganilmagan. Umuman aytganda, har 
qaysi tibbiyot xodimi bemor bilan suhbatni to'g'ri tashkil qilishi, uning ishonchini 
qozonishi, o'zaro munosabat oralig'ini saqlashi, o'ziga ishontira olishi, unga 
hamdard bo'lib, imkon qadar aniq javob qaytara olishi darkor. Tibbiyot 
xodimlarining har bir xatti-harakati va gap-so'zlari bemorga yaxshi kayfiyat 
bag'ishlaydi va uni ruhan tetik qiladi. 
Shifokor bemor bilan birinchi uchrashuvidanoq uning ruhiy holatiga nisbatan 
nihoyatda ehtiyotkorlik bilan muloqot qilish mahoratini takomillashtirib borish 
yatrogeniyaning oldini oladi. 
Evnataziya - bu og'ir, tuzalmas kasallikka, masalan, rakning oxirgi bosqichiga 
mubtalo bo'lgan bemorning o'limini tezlashtirish va qiynoq azoblaridan qutqarish 
va tabiiy o'limni turli dori-darmonlar yordamida yengillashtirishdir. «Eutanazis» 
so'zi (grekcha) baxtli, azobsiz o’lim degan ma'noni anglatadi. 
Keyingi yillarda tibbiyotda erishilgan yutuqlar tufayli, bemor o'limi bilan 
bog'liq bo'lgan deontologik muammolarga katta e'tibor berila boshlandi. Hatto og'ir 
holatdagi bemorlarning o'limi ham reanimatsiya (jonlantirish) bo'limida kam 
uchraydigan hodisa hisoblanadi.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə