Ibbiy etika asoslari


Tibbiyot bioetikasi muloqot modellari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

3.Tibbiyot bioetikasi muloqot modellari 
Shifokor muloqoitning modeli deganda bemor bilan bo’ladigan muloqotning 
ko’rinishi , shakli, mazmuni, maqsadi va suxbat olib borish tarzi tushuniladi
Muloqotning tarixiy modellari: 
1. Gippokrat modeli (bemorga zarar keltirmaslik). 
Gippokrat (460-377 E.A.) qasamyodida bu modelni tarifi bor. "Bemorga zarar 
keltirma, bemorni axvolini yomonlashtiradigan muolaja qilinmasin». Muolaja va 
diagnostika niyatida qilinadigan chora tadbirlar natijasida bemorga ruxiy va 
jismoniy zarar yetqazmaslik xamda evtanaziyaga yo’l qo’ymaslik nazarda tutiladi. 
2. Parasels modeli -mehribonlik qilish, bemorga ota -onasi kabi g’amxo’rlik 
qilish va bemor salomatligi javobgarligini o’z zimmasiga olish. 
Parasels (1493-1541 y.m.) – paternalism (pater- "ota"lat.), g’oyasining 
mazmuni shifokorni muolaja jarayonida bemorga otalarcha munosabat, yoki
vasiylik qilish ma’nosini anglatadi, demak bemorni shifokorga to’liq ixlosi bo’lib, 
barcha muolajalarni muxokama qilmay to’liq bajarishi tushuniladi. 
3. Deontologiya modeli (Shifokor burchi). Deon -burch, logos-fan ma’nosida 
bo’lib, burch qoidalariga va shifokorlik qasamyodiga rioya qilish va bemorga kim 
bo’lishidan qat’iy nazar sidqidildan muolaja o’tqazish, uni parvarishlash xamda 
to’liq fidokorlik nazarda tutiladi. 
4. Bioetika modeli (inson sha'ni va xuquqini xurmat qilish). Barcha diagnostik 
va davo muolajalarni va kasalligi to’g’risida bemor shani va xaq-xuquqlariga zid 
kelmasligiga rioya qilgan xamda yatrogeniyaga sabab bo’lmaydigan tarzda bu 
jarayonlar to’g’risida bemorlarga ma’lumot berish va ularning roziligi bilan 
muolaja va tekshiruvlar o’tqazish tushuniladi. 
Bioetika modelining bir turi- axborot kelishuvchanligi tamoyilini 1972 y. 
Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasi qabul qilgan. Bu tamoyilda shifokor 
bemorga kasallik, muolaja va uni zaruriyati to’g’risida to’liq ma’lumot beradi.
Bemor o’zi ongli muolaja turini tanlashi kerak.


Nazorat savollari: 
1.
Bioetika tushunchasi ta’rifi? 
2.
Bioetika atamasini taklif etgan olim xaqida ma’lumot. 
3.
Bioetika xal qiluvchi muammolar. 
4.
Xozirgi zamon tibbiyotida bioetikani o’rni. 
5.
Bioetika muloqot modellari nimani anglatadi? 
6.
Bioetika Gippokrat muloqot modeli mazmuni. 
7.
Bioetika Parasels muloqot modeli mazmuni va uning xozirgi 
zamon tibbiyotidagi ko’rinishi. 
8.
Bioetika deontologiya muloqot modeli mazmuni . 
9.
Bioetika (inson sha'ni va xuquqini xurmat qilish) muloqot 
modeli mazmuni va unu bizni sharoitda qo’llash imkoniyati.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə