Ibbiy etika asoslari


Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining deontologiyasi



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

 


5.Tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining deontologiyasi. 
Talabalarni klinikada deontologyaga to’g’ri rioya qilishi bemorlarni muolaja 
jarayoniga munosabatiga va sog’ayishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. 
Talaba-shifokor uchun o'ziga nisbatan bemorning ishonchi, muhabbati va 
hattoki hayratini qozonishi sharaflidir. Tibbiyot oliy o’quv yurtiga o'qishga qabul 
qilingan yigit va qizlar oilasida shifokorlar bo'lsa-da, tibbiyotning va shifokorlik 
kasbining barcha muammolarini to'liq tasavvur eta olmaydilar. Bu mashaqqatli 
yo'lda talaba tajribali shifokor-muallimlarning tibbiyot ilmi, shifokorlik kasbi 
to'g'risidagi fikr-mulohazalariga e'tiborli bo'lishlari lozim. Oliy tibbiy ta'lim 
mobaynida talaba kun bo'yi, ko'pincha tunda ham ishlaydi. Talaba juda ko'p 
kitoblarni mutolaa qilishi, qator fanlarni o'zlashtirishi va eng avvalo, mustaqil 
ravishda murakkab fikrlashni o'rganishiga to'g'ri keladi. Mashaqqatli kirish 
imtihonlarini topshirib, oliy o'quv yurtiga qabul qilingan talaba uzoq muddatli 
o'qish davomida ba'zan yo'qotishlar bilan kechadigan tushkunlik holatiga qarshi 
kurashga kuchi yetishi haqida jiddiy o'ylashi zarur. Bo'lajak shifokorlar ta'limning 
birinchi yilida o'zida kechayotgan vaqtinchalik ruhiy depressiya natijasida emas, 
balki o'z imkoniyatlarining chuqur tahlilidan keyingina tanlagan kasbidan voz 
kechish-kechmaslik haqida tugal qaror qabul qilishi kerak. 
Talaba ayni vaqtda bemorga yordam bera olmaydi, lekin uning azob-
uqubatlariga e'tibor qaratishi lozim. Har bir talaba bemor bilan uchrashuvga 
ilgaridan tayyorgarlik ko'rishi, doimo o'z xulq-atvori, tashqi ko'rinishini nazorat 
qilishi zarur. Otalig'idagi biriktirilgan bemor bilan o'zaro munosabatida talaba so’z 
ohangidagi maromga e'tiborli, bosiq bo'lishi va nutq madaniyatiga amal qilishi 
kerak. 
Ko'pincha talabalar klinikaga kelganlarida bemorlar bilan so'rashishni, ularning 
ahvolidan xabar olishni, bemorlarning o'rinlaridan turishlariga, eshikni 
ochishlariga, zinapoyadan ko'tarilishlariga yordam berishni unutadilar. Talaba - 
klinikada shifokorning kichik hamkasbi. Klinikadagi katta mutaxassislarga tegishli 
bo'lgan qoidalar talaba uchun ham ta’alluqlidir. Klinika - bu eng avvalo shifoxona 
va u qo'shimcha holda talabalar ta'lim oladigan dargoh vazifasini bajarsa-da, bu 


yerdagi hamma narsa asosiy maqsadni: bemorni davolashni ko'zda tutishi kerak. 
Buni hamma, ayniqsa talabalar yodda tutishlari lozim. Klinikada talabalar probirka 
va kimyoviy reaktivlar bilan emas, balki tirik, aksariyat hollarda baxtsiz odamlar 
bilan muomalada bo'ladilar. Ularning ba'zilari jismoniy azoblanadilar, o'tkir og'riq 
sezadilar, boshqalari esa o'ta holsizlikni boshdan kechiradilar. Asabiy yoki befarq 
bemorlar ham uchraydi, lekin ularning barchasi o'z tashvishlariga ega bo'lib, bu 
kechinmalarga yana qo'rquv ham qo'shiladi. Ular ko'pincha tekshirishlar 
natijalarini ruhiy zo'riqish bilan kutish holatlarini boshdan kechiradilar. O'zlarini 
otaliqqa olgan talabalardan esa qo'shimcha ma'lumot olishga harakat qiladilar. 
Uzoq davom etgan tayyorgarlikdan so'ng talaba, nihoyat, bemor bilan birinchi 
bor uchrashadi. Bu bo'lajak shifokor hayotida muhim hodisadir. Agar shu daqiqada 
talabaning yurak urishi tezlashmasa, u ziyrak va yaxshi shifokor bo'lib yetishishiga 
ishonish mushkul. 
Kasallik xususiyatidan qat'iy nazar, bemor uchun xastalik bu baxtsizlik va 
azob-uqubatdir. Kasallik tufayli ba 'zan u o'qishni, ish faoliyatini to'xtatadi, ish 
haqini yo'qotadi, uyi, oilasini sog 'inadi, xastalikdan, operatsiya va o'limdan 
cho'chiydi. Talabalar bemorlar huzurida va o 'zaro suhbatlarida ham o 'ta 
ehtiyotkor bo'lishlari zarur; xasta odam talabalarning ayrim o'ylamay aytgan 
so'zlaridan butunlay boshqacha, teskari xulosalar chiqarishlari mumkin. Amaliy 
mashg'ulotlarda talabalar doimo buni yodda tutishlari va bemorlarning savollariga 
o'ta ehtiyotkorlik bilan javob berishlari, baodoblilik bilan o'zini javobdan olib 
qochishlari, nozik savollarga keyingi safar javob berishlarini aytishlari lozim. 
Biroq bilmagan narsalarni aytishdan saqlanishlari zarur. 
Shifoxonalarda o'tkaziladigan mashg'ulotlar paytida talabalar o'zlarini chetdan 
kuzatayotgan bemorlarning murabbiylarga (ba'zan talabalar muallimdan uzoqda 
turadilar, o'zga ishlar bilan shug'ullanadilar) nisbatan ixloslarini so'ndirmaslik 
uchun tinchlik saqlashlari va o'zlarini munosib holda tutishlari kerak. 
O'zlarining xulq-atvorlari bilan murabbiy talabaning nufuzini pasaytirmaslik, 
bemor ahvolini og'irlashtirmaslik, uning azob-uqubatlarini ko'paytirmaslik uchun, 


qadimiy va doimiy «Eng avvalo, bemorga zarar keltirma» maqoliga amal qilgan 
holda muloqot qilganlari ma'qui. 
O'ziga talabchan, o'ta intizomli, sarishta, va'dasining ustidan chiqadigan 
talabagina bemor ko'ziga «issiq ko'rinadi» va undan buyurilgan kun tartibi hamda 
davolash usullariga amal qilishini talab etishi mumkin, bemor o'zini ko'pincha 
mushtoq bo'lib kutayotganini talaba esdan chiqarmasligi kerak. 
O'zining imkoniyatlari darajasida talaba bemor ahvolini ba'zan shirin so'zi va 
jilmayishi, ba'zan jismoniy yordam ko'rsatish bilan (bu kamtarona, lekin juda 
foydali vositalardir) yengillatishi zarur. Albatta, talaba yosh, sog'lom insondir va 
hech kimsa undan klinik mashg'ulotlarning boshlanishi bilan doimo va hamma 
joyda jiddiy bo’lishni, kulmaslik hamda xursand bo'lmaslikni talab qilishga 
botinmaydi. 
Biroq talaba-shifokorning avvalo, tashqi qiyofasi va orastaligi bilan ajralib 
turishi zarur. Tozalik va sarishtalik -gigiyena va kasalliklarning oldini olishning 
birinchi shartidir. Shifokorlar kirlanganligi tez ko'zga tashlanishi sababli oq xalat 
kiyadilar. Talaba shifokor bunday tartibga o'qishning birinchi kunlaridanoq 
ko'nikishi lozim. Uning kiyimi orasta, toza va yaxshi dazmollangan bo’lishi kerak. 
Agar talabaning xalati kirlangan, g'ijim bo'lsa, o'zi esa soch-soqoli o'sgan, orasta 
bo'lmasa, shifoxonalardagi tartibsizlikka e'tibor bermasa, bunday odam bilan 
ishlash noxush, davolanish esa mushkuldir. Talabaning sochi tartbga keltirilgan, 
soqoli olingan bo’lishi darkor. Bo'lajak shifokorlar, ayniqsa talaba-qizlar o'ta yangi 
rusumga ergashmasliklari, barcha narsalarda, shu jumladan, modada ham me'yorni 
bilshlari kerak. Talaba-qizning (kalta yubka, ko'ylakda) bemor krovatiga o'tirishi, 
ayniqsa bemor yosh yigit bo'lsa, juda noqulaydir. Shuningdek, o'ta bashang 
turmaklangan soch ham noo'rindir. Yoyilgan sochlar, so'nggi rusumdagi modadagi 
yubka (ko'ylak) va shimlar o'z egasining jiddiyligiga shubha tug'diradi. Shifokor-
talaba g'ayrioddiy ko'rinishda bo'lmasligi lozim. Tirnoqlar olingan bo'lishi shart, 
negaki uzun tirnoqlar ostida kir to'planadi. Ikkinchi tomondan, uzun tirnoqlar 
noqulay va hatto perkussiyada og'riqqa sabab bo'ladi. Chuqur palpatsiyani esa 
umuman o'tkazib bo'lmaydi, chunki bunday tirnoqlar bemor tanasini tirnab, so'ngra 


bu sohalarda yiring toplanishiga olib kelishi mumkin. Uzun tirnoqlar talaba va 
shifokor uchun ortiqcha bezakdir. Ayol-qiz talabalar va shifokorlar tirnoqlarini 
bo'yamasliklari (ayniqsa, yorqin rangli bo'yoqlar bilan) kerak. Bemorga chiroyli 
qosh-ko'zlar, yoyilgan sochlar, bo'yalgan tirnoqlar emas, e'tibor va g'amxo'rlik 
qimmatlidir. 
Talaba ba'zan o'ta yoqimsiz muolajalardan voz kechishi mumkin emas. U zarur 
bo'lganda, bemorning axlatini ko'zdan kechirishga, mikroskop ostida tekshirishga, 
kezi kelganda, kirlangan bemorlarni ham diqqat bilan ko'rishga majbur. Gangrena 
yoki abssessga duchor bo'lgan bemor to'shagi yonida badbo'y hidga chidashga 
ko'nikish kerak. Bu hid bemor kiyimi, to'shak anjomlari va sochlarida uzoq vaqt 
saqlanib qoladi. Tuberkulyoz, zahm, vabo yoki moxov bilan kasallangan 
bemorlardan cho'chimaslik darkor. Tibbiyotga bo'lgan muhabbatni fizika
matematika, tarixga bo'lgan sadoqat bilan taqqoslab bo'lmaydi. «Shifokorlar 
iste'dodi» haqida bejiz gapirmaydilar, bu bemorlar, baxtsiz va uqubat chekayotgan 
odamlarga nisbatan muhabbatni nazarda tutadi. «Yaxshi odamgina yaxshi vrach 
bo'la oladi», - deb buyuk polyak shifokori va olim Vladislav Beganski qayta-qayta 
uqtirgan. Shifokorlikdan bo'lak kasb yo'qki, mutaxassisga shunchalar yuqori 
ma'naviy talablar qo'ygan bo'lsin. Shunga ko'ra, shifokorlik ta'limida boshqa fanlar 
bilan bir qatorda, shifokorlik ma'naviyati yoki tibbiyot deontologiyasi muhim 
ahamiyatga ega. 
Tibbiyot institutida shifokorning jamiyatdagi o'rni va burchi haqida dastlabki 
tasavvurlar beriladi. Shu sababli, birinchi kunlardanoq talabalarga shifokorlik 
ma'naviyatining asosiy tamoyillarini o'rgatish zarur. Talaba-vrachlar shifokorlik 
xususiyatlari, uning ruhiy-emotsional ta'siri bilan belgilangan tengi yo'q vazifaning 
yuklatilganini anglashi darkor. Bemorlar bilimdan tashqari o'zlariga nisbatan 
e'tibor, ziyraklik, xushmuomalani talab qiladilar. Oliy o'quv yurtida ta'lim olish 
jarayonida buni talabalarga o'rgatish o'ta murakkab vazifa. Ichki kasalliklar 
propedevtikasi kafedrasida talaba klinikaga qadam qo'ygan birinchi kundanoq 
shifokor ma'naviyatining asosiy tamoyillari va shifokor-talaba qanday bo'lishi 
mumkinligi haqida suhbatlar olib boriladi. Deontologiya masalalari va tibbiyot ilmi 


allomalariga maxsus ma'ruzalar bag'ishlanadi. O'qituvchilar har kuni bevosita 
shifoxonada shifokorlik ma'naviyati me'yorlarini namoyish qilgan holda 
talabalarga shaxsiy namuna ko'rsatib, tarbiyalaydilar.Klinika muhitining o'zi ham 
bo'lajak shifokorlarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi lozim.
Kasallikning ichki holatini o'rganish ikki shaxsning psixologik muloqoti 
hosilasidir. Ulardan biri tibbiyot xodimi - shifokor, hamshira, ikkinchisi esa bemor. 
Bu o'rinda shifokor, hamshiraning shaxsi bemor ruhiyatiga ta'siri shu qadar kattaki, 
u hatto (ba'zi bir holatlarda) kasallikning kechishiga ta'sir qilishi ham mumkin. 
Shifokorlar tomonidan o'tkaziladigan ruhiy muolaja bemorga katta foyda beradi, 
bunda uning ishonchli so'zi juda katta ahamiyatga ega. Bu so'z shifokorning asosiy 
qurolidir. Demak, shifokor va hamshiraning so'zi bemorga ham ijobiy, ham salbiy 
ta'sir etishi mumkin. Shifokor yoki hamshiraning bir og'iz so'zi bemor tuzalishiga 
yoki uning dardini og'irlashtirib yuborishi, boshqa ikkilamchi kasalliklarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə