Ibbiy etika asoslari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

3. Yatrogeniya turlari. 
Barcha yatrogeniyalarni quyidagi rubrikalarga taqsimlash mumkin. 
1. Dori-darmonlar natijasidagi yatrogeniyalar; 
2. Diagnostik - asbob-uskunali yatrogeniyalar; 
3. Xirurgik yatrogeniyalar; 


4. Narkoz – og’riqsizlantirish yatrogeniyalari; 
5. Buzuq texnik asboblardan foydalanish oqibatida vujudga keladigan 
yatrogeniyalar; 
6. Transfuzion - infuzion yatrogeniyalar;
7. Septik yatrogeniyalar; 
8. Nurlar oqibatida vujudga keluvchi yatrogeniyalar; 
9. Reanimatsion yatrogeniyalar;
10.Profilaktik yatrogeniyalar; 
11 .Informasion - ma'lumot yatrogeniyalar;
12.Boshqalar 
Amaliyotda eng kop uchraydigan yatrogeniya turi bu informasion - ma'lumot 
yatrogeniyalardir. Bu asosan noto’g’ri muloqotdan yuzaga keladigan 
yatrogeniyaning bir turidir. Medikamentoz, ya'ni dori darmonlar ta’sirini yaxshi 
bilmasdan qo’llash va ularni bemor organizmi qanday qabul qilishini o’rganmay 
ishlatish natijasida vujudga keladigan yatrogeniyalarni orasida eng ko’p 
uchraydigani teri va shilliq pardalar shikastlanishidir. Bunday dori - darmon 
toksikodermiyalari o’zining ko’rinishi, kechishi bo’yicha ko’pincha ma'lum teri 
kasalliklari singari kechadi.Yuqorida ko’rsatib o’tilgan patologik xolatlar ichida 
xamma soxa shifokorlarini diqqatini jalb etuvchisi toksik epidermal nekrolizdir 
(Layel sindromi). Chunki bu xolat juda tez shakllanib og’ir kechadi va yomon 
oqibat bilan tugaydi. 
 
Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati 
1.Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolatini muloqot o’rnatishdagi 
axamiyati 
Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati ular bilan muloqot qilishda asosiy 
e’tiborga olinadigan jihat bo’lib, muloqot turi, shakli, verbal va noverbal usullarini 
tanlashda axamiyatga ega. Patsientlarning xarakteri va ruxiy xolati nevropatolog 
professor Z.R. Ibodullaev tomonidan quyidagicha tavsiflanadi: 
Shaxs xarakterini 10 tipini ajratish mumkin.


1. Namoyishkor shaxs: Bu tipga mansub shaxslarning xulq-atvorida 
namoyishkorlik 
doimo 
sezilib 
turadi, 
ular 
barcha 
xatti-harakatlarini 
namoyishkorona bajarishni xush ko‘rishadi. Atrofdagilar bilan tez va osonlikcha 
muloqotga kirishadi, ishchan hamda harakatchan bo‘lishadi.
2. Qotma shaxs: Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur 
odam. Kam gapirsada, nasihat qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud 
bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi.
3. Rasmiyatchi shaxs. Sinchkov, maydakash va o‘ta rasmiyatchi shaxs. Janjal
va kelishmovchiliklarga kam aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo'lib
qolsa, o ‘zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos.
4. Ta’sirchan (qo‘zg‘aluvchan) shaxs. Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay 
olmaydigan, qo’pol, janjalkash va tez g‘azablanadigan kishilardir. Ular badqovoq 
va zaharxanda kishilar bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi,
doimo janjalning o ‘rtasida bo‘lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning
yuzaga kelishida faol ishtirokchilardir, aksariyat hollarda esa janjalning
muallifi ularning o‘zi bo‘lib chiqishadi. Ularda verbal va noverbal reaksiyalar
ancha sust boiadi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib
keta olishmaydi.
5. Gipertim shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar yuqori darajada 
harakatchanligi, so‘zamonligi, mimikalarga boy xatti-harakatlari, dilkashligi
bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib 
keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo‘lishadi. Suhbat 
chog‘ida dastlabki mavzudan tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham 
sezmay qoladi.
6. Distimik shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar o'zining jiddiyligi bilan
ajralib turishadi, ular o‘ta bosiq bo‘lib, kayfiyati past odamni eslatadi.
Ularning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, o‘z 
imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga 
kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘rishadi.


7. Xavotirli shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar birovlar bilan darrov 
muloqotga kirishib keta olishmaydi, doimo xavotirda bo'lishadi, qo'rqoq va 
uquvsiz bo‘lishadi, o‘ziga ishonmaydi. Ular qoronglulikdan, uyda yolg‘iz 
qolishdan va hayvonlardan qo‘rqishadi.
8. Xushchaqchaq shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlarning xulq atvorida
yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan xislatlar — bular o‘ta baxtiyorlik,
zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, huzurlanish hissidir. Boshqalarga 
shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar ularda shunday 
his-tuyg‘ulami yuzaga keltira oladi. Ular muloqotga tez kirishib ketishi, 
so‘zamonligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa 
yayrab kulishadi. 
9. Emosional shaxs. Bu toifaga kiruvchilaming xulq-atvoridagi xislatlar bir
qaraganda xushchaqchaq toifaga kiruvchilarga o‘xshab ketadi, biroq emosional
shaxslar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yaqqol namoyon qilisha- vermaydi, ya’ni
ular biroz niqoblangan holatda bo‘ladi. Ular uchun hissiyotga beriluvchanlik,
ta’sirchanlik, vahima, qo‘rqoqlik, xavotir va ko‘p so‘zlash xosdir. Ularning
xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘luvchi xislatlar insonparvarlik, odamlar va 
hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatlilik, mehribonlikdir.
10. Siklotik shaxs («siklotimiya» - grekchadan kayfiyat, his-tuyg‘u degani).
Gipertimik (yuqori kayfiyat) va distimik (buzuq kayfiyat) holatlaming bir-biri
bilan almashib turishi bilan kechadi. Bunday shaxslarning kayfiyati tez-tez
o‘zgarib turadi va ular tashqi ta’sirotlarga juda bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan hech 
qanday sababsiz kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni ko‘taruvchi voqealar
ro‘y bersa, ularning faolligi oshib juda ishchan bo‘lib qolishadi, tashlab 
qo‘ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o'zidagi bu faollikni 
ko‘rib ko‘tarinki kayfiyatda yuradi, so‘zamol bo‘lib qoladi, miyasiga zo‘r g'oyalar 
kela boshlaydi. Bunday holat gipertimiya deb ataladi. Agar to‘satdan g‘amgin 
voqealar yuz bera boshlasa, barcha qilayotgan ishlarini to‘xtatib qo‘yadi,
kayfiyati buziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi,


janjal ko‘taradi, g‘azablanib yuradi.Bu holat distimiya deb ataladi. Shuning 
uchun ham ularga jiddiy ishlarni topshirib bo‘lmaydi.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə