Jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari


Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#149056
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.436

Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq ma’naviyatining asosidir” degan tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglatuvchi o‘ta teran tarix falsafasiga oid fikrlarni olg‘a surdi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi: tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;
tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha – lenincha soxta inqilobiy ta’limotga bog‘lash, mutloq xato, yovvoiylik, aksilinsoniy hatti-xarakat bo‘lgan deb tushunmoq;
tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat: ilmiy xolislik (obyektivlik);
tarixiy tahliliylik;
mantiqiy uzviylik;
vorislik va izchillik;
xronologik izchillik;
g‘oyaviylik va vatanparvarlik;
halollik va xolislik;
qiyoslash va kuzatish;
kuzatish va umumiylashtirish;
baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
matematik hisoblash;
shakllash va modellashtirish;
ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);

Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə