Jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari


O‘zbekiston tarixi jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#149056
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.436

O‘zbekiston tarixi jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari.
O‘zbekiston tarixi fani va tarixni o‘rganishda manbalarning o‘rni va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus hujjatxona (arxiv)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda.
Xalq og‘zaki ijodi orqali tillardan tillarga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan tarixiy voqea va xodisalar bayoni, norrativ materiallar asosida bizagacha yetib kelmoqda. Binobarin, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqaligina tarixni yoritish – tarixiy ma’lumotlarni, dalillarni olish orqali ularni qiyosiy solishtirish va tarixiy umumlashtirish, bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea-hodisalarning sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tahlillar asosida esa ilmiy asoslangan xulosalar berish imkoniyatlari kengayadi.
Oddiyroq qilib aytganda, ma’lum manbalar va ularni umumlashtirmasdan turib haqqoniy tarixni yaratish mumkin emas. Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.
Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya’ni, insoniyat qo‘li va aql-zakovati bilan yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, an’analar, tillar kabilar kiradi. Zamonaviy adabiyotlarda O‘zbekiston tarixini o‘rganishning manbalari shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo‘linadi:
Yozma manbalar – epigrafik yodgorliklar, ya’ni, tosh, metall, suyak va sopolga bitilgan bitiklar, «Avesto», mixxab yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining xabarlari, graffitlar, ya’ni, qo‘l bilan binolar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan izlar, papirus, pergament va qog‘ozlardagi qo‘lyozmalar, chop etilgan materiallar.

Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə