Jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#149056
  1   2   3   4   5   6
O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.436


Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti Agzamova Nilufarning o’zbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi: Toraboyeva Zilola
Mavzu:”O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.
Reja:
1. ”O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari
2. jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari.
3. O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni hamda ahamiyati.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. 
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir.
O‘zbekiston eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, inson va millat, o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, madaniyat, maorif, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo, boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarix fanlari ham tarix fanining o‘rganish obyekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar.

Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə