Jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#149056
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.436

Yozma manbalar epigrafik yodgorliklar, ya’ni, tosh, metall, suyak va sopolga bitilgan bitiklar, «Avesto», mixxab yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining xabarlari, graffitlar, ya’ni, qo‘l bilan binolar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan izlar, papirus, pergament va qog‘ozlardagi qo‘lyozmalar, chop etilgan materiallar.
Moddiy yoki arxeologik manbalar – arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik anjomlari, tangalar, san’at buyumlari, me’morchilik inshoatlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshoatlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
Etnografik ma’lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so‘nggi o‘rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an’analari, bayramlar va diniy e’tiqodlar, xo‘jalik yuritish udumlari, ma’lum kabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo‘lgan an’analar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Lingvistik ma’lumotlar qadimgi tillarning yozma, badiiy va og‘zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o‘xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda mashg‘ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e’tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi, voqea-hodisalar va ma’lum shaxslar bo‘yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig‘i hisoblanadi.
Arxiv materiallari – XIX asrning o‘rtalaridan boshlab bugunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o‘rganishda markaziy va joriy arixlarda saqlanayotgan ma’lumotlar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi, ya’ni, manbashunoslik – tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy – etnografik, lingvistik va og‘zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir. Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi.

Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə