Jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#149056
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.436

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik bubk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga munosibdir.
Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”. Binobarin, mustaqillik sharofati bilan falsafa. tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga, “oq dog‘lari”ga doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.
Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi.
Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”.
Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
Tariximiz, eng avvalo o‘tgan buyuk siymolar xalq orasidan chiqqan shu omma taqdiri bilan hamnafas ajdodlarimiz hayot yo‘lida, ularning Vatan oldidagi benazir xizmatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shu buyuk zotlarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, o‘zbek millatining kelajagi buyuk davlat qurishda jahon ayvonida turib, o‘z iymoni, e’tiqodlari, ma’naviy ruhlari bilan qo‘llab-quvvatlab, olg‘a etaklaydi. Mustaqillik bergan buyuk ne’matlardan biri ham shundaki, millatimizni o‘tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan haqqoniy tarix bilan qurollantirish hamda uzoq va yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk zotlarimizni hotirlab, ularning hurmatini bajo keltirish imkoniyatini berdi.
Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə