Jahon xalqlari tarixi bilan uzviy bog‘liqligi. O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,1 Kb.
#149056
1   2   3   4   5   6
O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmeti,tadqiqot ob’ekti,nazariy metodologik tamoyillari.436

Moddiy yoki arxeologik manbalar – arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik anjomlari, tangalar, san’at buyumlari, me’morchilik inshoatlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshoatlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
    • Etnografik ma’lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so‘nggi o‘rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an’analari, bayramlar va diniy e’tiqodlar, xo‘jalik yuritish udumlari, ma’lum qabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo‘lgan an’analar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
    • Lingvistik ma’lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va og‘zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o‘xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda mashg‘ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e’tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    • Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi, voqea-hodisalar va ma’lum shaxslar bo‘yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig‘i hisoblanadi.
    • Arxiv materiallari - XIX asrning o‘rtalaridan boshlab bugunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o‘rganishda markaziy va joriy arixlarda saqlanayotgan ma’lumotlar juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi, ya’ni, manbashunoslik - tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‘ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma’naviy yodgorliklar hamda ashyoviy – etnografik, lingvistik va og‘zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir. Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi.
Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‘zida real aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.
O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni.
O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning o’rni.O‘zbekiston tarixi fani va tarixni o‘rganishda manbalarning o‘rni va ahamiyati behad katta.
Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus hujjatxona (arxiv)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Xalq og‘zaki ijodi orqali tillardan tillarga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan tarixiy voqea va xodisalar bayoni, normativ materiallar asosida bizgacha etib kelmoqda. Binobarin, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqaligina tarixni yoritish – tarixiy ma’lumotlarni, dalillarni olish orqali ularni qiyosiy solishtirish va tarixiy umumlashtirish, bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea-hodisalarning sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tahlillar asosida esa ilmiy asoslangan xulosalar berish imkoniyatlari kengayadi.
Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.
Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya’ni, insoniyat qo‘li va aql-zakovati bilan yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, an’analar, tillar kabilar kiradi. 
Zamonaviy adabiyotlarda O‘zbekiston tarixini o‘rganishning manbalari shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo‘linadi:

Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə