Jismoniy tarbiya nazariyasi va


M aktabda sport kechalarini tashkil



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

M aktabda sport kechalarini tashkil
etish va o ‘tkazish
Sport kechalari maktab jismoniy tarbiya va sport jam o - 
asining hayotidagi har xil voqealarga b ag ‘ishlangan boMishi 
mum kin. Bu maktabda jismoniy tarbiya va sport ishlariga yillik 
yakun yasashga bag'ishlangan „Sport sharafi kechasi“ b olish i 
m u m k in . K e c h a la r m a k ta b k o m a n d a s i n in g y u q o ri y u tu q
natijalariga yoki alohida sportchilarga bag‘ishlangan b o ‘lishi 
mumkin: ular „Quvnoqlar va zukkolar“ , ,,G ‘oIib o ‘zim izdan“ , 
„Alpomish davrasi“ , „Barchinoy davrasi“ va boshqa mavzularda 
o ‘tkazilishi mumkin.
K e c h a n i n g v azifasi — m a k ta b j i s m o n i y t a r b i y a va 
s p o rtc h ila rin i rag ‘b a tlan tirish , u la rn in g y u tu q larin i ta rg ‘ib
138


qilish, o'quvchilarning yangi guruhlarini jismoniy tarbiya va 
sport mashg‘ulotlariga m untazam jalb etishdir.
Kechani o ‘tkazish u chun kcng tayyorgarlik k o ‘riladi, tuzil- 
gan tash k iliy q o ‘m ita g a sin fd an tash q ari ish lar b o ‘y ic h a 
tashkilotchi rahbarlik qiladi, albatta, asosiy ishni jism o n iy
tarbiya o ‘qituvchilari bajaradilar. Kecha dasturi va ssenariysi 
tuziladi, taklifnomalar tayyorlanadi, sovg'a va sovrinlar tayyor- 
lanadi, hakam lar tanlanadi va tasdiqlanadi.
Sport kechalarida uzoq kirish so‘zlari va m a ’ruzalardan voz 
kechish kerak. Aytish zarur gap bo'lsa, salom-alikka, tabrikka 
kiritish zarur. Kecha qismlarini ajratmasdan, biri ikkinchisiga 
uzviy ulanib ketilishi kerak.
0 ‘quvchilar jism oniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda
maktab pedagogik jam oasining vazifalari
M aktabda katta hajmdagi jismoniy tarbiya vazifalarining hal 
e tilish id a bu m a sa la b u tu n p ed a g o g ik j a m o a n i n g d iq q a t 
markazida b o ‘lishi kerak. M aktabda butun jism oniy tarbiya 
masalalarini faqat jismoniy tarbiya o ‘qituvchisi ustiga yuklash 
davri o ‘tib ketgan.
Bu ish la rn in g x ilm a-x il ta d b irla ri p e d k e n g a sh la rd a va 
kasaba uyushm asining yig‘ilishlarida m u n tazam ravishda hal 
etilib borilishi kerak. H a m m a pedagoglar jism oniy tarbiyani 
h a m m a sinflarda yaxshi y o ‘lga qo'yilishida o 'q u v ch ilar ish 
qobiliyatini oshirishda, ularning tashkilotchilik xislatini tar- 
biyalashda, iroda, ulguruvchanligiga ijobiy t a ’sir etishda faol 
q atnashsinlar.
M ak tab d a b u tu n pedagogik ja m o a a ’zolarining ishlarini 
birlashtirish va y o ‘naltirish m aqsadida, o ‘quvchilar jism oniy 
tarbiyasini yanada yaxshilash uch u n Xalq ta ’limi vazirligi va 
Davlat sport q o ‘mitasining „ U m u m o ‘rta t a ’lim maktab o ‘quv- 
chilarining jismoniy tarbiyasi haqida nizom i“ tasdiqlangan. Bu 
nizo m d a, m aktab vazifalari, jism oniy m ashqlar m ash g ‘uloti 
shakllariga qisqacha tavsif va o ‘quvchilar jismoniy tarbiyasining 
boshqa masalalari aniq k o ‘rsatib berilgan.
Nizom ga asosan, b u tu n pedagogik jam oa a ’zolari maktabda 
o ‘z kasblaridan tashqari o ‘quvch ilarn in g jism o n iy tarbiyasi 
uch u n javob beradilar.
H ar bir ja m o a jism oniy tarbiya va sportni o ‘quvchilarning 
ish qobiliyatlarini oshirishga ijobiy y ondashishi, in tizo m n i
139


yaxshilanishiga, bolalar kasalligining kamayishiga in tilm o g ‘i 
zarur.
O 'q itu v c h ila r n in g jis m o n iy tarbiyasi b o 'y ic h a d a rs d a n
tashqari m ashg‘ulotlarning tavsifiga yak u n yasab, yana bir 
marta quyidagilarga e ’tibor bermoq zarur:
— ishda jism oniy tarbiyaning h a m m a shakllaridan foy­
dalanish, q o ‘yilgan vazifalarni hal etishda har bir aniq sha- 
roitdan samaradorlik bilan foydalanish;
— sinfdan tashqari tadbirlarga o ‘quvchiIarni 100 foiz qat- 
nashuviga erishish, bu ishlarga butun pedjamoa, ota-onalar
otaliqqa olgan tashkilotlar, kerak b o ‘lsa, ja m g ‘armalarni jalb 
etish;
— tadbirlarning y o ‘naltirilganligi shakli va mazm uni aniq- 
lanadi;
— sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy masalalarini oldinga 
surib, asta-sekinlik bilan bazani yaratish, sinflar va maktabda 
bu sohadagi tashviqot-targ‘ibot ishlarini jonlantirish;
— ja m o at tashkilotlarga tayanish tajribali o'qituvchilarning 
ishidir;
— k o ‘chirmakashlik va bir xillik ishda hech qachon muvaf- 
faqiyat keltirgan emas;
— sinfdan tashq ari rejalar asosida o ‘tkazilgan h a r bir 
tadbir e ’tibor bilan qilinishi va baholanishi zaair.
140



Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə