Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə21/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Adabiyotlar:





  1. Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va seminaroti. – T.: Sano-Standart, 2017.

  2. Халиков А.А. Педагогик маҳорат. Дарслик. – Тошкент, Иқтисод молия, 2012.

  3. Джураев Р.Х., Турғунов С.Т. Таълим менежменти. – Тошкент., “Voris-Nashriyot”., 2006.

  4. Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.

  5. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2006.

  6. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.

USA, 2012 Routledge.
  1. Mavzu: Ta’limiy faoliyatni tashkil etishning zamonaviy metodikasi va texnologiyalarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar.


Mavzu rejasi:

  1. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishning zamonaviy metodikasi va texnologiyalarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar.

  2. Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish algoritmi.

Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q)


Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potaщnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova,O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o‘ziga xos
tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.Yo‘nalishli ta’lim konsepsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vыgotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davыdov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmolov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshqaruv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug‘ullangan. Ushbu konsepsiyaning yetakchi g‘oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni o‘zlashtirish bilan asosiy e’tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi.Ushbu konsepsiyaning boshqa bir g‘oyasi o‘quv shakllarini konstruksiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o‘zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayondir.
Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik o‘zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi.Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi.
Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak. Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash imkoniyatlarini chagaralaydi.Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim mazmuniga bog‘liq.
Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur

  • bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnlogiyasi» atamalari qatoridan

«pedagogik innovatsiyalar» atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning uddasidan chiqdik. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma- bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi.
Chunki, Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan.Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda: Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir.
Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy
«to‘plamidan» ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik
«tajribalarni umumlashtirishdan» farqli «mumkin emas» xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib
boradi.Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi.Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa «aniq» fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz. Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz.Bu imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda.

Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə