Kent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 406,74 Kb.
səhifə22/61
tarix05.05.2023
ölçüsü406,74 Kb.
#108701
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Kent davlat pedagogika universiteti

Adabiyotlar:


  1. Xodjayev B. Umumiy pedagogika nazariyasi va seminaroti. – T.: Sano-Standart, 2017.

  2. Халиков А.А. Педагогик маҳорат. Дарслик. – Тошкент, Иқтисод молия, 2012.

  3. Джураев Р.Х., Турғунов С.Т. Таълим менежменти. – Тошкент., “Voris-Nashriyot”., 2006.

  4. Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.

  5. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Т.: “Fan va texnologiyalar” нашриёти, 2006.

  6. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.

USA, 2012 Routledge.


  1. Mavzu: O‘qituvchilarning innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorligini tashxis etish metodikasi.


Mavzu rejasi:

  1. O‘qituvchilarning innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorligini tashxis etish metodikasi.

  2. Innovatsion ta’lim jarayonida novator-o‘qituvchi va rahbar xodimlarning shaxsiy-kasbiy kompetentligi.

  3. O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlari.

  4. O‘qituvchining kasbiy imidji.

  5. O’qituvchi innovatsion faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.

  6. O’qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari

Bu vazifalarning hal qilinishida pedagog shaxsiga muhim ahamiyat beriladi. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar: jamiyat rivojlanishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholay olishi; muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo‘lishi; pedagogik faoliyatni sevishi; o‘z sohasi bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishi; zakovatli bo‘lishi; pedagogik tuyg‘u; yuksak etuklik; umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi; pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo‘lishi. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: kirishib keta olish, san’atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va boshqalar. YUqorida sanab o‘tilganlar, pedagog shaxsiga xos bo‘lgan tug‘ma xislatlar emas, balki ular pedagogning o‘z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.
Pedagogik qobiliyat O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi. Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: ob’ektga (talabaga) nisbatan sezgirlik; kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik; perseptiv qobiliyatlar – kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u; shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish; kreativlik – ijodiy ish qobiliyati. Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi: talabani tushunishni ko‘rish va sezish, bunday tushunishning darajasini va xarakterini o‘rnatish qobiliyati; o‘quv materialini mustaqil tanlab olish, o‘qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati; materialni etarli bayon qilish, uning barcha talabalarga tushunarliligini ta’minlash qobiliyati; talabalarning individualligini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati; o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati; o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; o‘zining tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rish qobiliyati; mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi: boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo‘lish qobiliyati (empatiya qobiliyati); taqlid qilish uchun namuna bo‘lish qobiliyati; tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati; muloqotning lozim topilgan uslubini, o‘z o‘rnini topish, kelisha olish qobiliyati; hurmat qozonish, talabalar o‘rtasida obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat alohida ajralib turadi. O‘qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar. Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o‘zaro aloqalar doirasidagi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir. Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha guruhlari farqlanadi: 1. Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va xattiharakatlariga baho berishni, kishining tashqi ko‘rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berishni; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o‘qiy» olishni qamrab olinadi. 2. Kishining o‘z-o‘zini bilishi. U o‘z bilimlarini, qobiliyatlarini o‘z xarakteri va o‘z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo‘lsa, shunday baho berishni ko‘zda tutadi. 3. Muloqot vaziyatini to‘g‘ri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning ko‘proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to‘g‘ri idrok etish va baholash qobiliyatidir. O‘qituvchi faoliyati turlari Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyati turli yo‘nalishlarda bo‘ladi. Ulardan eng muhimlari tubandagilar: O‘quv pedagogik faoliyat. Bu faoliyat jamiyat talablariga mos ravishda oliy maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni uchun o‘quv va ilmiy- tadqiqot ishlarining uzviy bog‘liqligi, talabalar faolligi va mustaqil ishlari ijodiy potensial bo‘lgan shaxs ahamiyatini oshirish xarakterlidir. Oliy maktabdagi pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy faoliyat qo‘shib olib boriladi. Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlarni ochish bilan bog‘lanadi. Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlarni yangilashga va pedagogik vazifalar tizimini hal qilishga yo‘nalgan bo‘ladi. O‘qituvchi konkret fanni boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro bog‘lagan holda uning o‘qitilish maqsad va vazifalarini belgilaydi, talabaning o‘quv-bilish faoliyatini jonlantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning mazmuni, zamonaviy shakl va metodlarini o‘ylab topadi. O‘qituvchi o‘quv-pedagogik faoliyatining o‘ziga xosligi uning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishidir.
Oliy maktab o‘qituvchisining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda, N.V.Kuzmina va Z.F. Esarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular quyidagi komponentlarni farqlaydilar: konstruktivlik; tashkilotchilik; ilmiy bilish; kommunikativlik. Konstruktivlik komponenti ilmiy-tadqiqot, o‘quv-tarbiya ishlarida loyihalash yoki o‘z konstruksiyalash malakalarida ko‘rinadi. Loyihalash malakasi – bu ilmiy izlanishni yoki o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirishning intellektual malakalaridir. o‘qituvchining loyihalash malakasi Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan. Oliy maktab o‘qituvchisi faoliyatini tavsiflash va baholash uchun quyidagi sathlardan foydalaniladi: reproduktiv. Bunda o‘qituvchi faqat o‘zining axborotlarini loyihalashtiradi, lekin auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi; moslashuvchan. Bu sathda o‘qituvchi o‘quv axborotlarini auditoriyadagi talabalarning saviyalariga mos qilib modellashtiradi; lokal-modellashtirish. Bu sathda o‘qituvchi axborotlarni bayon qilibgina qolmaydi, balki ayrim masalalar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimini modellashtira olishi lozim; tizimli-modellashtirilgan bilim. Bu sathda konkret fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘z faoliyati va talabalar faoliyati tizimini modellashtiradi; tizimli-modellashtirilgan faoliyat. Bu sathda o‘qituvchi talabalar bilan birga barcha o‘quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi. Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o‘quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko‘rinadi. Bu o‘qituvchi, talaba va boshqa olimlarning o‘zaro aloqador faoliyatidir. Tashkilotchilik faoliyati o‘zini, o‘zining vaqtini; talabalarning individual, guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kadrlarni tanlab olish va ularning vazifalarini belgilab berishni tashkil etish malakasida namoyon bo‘ladi. Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining xatti- harakatlarini integratsiyalashdir. Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o‘zini chuqur va har tomonlama bilish malakasida ko‘rinadi. o‘qituvchi o‘z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil qiladi. Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul o‘zaro aloqalarni belgilash malakasini ko‘zda tutadi. Kommunikativlik faoliyati asosida o‘qituvchining o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati yotadi. Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy birligini namoyon etadigan o‘ziga xos tizim sifatida izohlaydilar. V.A.Slastenin pedagogik vazifa deganda, bilish, voqelikni yangilash (o‘zgartirish) maqsadi bo‘lgan o‘ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi. o‘qituvchining maqsadga yo‘nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning: strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi. Strategik vazifa. Bu o‘ziga xos ulkan vazifa. Strategik vazifalar ta’limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqadi. U jamiyat rivojlanishining ob’ektiv ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va yakuniy
natijalarini aniqlab beradi. Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi. Taktik vazifalar ta’limning yakuniy natijalarini ta’minlashga yo‘nalganligini saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bos- qichida hal qilinadigan vazifalardir. Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi navbatda hal qiladigan vazifalardir. Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu kasb o‘ta murakkab hamda o‘ta ijodiy kasbdir. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o’zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o’rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o’zaro ta’siri mikrosathi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o’rnini ikkinchisi egallashdir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi kontseptsiyasini farqlaydilar. Bu kontseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o’lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 1. .Yangi g’oya tug’ilishi yoki yangilik kontseptsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi. 2.Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi. 3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llay bilish bosqichi. 4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi. 5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o’zining yangiligini yo’qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo’ladi. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo’llanish doirasini qisqartirish bosqichi. V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo’naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi. Yangilik kiritishning tizimli kontseptsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o’zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko’lamda ishlab chiqish taalluqlidir. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o’zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o’rin tutadi. SHuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka
qiziqish uyg’otadi. Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko’zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ekt uchun ob’ektning o’zi yangi bo’lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yo’nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo’lib, o’zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o’zida aks ettiradi. R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o’qitish va tarbiya berishda avval ma’lum bo’lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o’zgarib turishi mumkin bo’lgan mazmuni sifatida qaraydi. Pedagogik innovatsiyada Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi: Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me’yorlari, yangining uni o’zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi. Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o’zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o’zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi. Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e’tiborini o’ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi: faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig’indisi; sub’ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari; sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari; mazmun tuzilmasi - o’quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo’lishi, ishlab chiqilishi va o’zlashtirilishi; bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi – yangilikning paydo bo’lishi - ildam o’sish - yetuklik – o’zlash tirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) – boyish (to’yinish) – qoloqlik - inqiroz – irradiatsiya(aldanish) – zamo naviylashtirish; boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o’zaro aloqasi: rejalashtirish - tashkil etish - rahbarlik
qilish - nazorat qilish; tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko’ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi: pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni; nihoyat amalga oshish qonuni; qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni; pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni; Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to’g’risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo’linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi. Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo’lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi. Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o’tish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo’liga to’siq bo’lishga majbur bo’ladi. Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar: Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o’tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo’lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo’llariga ongli munosabat bo’lmaydi. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir. Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin: madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv; shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv; ko’p sub’ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish; individual - ijodiy (o’qituvchi va talabalarning o’zaro munosabatlari) yondashuv. Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’ekti o’qituvchi, uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo’ladi. S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning sub’ekti sifatida yoritiladi. Unga quyidagilarni kiritadi: o’qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o’quv - tarbiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko’rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning yangi tadbirlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o’z-o’zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinchiliklarni a’lo darajada yenga bilish, o’sish va mustahkam o’rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o’zining sotsial roli funktsiyasini
bajarishida faol munosabatda bo’lish va hokazo. Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o’z-o’zini boshqarishi va o’zini- o’zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo’nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. Bunday yo’nalish talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o’z ichiga oladi. Tayanch yo’nalishlar - ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o’zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o’tish. SHunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo’nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan xulosaga olib keladi. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o’zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi. Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi. 3.2. O’qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi O’qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi. V.A.Slastenin o’qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi. Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o’tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi. B.G. Anan’ev, N.V.Kuz’mina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo’g’rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to’g’risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga yetishdagi balandliklardan o’ta olish masalalari bilan shug’ullanganlar. V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko’rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, sub’ektiv omillari esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi. Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko’rsatiladi: iste’dod nishonalari; uquvlilik; qobiliyat; iste’dod; oila tarbiyasi sharoiti; o’quv yurti; o’z xatti-harakati. Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: ijodiy individuallik; o’zining o’sish va takomillashish jarayoni; o’z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi. O’qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat: intellektual - ijodiy tashabbus; bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliya ti; ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati; axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka bo’lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo’lgan chanqoqlik (N.V.Vishnekova). V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro’yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi: ijtimoiy
mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish; pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish; samarali va ahamiyatli me’yorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish; shaxsning o’z taqdirini o’zi belgilash va o’zini o’zi namoyon qila olishi asosida o’z rivojlanishini ta’minlash; SHu tariqa o’qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi. Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o’z-o’zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o’zini boshqalarga qiyos qilish asosida o’z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o’zi to’g’risidagi kreativ ko’rinishlar va tasavvurlari to’plami; individual kreativ o’ziga xosliklarning bir butunligi va uyg’unligi , ichki birligi; shaxsning o’z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o’zini namoyon qila olishi va o’zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o’zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o’zining o’rnini anglay olishi (V.A.Slastenin). Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining kasbiy mahorati cho’qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir. Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60- yillarda paydo bo’ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko’nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko’rsatadi: fikrining ravonligi; fikrni maqsadga muvofiq yo’llay olishi; o’ziga xoslik (originallik); qiziquvchanlik; farazlar yaratish qobiliyati; xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.) O’qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin: Birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko’chiriladi; ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to’la ishlab chiqiladi; to’rtinchi bosqichda o’qitish va tarbiyalashning o’z betakror kontseptsiyasi va metodikasi yaratiladi. O’qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir. Refleksiya o’qituvchining o’z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish deb qaraladi (o’z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar. V.A.Slastenin). Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an’anasi mavjudligi aytiladi: ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili; shaxslararo muloqot ma’nosini tushunish refleksiyasi; Bu bilan bog’liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar: o’z- o’zini va boshqalarni tushunish; o’z-o’ziga va boshqalarga baho berish; o’z-o’zini va boshqalarni izohli tahlil qilish. Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish ) sub’ektning o’z (ichki) psixik tuyg’u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o’z ongidagi o’zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi. Psixologik lug’atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub’ektning o’z-o’zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg’usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi. 3. O’qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. o’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to’qnashuvi va o’zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda tutadi. O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o’z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo’ladi. O’qituvchi faoliyatida o’z-o’zini faollashtirish, o’z ijodkorligi, o’z-o’zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o’qituvchining o’z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fan, o’ziga bo’lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O’qituvchi o’z nuqtai nazarlariga o’ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o’zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o’zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muloqot namunasining o’zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan holi bo’lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o’qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatning ongli tahlili; me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish; o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Demak, o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, kontseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi
sifatida namoyon bo’ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo’lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi: ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o’qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi; ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; pedagogik yangilikni o’zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabati xarakteri o’zgarishi. O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik (optimal’nost’), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o’zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo’llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub’ektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me’yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o’qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so’ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.. O’qituvchining innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. V.A.Slastenin tadqiqotlarida o’qituvchining innovatsion faoliyatga bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli: shaxsning ijodiy-motivatsion yo’nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o’z kamolotiga intilish va boshqalar; kreativlik. Bu – hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo’lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o’zicha mushohada yuritish, refleksiya; kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqi qot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar; o’qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat’iyatlik, o’ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo’ylik,
o’zini tuta bilish va boshqalar. Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o’qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin): innovatsion foliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash; ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik; shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish; ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik; innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi; innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta’siri; kasbiy refleksiyaga bo’lgan qobiliyat. Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o’qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o’qituvchi shaxsidir. O’qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo’lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg’ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o’ch bo’lishi lozim. O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo’nalishda amalga oshirilishi lozim: yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; yangicha harakat qila olishga o’rgatish. Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o’quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o’rganish oliy maktab o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.

Yüklə 406,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə