Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


I BOB. TADQIQOTNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə3/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

I BOB. TADQIQOTNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Turg’un so’z birikmalari tadqiqi tarixiga qisqacha nazar
Dunyodagi barcha tillarga xos bo’lgan universal til birliklaridan biri bu tillardagi so’z birikmalarining mavjudligidir. Turg’un so’z birikmalari har qanday alohida olingan so’z kabi, ma’lum narsa- predmetlarni, hodisa va holatlarni nomlashga bo’lgan ehtiyoj orqali shakllangan til birliklaridir. Ularning tillarda tutgan maqomi so’zlarning maqomidan yuqori bo’lsa borki, ulardan kam emas. Chunki bunday birliklar har qanday millatning tarixiy tafakkurlash xususiyatlarini, milliy- madaniy o’ziga xos an’analarini, turmush tarzini asrlar osha bizga yetkazib beruvchi noyob til unsurlaridir.
Turg’un so’z birikmalarining boshqa so’z birliklaridan farqli bo’lgan lisoniy tabiati, ya’ni ularning struktur hamda semantik dunyosini o’zgacha shakllanganligi o’tgan asrning boshlaridan boshlab turli til vakillari, tilshunoslar diqqatini o’ziga jalb qila boshladi. Ushbu o’rinda taniqli Shvetsariyalik tilshunos Sh. Ballining o’tgan asr boshlarida chop etilgan, so’ng 1961 yilda Moskvada rus tiliga tarjima qilingan “Французская стилистика” kitobini alohida ta’kidlash lozim.
Tilshunos olimning e’tirof etishicha, Sh. Balli ilk marotaba turg’un so’z birikmalarini ilmiy tahlilga tortgan. U frazeolgizmlarni stilistik-semantik xususiyatiga ko’ra ikki guruhga ajratadi: frazeologik birliklar va frazeologik qatorlar7.
Shu o’rinda o’tgan asrning yigirmanchi yillarida Rossiyadan Samarqandga kelib yashab qolgan tilshunos olim Y.D. Polivanov rus hamda bir qator sharq tillari, jumladan o’zbek tili frazeologiyasini ham nazariy, ham amaliy jihatlarini o’rganib, tillardagi turg’un so’z birikmalarini mustaqil til sohasi sifatida “frazeologiya”da yoki “idiomatika”da o’rganish zarurligiga urg’u beradi8.
Ma’lumki, turg’un so’z birikmalarini keng qamrovda o’rganish ikkinchi jahon urushidan so’ng amalga oshirildi. O’zidan oldingi tilshunos olimlarning frazeologiya haqidagi ta’limotlarini chuqur o’rganib chiqqan rus olimi, akademik V.V. Vinogradov tomonidan 1946 yilda e’lon qilingan “Osnovnыe ponyatiya russkoy frazeologii kak lingvisticheskoy distsiplinы” hamda 1947 yilda chop etilgan “Основные понятия русской фразеологии как лингвистической дисциплины” fundamental maqolalari jahon frazeologik maktablarining shakllanishiga, yangi frazeologik yo’nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishda asosiy ilmiy manba bo’lib xizmat qildi. V.V. Vinogradov tomonidan amalga oshirilgan rus tili turg’un so’z birikmalarini tasniflash 60-70 yillarda shu darajada mashhur bo’lib ketdiki, hatto barcha tillar uchun bir “qolip” vazifasini o’tadi, natijada aksariyat holatlarda ushbu tasnif tillarning o’ziga xos xususiyatlarini qaysi til oilasiga mansubligi, tillarning struktur-semantik xususiyatlari inobatga olinmagan holda avtomatik tarzda boshqa tillarga tatbiq etila boshlandi. Pirovard natijada bir qator sobiq ittifoq xalqlari tilshunosligida bir-biriga o’xshash tasniflar yuzaga keldi9.
Tillardagi turg’un so’z birikmalarini turlicha struktur-semantik ko’rinishga ega ekanligi sababli ularni turlicha nomlab kelindi. G’arb tilshunosligi anьanalariga ko’ra ular “idioma”, “idiomatik ibora”, “paremiyalar” deb nomlangan bo’lsa, rus va boshqa xalqlar tillarida “turg’un so’z birikmalari”, “frazeologizmlar”, “frazeologik birliklar”, “frazemalar” va bir qator shu kabi atamalar bilan nomlanib kelinmoqda. Tildagi barcha turg’un so’z birikmalarini bir fan ostida termin bilan nomlash g’oyasi yuqorida tilga olingan V.V. Vinogradovning rus tili asosida tartib berilgan frazeologik kontseptsiyasi bilan bog’liq. Ushbu tasnif tahlili natijasida turg’un so’z birikmalarini tadqiq qiluvchi olimlar ikki bir-biridan farqlanuvchi guruhga ajraldilar. Bir guruh tilshunoslar frazeologiyaning ob’ekti sifatida faqat so’z birikmasi strukturasiga ega bo’lgan turg’un so’z birikmalar kiritilishi lozimligini yoqlasalar, ikkinchi guruh tarafdorlari frazeologiyaning ob’ekti sifatida barcha turg’un so’z birikmalari, hamda gap ko’rinishiga ega bo’lgan maqol, matal va hikmatli so’zlarni ham kiritish zarurligiga urg’u beradilar. Hattoki, ba’zi bir tilshunoslar frazeologiya ob’ekti sifatida yakka holda shakllangan metaforik so’zlarni ham, masalan: rus tilidagi “zayats-quyon ” qo’rqoq ma’nosida yoki o’zbek tilidagi “latta” kabi so’zlarning denotativ ma’nosidan uzoqlashib ko’chma ma’noga ega bo’lgan leksemalarni frazeologik ob’ekt sifatida talqin qiladilar10. Boshqa bir qator tadqiqotchilar tillardagi hech qanday ko’chma ma’noga ega bo’lmagan turg’un so’z birikmalarini ham frazeologiya ob’ektiga kiritadilar11. Masalan: “Germaniya Federativ Respublikasi”, “O’zbekiston Qahramoni” kabilarni.
Ushbu turlicha qarashlar, bizning fikrimizcha, turli tillarning turg’un so’z birikmalarini tadqiq qilgan tilshunoslar tomonidan ularning turli xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo’llanilgan metodlari asosida yuzaga kelgan. Chunki ba’zi bir turg’un so’z birikmalarida frazeologik ma’noni tashkil qiluvchi komponentlar to’la yoki qisman ma’no ko’chishi asosida shakllansa, boshqalarida turg’un so’z birikmasi struktural jihatdan turg’un bo’lib, ma’noning ko’chishi komponent tarkibining transformatsiyasi asosida paydo bo’ladi. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda frazeologik birlik sifatida erkin so’z birikmalariga zid bo’lgan turg’un, reproduktiv, ya’ni tayyor holda tilda qo’llanilishi mumkin bo’lgan ekspressiv, bir butun-yaxlit ma’noni ifodalovchi til unsuri hisoblanadi. Yuqoridagi struktural hamda noyob semantikaga ega bo’lgan turg’un so’z birikmasining tabiatidan kelib chiqqan holda frazeologiyani “keng” yoki ”tor” ma’noda tushunish kontseptsiyalari paydo bo’ldi. Demak, turg’un so’z birikmasi bir tarafdan yaxlit, yoki qo’shma leksemalar qo’shma so’zlardan farq qilsa, ikkinchi tomondan erkin so’z birikmalaridan farqlanadi. Lekin, tillar zaxirasida shunday qo’shma so’zlar borki ularning semantikasida frazeologik birliklar semantikasiga o’xshash jarayon mavjud bo’lib, komponentlaridan biri ma’no transformatsiyasiga uchragan bo’ladi. Semantik jarayon nuqtai nazaridan qaralsa, bunday so’zlarni frazemalardan farqlash qiyin, ularning tashkil qiluvchi so’zlari ma’nosidan kelib chiqib ular ifodalayotgan ko’chma ma’noni tushunish o’ta dushvor masala. Nemis tilida „die Schlafmütze“ qo’shma so’zi “schlafen”(uxlamoq) hamda “die Mütze” (qalpoq) so’zlaridan yasalgan qo’shma so’z bo’lib, “uxlash paytiga kiyib olinadigan qalpoq” ma’nosini ifodalovchi qo’shma so’zdir. Lekin ushbu qo’shma so’z ma’nosi o’ziga xos transformatsiyaga uchrab metonimik ma’noda “uyquchi, ko’p uxlaydigan shaxs”ni nomlaydi. Ushbu ma’no og’zaki nutqda shu darajada ko’p qo’llaniladiki, hatto uning to’g’ri-denotativ ma’nosi faraz ham qilinmaydi. Yana bir misolga e’tiborni qaratsak, ingliz tilidan nemis tiliga o’zlashib qolgan “der Blaustrumpf” (so’zma-so’z: yashil paypoq) qo’shma so’zi o’zining leksik ma’nosidan ko’ra ko’proq metonimik ma’noda “o’zini faqat ilmga bag’ishlagan va ayollik tarovatini yo’qotgan shaxs”ga nisbatan qo’llaniladi. Lekin bu holatda leksik birliklar frazeologik birliklarga xos bo’lgan ma’no ifodasiga ega bo’lsalarda, struktur va grafikasiga (yozuviga) ko’ra frazeologizmlardan farqlanadilar. Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, bu kabi jumboqli holatni ba’zi bir frazemalarning o’z derivatlari bilan qiyoslanganda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Masalan: o’zbek tilida iste’moldagi “birovning ko’zini bo’yamoq” frazemasidan yasalgan “ko’zbo’yamachi, ko’zbo’yamachilik” kabi qo’shma so’zlar frazemami yoki leksemami? Bunday derivatlarni nemis va rus tillari frazemalarida ham kuzatishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan o’zbek tilidagi frazemaning nemis va rus tillaridagi muqobil ekvivalentlari bo’lmish: „j-m die Augen auswischen“ (so’zma-so’z: birovning ko’zini artmoq), hamda rus tilidagi “vtiratь ochki komu libo” (so’zma-so’z: birovning ko’zoynagini artib qo’ymoq) iboralari ham o’z tillari doirasida qo’shma so’zlar - derivatlar paydo bo’lishiga xizmat qilgan, ya’ni nemis tilida “Augenauswischer”, “Augenauswischerei”, rus tilida “ochkovtiratelь”, “ochkovtirotelьstvo12.
Bu kabi idiomatik ma’noga ega bo’lgan qo’shma so’zlarni idioma- frazemalardan ajratib olishda bir qator qiyinchiliklar mavjud:

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə