Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə9/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

- Eine Seele von einem Menschen
v). Qatorlashib shakllangan iboralar:
- blinder Hass
- blinder Zorn
- blindes Fenster
- blinde Tasche kabilar.
Uchinchi kriteriy orqali professor I.I. Chernisheva turg’un so’z birikmalarni bir biri bilan aloqasini uch asosiy faktor orqali ajratib ko’rsatdi:

  1. Yakka yoki barcha komponentlarning semantik o’zgarishlari asosida yasalgan birliklar: ins Wasser fallen- barbod bo’lmoq. Bu yerda “Wasser” so’zi o’zining leksik ma’nosidan uzoqlashgan holda yangi ma’no kasb etyapti. Shunday holatni “blinder Passagier” (so’zma-so’z: ko’zi ojiz yo’lovchi) “chiptasiz yo’lovchi” iborasida ham kuzatish mumkin. Mazkur holatda “blind”-“ko’zi ojiz” so’zi “yo’lovchi” so’zi bilan birga yangi ma’noga ega bo’lmoqda.

  2. O’z leksik ma’nosi asosida shakllangan turg’un so’z birikmalar:

der Nahe Osten”- „yaqin sharq“

  1. Turg’un hamda o’zgaruvchan komponentlarga ega bo’lgan shablon turg’un birikmalar: „Aufnahme finden“, „Eile haben“, „eine Seele von einem Menschen“.

Yuqoridagi kompleks kriteriylar asosida nemis tilida to’rt tipdagi turg’un so’z birikmalarni ajratib olishimiz mumkin:

  1. Semantik nuqtai nazardan komponentlari to’liq yoki qisman o’zgarish birgina bog’lanish orqali shakllangan iboralar;

  2. Birgina komponentning semantik ma’nosini o’zgarishi orqali bir qator turg’un birliklarning shakllanishi;

  3. Modellar, ya’ni analitik va tipik konstruktsiyalar orqali shakllangan iboralar;

  4. O’z leksik ma’nosi asosida shakllangan turg’un so’z birikmalar.

I.I. Chernisheva tomonidan taklif qilingan tasnifning uchinchi hamda to’rtinchi guruhlari bir qator tilshunoslar tomonidan tanqid qilinib, ushbu turg’un birliklar tilning frazeologik tadqiqot ob’ekti bo’lmasligini ta’kidlab o’tdilar32.
Nemis tilining turg’un frazalari rus olimi A.D. Rayxshtayn tomonidan monografik tadqiqot ko’lamida chuqur o’rganib chiqilgan. Uning 1971 yil Moskvada chop etilgan “Nemetskie ustoychivыe frazы” qo’llanmasida nemis tilidagi qator turg’un frazalar semantik, struktur, funktsional nuqtai nazardan atroflicha talqin qilingan. Muallifning qo’llanma so’z boshisida yozishicha “Darhaqiqat, nemis tilida ko’p sonli ifodalar borki, ularda standart transformatsiyalanish yetishmaydi, yoki ular shaklan umuman o’zgarishga uchramaydi. Bular turg’un frazalar bo’lib, fraza o’zgarmasdan tilda tayyor xolda paydo ishlatilaveradi.
wie man´s nimmt- eto tak skazatь(aytish mumkinki)
so was lebt nicht- nu, nado je! Bыtь ne mojet!(Naxotki! Bo’lishi mumkin emas!)
da beißt die Maus keinen Faden ab!-eto uj tochno, tut nechego ne izmenishь(endi buning iloji yo’q)
so schnell schießen die Preußen nicht- tak bыstro dela ne delayutsya(ish bunuqa bo’lmaydi)
Befehl ist Befehl- prikaz yestь prikaz”33(gap-gap!)
Bu kabi frazemalarda grammatik struktura hamda komponentlar mutlaq turg’un.
Nemis tili frazeologik dunyosidagi bu kabi noyob, o’ziga xos semantika va strukturaga ega bo’lgan turg’un so’z birikmalari A.D. Reyxshtayn tomonidan iboralarning turg’unlik darajasi, frazeologik sxemalari hamda har tarafdan turg’unlikka ega bo’lgan maqollar, matallar qanotli so’zlar(hikmatli so’zlar) ishonchli manbalar asosida tahlilga tortilgan. Yuqoridagi fundamental ishlar qatori nemis tili frazeologiyasining turli aspektlari nomzodlik dissertatsiyalari doirasida ham keng o’rganilgan34.
Professor Umarxodjaev M.I. nemis va o’zbek tillari frazeologik dunyosini alohida olingan til tizimining mustaqil tizimi sifatida tahlil qilib o’zining frazeologik kontseptsiyasini yaratdi. Ushbu kontseptsiya yuqoridagi tasniflash yo’nalishidan farqli o’laroq tillardagi frazeologiya zaxirasini markaziy hamda periferiyasini aniqlash orqali tildagi frazeologizmlarni shakllanishini tashkil qiluvchi komponentlarning “puchlashish” darajasini aniqladi35.
G’arb tilshunosligida bo’lgani kabi turkiy tilshunoslikda ham tillardagi turg’un so’z birikmalari ilmiy tahlil qilish XIX asr oxiri, XX asr boshlaridan boshlangan. Bu borada “turkiy tillar frazeologiyasini o’rganish masalalari” maqolasining muallifi K.M. Musaev yozadi:36 XIX asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Kozimbek (1802- 1870) o’sha davr an’analaridan kelib chiqib, rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda bo’lgani kabi o’z asarlarida “fraza” so’zini “jumla”, “gap” (predlojenie) ma’nosida qo’llagan. “Frazeologik birikma” deganda esa so’zdan yirik til birliklari tushungan. U turkiy tillardagi fe’llar haqida ma’lumot berar ekan, g’am yemoq, vujudga kelmoq, gussa yemoq kabi til birliklarini “tarkibiy fe’llar” (sostavыe glagolы) deb izohlaydi37.
1929 yil Bokuda I. CHobonzade va F. Agaevlar tomonidan chop etilgan “Turk tili grammatikasi” asarida tilshunoslikning “semasiologiya”, “stilistika” atamalari qatoriga qo’shilayotgan “idiomatizm” atamasini “idiotizm” so’ziga almashtirib ishlatishni taklif qiladilar. Misol tariqasida turli tilidan “boshga solmoq”, “boshga tushmoq”, “ko’z qo’rmoq”, “ko’zim (sendan) suv ichmoq” kabi idiomatik iboralar keltiriladi38.
Aslida turkiy tillarning tadqiqot tarixi keng va teran o’rganilmagan, shu boisdan ushbu mavzuni alohida masala ob’ekti sifatida o’rganish maqsadga muvofiq. Biz qisqacha tarixiy ekskursiyamizni yuqorida ko’rsatib o’tilgan turkiy tillar frazeologiyasini o’rganish masalalari haqida B. Yuldashevning “O’zbek frazeologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti”, “Mustaqillik yillarida o’zbek frazeologiyasi; erishilgan yutuqlar va navbatdagi vazifalar”(Xorijiy filologiya. №1 2017 y.) risolasi va maqolasi bilan chegaralanamiz. Shu bilan birga o’zbek frazeologiyasi hamda frazeografiyasining so’ngi yillardagi ba’zi bir o’zga tillar doirasida olib borilgan qiyosiy ishlarga to’xtalib o’tamiz. O’tgan asrning 60- 70 yillariga kelib o’zbek tilida bir qator bir va ikki tilli lug’atlar paydo bo’ldi. Ular orasida S. Dolimov tomonidan tartib berilgan “Keng uyning kelinchagi” Toshkent 1961 yil, hamda taniqli o’zbek frazeologi hamda frazeografi SH. Raxmatullaevning qator ilmiy ishlari sirasida alohida o’zbek frazeologiyasini kelgusi taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan “O’zbek tilining qisqacha frazeologik lug’ati”ni (1964) alohida e’tirof etish lozim. SH. Rahmatullaevning “O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli 1966 yilda chop etilgan monografiyasi frazeologik birliklarni mustaqil lisoniy birliklar sifatida ularning maqomi atroflicha asoslanib berildi. O’zbek tili frazeologiyasini ilmiy o’rganishga muallif tomonidan tartib berilgan lug’at bilan birga, o’zbek tili frazeologik zaxirasini tavsiflash metod va uslublari zamonaviy frazeologik tadqiqotlarga asos bo’lib xizmat qilmoqda.
O’sha davrga kelib o’zbek tili boshqa tillar bilan chog’ishtirib o’rganish boshlandi, buning natijasida ikki va uch tilli lug’atlarga tartib berildi, masalan: M. Sodiqovaning “Russko-uzbekskiy frazeologicheskiy slovarь” lug’ati 1972. M. Abdullaevning “O’zbekcha-ruscha frazeologizmlar lug’ati”, Toshkent 1976 yil. Bular qatorida rus, nemis, ingliz va boshqa tillar chog’ishtirma frazeologiyasiga, ularning tarjimasiga va lug’atlar tuzish masalasiga bag’ishlangan ma’lum ishlar bajarildi39.

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə