Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Nemis va o’zbek tillari turg’un so’z birikmalari tadqiqi



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə7/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

1.2. Nemis va o’zbek tillari turg’un so’z birikmalari tadqiqi
xususida
G’arb tilshunoslari tomonidan turg’un so’z birikmalari tabiatini nazariy jihatdan ilmiy tadqiq qilish uzoq tarixga ega bo’lmasada, amaliy jihatdan, ya’ni turli to’plamlar, ma’lumotlar hamda lug’atlar tuzish bo’yicha boy tajriba va tarixga ega. Bu nuqtai nazardan nemis tili lug’atshunosligini alohida ta’kidlash lozim.
Nemis tilidagi maqol-matallar, hikmatli so’zlar hamda turli ko’rinishdagi turg’un so’z birikmalarini tartibga solish va tarixini atroflicha o’rgangan professor M.I. Umarxodjaev nemis frazeografiyasini uch bosqichga bo’lishni tavsiya etadi19. Birinchi bosqichda qadimgi qo’lyozma maqol-matallar, turli tuman hikmatli so’zlar bitilgan turli ko’rinishdagi XIX asrga qadar bo’lgan to’plamlarni kiritadi. Ikkinchi bosqichga XIX asrdan XX asrning birinchi yarimigacha bo’lgan davrda chop etilgan turli manbalar kiritiladi. Uchinchi bosqich esa XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab hozirgi kungacha bo’lgan barcha ilmiy-amaliy manbalarni, tadqiqotlarni qamrab oladi20.
Ma’lumki, yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixidagi eng buyuk, betakror kashfiyotlardan hisoblanadi. Yozuv orqali insoniyat nafaqat o’z tarixini, o’z madaniyatini, o’z tilini, balki o’zgalar turmush tarzini boyitgani ham o’rganishga, ularni saqlab qolishga, avloddan-avlodga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ushbu o’rinda qadimda tartib berilgan turli mazmun, turli ko’rinishdagi katta- kichik to’plamlarning bahosi beqiyos. Ba’zi bir bibliografik ma’lumotlarga asosan nemis tilidagi nemis va lotin tillari maqollari to’plamiga rohib Notker Labeo (952- 1022) tomonidan ilk bora tartib berilganligi ta’kidlab o’tilgan21.
Ushbu lug’atlar orasida Sebastiyan Frank tomonidan chop etilgan (1972 yilda kitobsevarlar tomonidan Daritorfda, 1974 yilda Amsterdamda Ulrix Mayser tomonidan qayta chop etilgan) „Sprichwörter” (maqollar) to’plamini alohida e’tirof etish lozim. Ushbu yo’nalishda 1630 yilda Germaniyaning Frankfurt shahrida U. Lemkin tomonidan tartib berilgan „Florikegium Politicum oder politische Sentenz, Lehren, Regula und Sprichwörter aus Jurisconsultiis, politicis, Historiciy, Polosophies, Poeten und eigener Erfahrungen unter 286 Titeln in locos comminis zusammengetroffen: Frankfurt, 1630“ to’plami ham e’tirof etishga loyiq.
Ushbu bosqichning e’tiborli tomonlaridan biri, ilk bora nemis tili maqol va matallari ilmiy tadqiqotlar ob’ektiga aylandi. Maqol va matallar strukturasi hamda semantik xususiyatlari ilk o’rganila boshlandi. Ushbu o’rinda nemis yozuvchisi, nazariyotchi-filolog Yu.G. SHottelь tomonidan 1663 yilda Braunshvaygda e’lon qilingan „Ausführliche Arbeit von der Teutschen Haupt Sprache“ nomli ko’p tomli kitobini tilga olish shart. U beshinchi kitobida 1230 ta maqol hamda 560 ta matallarni talqin qilish bilan birga iste’molga “Sprichwörtliche Redensarten”(maqolsimon iboralar22) terminini kiritganligi alohida tahsinga sazovordir. Ushbu atama keyinroq chop etilgan lug’atlarda maqol va matallarni farqlash maqsadida keng qo’llanib kelindi. Masalan, 1797 yilda Nyurenbergda A. SHellxorn tomonidan chop etilgan “Teutsche Sprichwörter, Sprichwörtliche Redensarten und Denkspruche, gesammelt und motivierten Erklärungen begleitet” lug’atida, lug’atning nomida ko’rsatilganiday maqollar, matallar va hikmatli so’zlar bir-birlaridan ajratilgan holda taqdim etilgan. Bularning hammasi lug’at mualliflari tomonidan asta- sekin turli turg’un so’z birikmalarining bir-birlaridan farqli xususiyatlariga e’tibor qaratganligidan dalolat beradi. Lekin ushbu birinchi bosqichda bizning tasavvurimizdagi frazeologik lug’atlarga hanuz tartib berilmagan. Mazkur ishlarda lug’atga olingan turg’un birliklarni lingvistik hamda leksikografik parametrlari deyarli yo’q, lug’atlarga tasodifiy, ko’proq og’zaki nutqda qo’llaniladigan birliklar kiritilgan23.
Ikkinchi bosqichda, ya’ni XIX asr va XX asrning birinchi yarimida turg’un so’z birikmalarga bag’ishlangan lug’atlar ham son jihatdan, ham sifat jihatdan kengayib bordi. Maqol va matallarni o’z ichiga olgan lug’atlar qatorida hikmatli so’zlar, idiomatik iboralarni izohlovchi lug’atlar paydo bo’la boshladi. Masalan, V. Korts tomonidan 1837 yil Leptsigda yaratilgan „Die Sprichwörter und sprichwörtliche Redensarten des Deutschen“ lug’ati, Yu. Aynslayn tomonidan 1840 yil Frankfurtda e’lon qilingan „Die Sprichwörter und Sinnreden des deutschen Volkes in alter und neuer Zeit“ lug’atini tilga olish mumkin. Mualliflarning yozishicha barcha iboralar ilk bora turli manbalardan olingan bo’lib, ular izohlanib berilgan.
R. Trepxler muallifligidagi “6275 deutsche Sprichwörter und Redensarten” nomli lug’at 1884 yil Myunxenda nashr qilingan. Bu kabi lug’atlarning soni yil sayin ko’payib bordi24. Bu davrga kelib lug’atlarda kirish so’zlari ham yozila boshlandi. So’zboshilarda lug’atga olingan iboralarga ilmiy izohlar berish bilan bir qatorda lug’atlarning maqsad va vazifalari ham ko’rsatib o’tiladi. Pirovard natijada turli frazeologik lug’atlarga tartib berildi. Maxsus “Geflügelte Worte” (qanotli so’zlar- hikmatli so’zlar) nomi bilan lug’atlar shakllandi. Masalan, G. Buxmann tomonidan 1864 yil Berlinda 3800 ga yaqin “qanotli so’zlar” ni o’z ichiga olgan “Geflügelte Worte” lug’ati chop etildi. Ushbu lug’at bir necha marotaba qayta nashr etildi va ma’lum darajada boshqa tillarda ham shu kabi lug’atlarni shakllanishiga turtki berdi.
Nemis tilida bu davrga kelib biz tasavvur qilgan frazeologik lug’at shakllana boshladi. Bunday lug’atlarning nomi “Sprichwörtliche Redensarten” deb nomlanib, ularning qamroviga olingan turg’un so’z birikmalari faqat registratsiya qilinibgina qolmasdan ularning mazmun- mohiyati, kelib chiqish- etimologiyasi izohlana boshladi. Ushbu o’rinda Y.V. Barxordning 1888 yildagi “Die sprichwörtlichen Redensarten im deutschen Volksmund” (ikkinchi nashri 1894 y.) lug’atini alohida ta’kidlash lozim. S. Berel tomonidan 1896 yil Leyptsigda chop etilgan “Wie der Deutsche spricht. Phraseologie Volkstümlicher Sprache. Aussprache Redensarten, Sprichwörter und Zitate, Ausdrücke Volksmunde und den Werken der Volksschriftsteller gesammelt und erläutert” lug’ati tom ma’noda nafaqat Germaniyada, balkim dunyoda zamonaviy frazeologik lug’atlar tuzishga dastlabki mayoq vazifasini o’tadi desak xat qilmagan bo’lamiz.
XX asrning dastlabki yillarida bir tilli lug’atlar qatorida, ikki va ko’p tilli lug’atlarga tartib berila boshlandi. Misol tariqasida nemis, ingliz, frantsuz hamda italyan tillari turg’un so’z birikmalari lug’atini eslab o’tish joiz. 1931 yilda Nyurnbergda F. Munker tomonidan tuzilgan “Die Sprache des Alltags. Moderne feststehende Redewendungen im Deutschen und ihre Äquivalente in fremden Sprachen (Französisch, Spanisch u.a.)” hamda E. Xerd tomonidan tuzilgan “Deutsche Sprichwörter im Spiegel fremder Sprachen. Unter Berücksichtigung des Englischen, Französischen, Italienischen, Lateinischen und Spanischen. Berlin- Leipzig 1933” lug’atlari shular jumlasidandir.
XIX asr hamda XX asrning birinchi yarimida frazeografik tadqiqotlar birinchi bosqich lug’atlari son va sifat jihatidan tubdan farq qili boshladi25
Ta’kidlash lozimki, ushbu ikkinchi bosqichda son va sifat ko’rsatkichi bo’yicha lug’atlarning rang- barangligini ko’rsakda, ba’zi bir lug’atlarning kirish so’zlarida e’lon qilingan maqolalarni inobatga olmasak, maxsus frazeologik iboralarni tahliliga bag’ishlangan monografik izlanishlar ko’zga tashlanmaydi.
Zamonaviy frazeologiya hamda frazeografiyani ilmiy- amaliy tadqiqi tom ma’noda uchinchi bosqichdan boshlanadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan frazeolog olim V.V. Vinogradovning frazeologik tadqiqi Ikkinchi Jahon Urushidan keyin ham nazariy frazeologiyani, ham amaliy frazeologiyani keng miqyosda rivoj topishiga katta ta’sir o’tkazdi. Bu davrga kelib nemis tili frazeologik lug’atlarining bir tilli va ikki tilli ilmiy asoslangan turlari chop etila boshlandi.
1956 yil Moskvada L.E. Binovich tomonidan chop etilgan “Nemetsko- ruskogo frazeologicheskiy slovarya” lug’ati zamonaviy ikki tilli frazeologik lug’atlarni shakllanishida namuna va keyingi lug’atlarga poydevor manba vazifasini o’tab berdi. Shunga qaramasdan ushbu lug’atda qator kamchiliklar borligi nemis tilshunos olimi Marta Zender hamda professor Umarxodjaev M.I. lar tomonidan yozilgan retsenziyalarda ko’rsatib o’tilgan26. Retsenzentlarning ta’kidlashicha lug’atga bir qator hozirgi zamonda iste’moldan chiqqan iboralar olingan, masalan:

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə