Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə5/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

Ikkinchidan, ushbu ikki leksema shu darajada chatishib ketganki, ularni bir-biridan ajratib ishlatilsa ular ifodalagan ma’no o’z qiymatini yo’qotadi. Demak ularning shakl-shamoyili turg’un. Ular tilda shu holda leksema kabi tayyor holda iste’molda bo’ladi. Masalan, “qovun” so’zining o’rniga “tarvuz” yoki “qovoq” so’zini ishlatilsa, bunday holatda erkin so’z birikmasi sifatida qabul qilinadi. Demak, erkin so’z birikmalarida tashkil qiluvchi komponentlar erkin almashtirilishi mumkin bo’lsa, turg’un so’z birikmalarida erkinlik mutlaq chegaralangan15. Nemis tilidagi “auf der Bärenhaut liegen” birikmasi erkin so’z birikmasi sifatida (“ayiq po’stini ustida yotmoq” ma’nosini anglatadi) „der Bär“ (ayiq) hamda “liegen”(yotmoq) so’zlarini erkin almashtirib “Wölf” (bo’ri) yoki “stehen”(turmoq) so’zlari bilan almashtirgan holda yangi so’z birikmasi xosil qilinishi mumkin. Lekin “auf der Bärenhaut liegen” turg’un so’z birikmasi tarkibidagi komponentlarni almashtirib ishlatib bo’lmaydi, chunki uning “dangasalik qilmoq, bekor yurmoq” kabi frazeologik ma’nosiga putur yetadi. Ushbu ma’no nemis xalqining qadimiy turmush tarzi bilan bevosita bog’liq. Nemis tilidagi nufuzli lug’atlardan biri bo’lgan DUDENda keltirilishicha, qadimgi Rim tarixchisi Tatsitusning “Germania” asarida yozilishicha German qabilalari dastlab ovchilik orqali kun kechirishgan. Qabila ayollari uy-ro’zg’or ishlari bilan band bo’lsa, erkaklar faqat ovga chiqishgan yoki o’zaro qabila urushlarida ishtirok etgan. Boshqa paytlarda esa o’zlari ovlagan ayiq terisidan qilingan po’stinlarga o’ranib yotishgan. Keyinchalik Germanlarning bu odati nemis tilida iboraga aylangan va bekorchi hamda dangasa odamlar obrazini ifodalab kelgan16.
Yuqorida o’zbek hamda nemis tillaridan tahlil qilingan “erkin” hamda ”turg’un” so’z birikmalari qiyosidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, frazeologik iboralarning tarixan turg’un ko’rinishda shakllanishi ularning asosiy belgilaridan biridir. Turg’un so’z birikmalarining yana bir xususiyatiga bir qator tilshunos olimlar urg’u beradilar, ya’ni idiomatik iboralarning bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib bo’lmasligi, ular faqat izohlanadi deydilar. Darhaqiqat, tillarda bir qator idiomatik iboralar borki ularni bir tildan ikkinchi tilga to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilib bo’lmaydi, ularni erkin so’z birikmalari yordamida izohlash mumkin. Bu xususiyat idiomalarni bir tarafdan har bir tilning o’z tarixiy struktur shakllanishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan ularning har bir xalqning milliy madaniyati, turmush tarzi, urf-odatlari va mentalitetining iboralardagi ifodalanishi bilan bog’liq. Masalan, o’zbek tilidagi “to’nini teskari kiydi”, “do’ppisini osmonga otdi”, “ataladan suyak chiqdi”, “enasini Uchqo’rg’ondan ko’rsatdi” kabi frazemalar o’zbek xalqining milliy kiyimlari, taomlari va joy nomlari bilan bog’liqligi ularni to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilib bo’lmasligidan dalolat beradi. Albatta bunday iboralar izohlanadi va tarjima qilinayotgan tildagi analoglari bilan chog’ishtiriladi. Lekin, alohida ta’kidlash lozimki, ushbu kriteriy barcha frazemalar uchun bir xilda qo’llanishi mumkin emas. Chunki, qarindosh bo’lmagan, hududiy joylashuvi jihatdan bir-biridan uzoqda bo’lgan, bir-biri bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatmagan tillarda ham ba’zi bir frazeologik iboralar so’zma-so’z tarjima qilinishi mumkin. Masalan, nemis tilidagi “zur Welt kommen” (so’zma-so’z: dunyoga kelmoq)- tug’ilmoq iborasi o’zbek tilida ham “dunyoga kelmoq” (tug’ilmoq) iborasi orqali so’zma-so’z o’girilishi mumkin yoki nemis tilidagi “wie Hund und Katze leben” (s.s: xuddi it va mushukday yashamoq)- o’zbek tiliga “it mushuk bo’lib yashamoq” iborasi orqali tarjima qilinishi mumkin. Yoki nemis tilidagi “jmdn. wie ein Hund behandeln” (s.s: kimgadir xuddi itga qilganday munosabat qilmoq) iborasi o’zbek tiliga ham shunday ibora orqali tarjima qilinadi. Nemis va o’zbek tillariga oid bunday misollardan ko’plab keltirish mumkin:
Nemis tilida: Aus einer Mücke einen Elefanten machen
O’zbek tilida: Pashshadan fil yasamoq
Nemis tilida: Schlau wie ein Fuchs sein
O’zbek tilida: Tulkiday ayyor bo’lmoq
Nemis tilida: Störrisch wie ein Esel sein
Nemis tilida: Eshakday qaysar bo’lmoq kabilar.
Demak, iborani bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib bo’lmaslik xususiyati tildagi barcha turg’un so’z birikmalariga xos emas ekan. Shu nuqtai nazardan ushbu kriteriyni turg’un so’z birikmalarining farqli xususiyati deb aytish bizningcha to’liq asoslanmagan. Bundan tashqari biror bir tilning ba’zi bir unsurlari xususiyatini tadqiq qilishda o’zga tillar xususiyatidan kelib chiqib xulosa qilish ilmiy asosga ega emas. Chunki har bir tilning o’z taraqqiyot yo’li, o’z mumtoz til strukturasi, semantik dunyosi va funktsional xususiyatlari mavjud. Har qanday ilmiy xulosa yuqorida ko’rsatilgan xususiyat asosida amalga oshirilishini maqsadga muvofiq emas deb o’ylaymiz.
Turg’un so’z birikmalarini o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini aniqlashda, ba’zi bir tilshunoslar frazemalarni stilistik vosita sifatida talqin qiladilar. Ularning fikricha barcha frazeologik iboralarda leksik identifikatsiya mavjud, ya’ni ular ifodalayotgan mazmun va ma’noni oddiy so’zlar bilan ifodalash mumkin. Shu nuqtai nazardan ular tilda stilistik vositadir. Yuzaki qaraganda ularning iddaolari to’g’riga o’xshaydi, chunki deyarli barcha frazemalar qandaydir stilistik vazifani bajarish uchun shakllanganga o’xshaydi, ularni bo’yoqdorlik, milliy- madaniy xususiyatlarini tarovat etish, hamda aksariyat holatlarda oddiy leksemalardan farqlanib turish bunda xulosa chiqarishga asos bo’lganligi aniq. Ushbu yo’nalishning ashaddiy tarafdori rus tilshunosi V.M. Nikitinning fikricha, frazeologizmlar so’zlarga sinonim sifatida ortiqcha til materiali namoyon bo’ladi, shuning uchun u til tizimi emas balki nutq uslubi sifatida qaraladi17.
Darvoqe, bir qator frazeologik iboralar o’z identifikatsiyasiga egadir. Ushbu qarash SH. Ballining iboralar hamda so’zlarning identifikatsi qilish nazariyasiga asoslangan bo’lib, so’ngi yillarda bu yo’nalish qattiq tanqid ostiga olingan.

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə