Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə4/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

Birinchidan, idiomatik qo’shma so’zlar tarkibidagi komponentlarga leksik ma’nosidan uzoqlashgan holda ikki yoki undan ortiq so’zlarning qo’shilishi orqali o’ziga xos yaxlit ko’chma ma’no kasb etadi;
Ikkinchidan, nutq jarayonida tayyor - reproduktiv birlik sifatida qo’llanadi;
Uchinchidan, ular xos semantik barqarorlikka ega;
To’rtinchidan, struktur nuqtai nazardan barqaror birliklardir.
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, qo’shma so’z shaklidagi idiomatik-so’zlar idioma-frazemalardan semantik nuqtai nazardan farqlanmaydi, balki ikkisi ham o’zining shakllanish jarayonida bir xil semantik transformatsiyani boshidan kechiradi. Ularning semantik shakllanish mexanizmi juda o’xshash. Ularni farqlovchi asosiy belgi- kriteriy taniqli rus tilshunos olimi A.S. Smirnitskiy taklif etgan so’zlarning “целенооформление”- yaxlit shakllanganligi, hamda frazemalarning “Разделнооформленность” - ajralgan, alohida-alohida shakllanganligidir13.
Turg’un so’z birikmalari erkin so’z birikmalaridan farqlanuvchi xususiyatlariga e’tiborni qaratsak. Dastavval “erkin so’z birikmasi” hamda “turg’un so’z birikmasi” atamalari qanday ma’no va tushunchani ifodalashiga to’xtalib o’tamiz. Ma’lumki, har qanday nutq jarayoni ma’lum leksik hamda frazeologik birliklarni qo’llash, ishlatish orqali gaplar, gaplar orqali esa matnlar yaratib kommunikativ muloqot maydonini xosil qiladi. Ushbu muloqot shakllanishida so’zlarning o’zaro grammatik birikuv xususiyatlari asosiy o’rinni egallaydi. Leksemalar har bir tilning asosiy muloqot vositasi sifatida kommunikatsiyani shakllantirishda bir-birlari bilan erkin bog’lanishlari orqali so’z birikmalarini hosil qiladilar. Ularning bir-birlari bilan erkin, til grammatik qoidalari asosida bog’lanishi har bir so’zning semantik maydoni doirasida amalga oshiriladi. Masalan o’zbek tilidagi “qovun” hamda ”ekmoq” so’zlarini olsak, ular quyidagi erkin so’z birikmalarini xosil qilishi mumkin:
Qovun ekmoq Tarvuz ekmoq
Qovunni sotmoq Piyoz ekmoq
Qovunni so’ymoq yoki Gullar ekdi
Qovunlarni uzishdi Paxta ekiladi
Qovun tushirmoq (aravadan)
Misollardan ko’rinib turibdiki, ikkala leksema ham turli holatlarda erkin, so’z tanlash orqali so’z birikmasiga aylanishi mumkin. Lekin “qovun tushirmoq” so’z birikmasida ikki holatni ko’rish mumkin. Birinchi holatda “aravadan qovunni tushirmoq” ma’nosida birlikni tashkil qiluvchi “qovun” hamda “tushirmoq” so’zlari o’zlarining denotativ ma’nolari asosida erkin so’z birikmasini shakllantirmoqda. Shu boisdan ushbu birlikning ikkala komponenti ham erkin almashtirib qo’llanilishi mumkin. Masalan, “tarvuz tushirmoq”, “qovun sotmoq” kabi. Lekin “qovun tushirmoq” turg’un so’z birikmasida holat boshqacha. Birinchidan, ushbu birikma komponentlarining leksik ma’nolari “puchlashgan14” bo’lib, ular o’zlarining denotativ ma’nolarini yo’qotgan holda bir-birlari bilan qandaydir qorishib ketish natijasida o’zbek tilida yangi ma’no, tushunchaning shakllanishiga sabab bo’lgan.

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə